Nazariy mexanika



Yüklə 46,07 Kb.
səhifə1/6
tarix31.01.2023
ölçüsü46,07 Kb.
#81918
  1   2   3   4   5   6
NAZARIY MEXANIKADAN MUST ISH UK (2)




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


FARG‘ONA POLITEXNIKA INSTITUTI


MEXANIKA-MASHINASOZLIK FAKULTETI


«TADBIQIY MEXANIKA» KAFEDRASI

NAZARIY MEXANIKA” FANIDAN



MUSTAQIL ISHINI TASHKIL ETISH VA


NAZORAT QILISH bo‘yicha

USLUBIY KO‘RSATMALAR

FARG‘ONA- 2022
Mazkur uslubiy ko‘rsatma «Tadbiqiy mexanika» kafedrasi o‘quv-uslubiy seminarining 2022 yil “____” ___________kunidagi ____-sonli yig‘ilishida muhokama qilindi va fakultet ilmiy-uslubiy Kengashiga ko‘rib chiqish uchun tavsiya etildi.
Kafedra mudiri: __________ Umarov B.T. «___» ________ 2022 yil
Mazkur uslubiy qo‘llanma Farg‘ona politexnika instituti “Mexanika-
mashinasozlik” fakulteti Uslubiy Kengashining 2022 yil “___ ” _________ son majlisida muhokama etildi va ma’qullandi hamda institut ilmiy - uslubiy
Kengashiga ko‘rib chiqish va nashr etish uchun tavsiya etildi.
Fakultet Kengash raisi: ___________Y. Xusanov «__» _________ 2022 yil
FarPI O‘quv-uslubiy Kengashi tomonidan tasdiqlangan va nashr etishga tavsiya etilgan. Bayon № “____” “___” _________2022 yil.

Mualliflar:

TM kafedrasi dotsenti: T.M.Sobirjonov

TM kafedrasi katta o‘qituvchilari: Q.G‘.G‘oporov


Sh. A. Abdullayev
I.Obichayev

Taqrizchi “Tadbiqiy mexanika”


kafedrasi dotsenti Y. Mirzaxonov


Kirish
Talabaning mustaqil ishi o‘quv rejasida muayyan fanni o‘zlashtirish uchun belgilangan o‘quv ishlarining ajralmas qismi hisoblanadi.
O‘qishning boshlang‘ich qismida talabaning mustaqil ishini tashkil etish bir qator vazifalar bilan bog‘liq. Shuning uchun har bir professor-o‘qituvchi dastlab talabada o‘z qobiliyati va aqliy imkoniyatlariga ishonch uyg‘otishi, ularni sabr-toqat bilan, bosqichma-bosqich mustaqil bilim olishini to‘g‘ri tashkil qilishga o‘rgatib borishi lozim bo‘ladi.
Talabalar tomonidan mustaqil ravishda o‘zlashtiriladigan bilim va ko‘nikmalarning kursdan-kursga murakkablashib, kengayib borishini hisobga olgan holda ularning tashabbuskorligi va rolini oshirib borish zarur. Shunda mustaqil ta’limga ko‘nikma boshlagan talaba faqat o‘qituvchi tomonidan belgilab berilgan ishlarni bajaribgina qolmay, o‘zining ehtiyoji, qiziqishi va qobiliyatiga qarab, o‘zi zarur deb hisoblagan qo‘shimcha bilimlarni ham mustaqil ravishda tanlab o‘zlashtirishga o‘rganib boradi.

Talaba mustaqil ishining maqsad va vazifalari


Talabaning mustaqil ishi aniq bir fandan o‘quv rejasida va fan dasturida belgilangan bilim, ko‘nikma va malakaning ma’lum bir qismini talaba tomonidan fan o‘qituvchisi maslahati va tavsiyalari asosida auditoriya va auditoriyadan tashqarida o‘zlashtirilishiga yo‘naltirilgan tizimli faoliyatdir.


Talaba mustaqil ishining asosiy maqsadi o‘qituvchining rahbarligi va nazorati ostida talabada muayyan o‘quv ishlarini mustaqil ravishda bajarish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirishdan iboratdir.
Talabaga qiyinchilik darajasi uning shaxsiy imkoniyatlari, qobiliyati va bilim darajasiga muvofiq bo‘lgan biror mavzu bo‘yicha vazifa tayyorlash topshiriladi. Bunda talaba asosiy adabiyotlardan tashqari qo‘shimcha adabiyotlardan va internet ma’lumotlaridan foydalanib materiallar yig‘adi, tahlil qiladi, tizimga soladi va mavzu bo‘yicha imkon darajasida to‘liq, keng ma’lumot berishga harakat qiladi. Zarur hollarda o‘qituvchidan maslahat oladilar. Mavzu bo‘yicha referat kompyuterda tayyorlanib fan o‘qituvchiga topshiriladi. Topshirilgan vazifaning mazmuni, olingan ma’lumotlarning boyligi va boshqa belgilari bo‘yicha fan o‘qituvchisi talabani baholaydi.
Talaba mustaqil ishining vazifalari quydagilardan iborat:
• yangi bilimlarni mustaqil tarzda puxta o‘zlashtirish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;
• kerakli ma’lumotl3arni izlab topishning qulay usullari va vositalarini aniqlashi;
• axborot manbalari va manzillaridan samarali foydalanishi;
• an’anaviy o‘quv va ilmiy adabiyotlar, me’yoriy hujjatlar bilan ishlashi;
• elektron o‘quv adabiyotlar va ma’lumotlar banki bilan ishlashi;
• internet tarmog‘idan maqsadli foydalanishi;
• berilgan topshiriq va vazifalarning ratsional yechimini topishi;
• ma’lumotlar bazasini tahlil etishi;
• ish natijalarini ekspertizaga tayyorlash va ekspert xulosasi asosida qayta ishlashi;
• topshiriq va vazifalarni bajarishda tizimli va ijodiy yondashishi;
• ishlab chiqilgan yechim, loyixa yoki g‘oyani asoslash va mutaxassislar jamoasida himoya qilish



Yüklə 46,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin