Неоплатонизм



Yüklə 32,89 Kb.
səhifə1/3
tarix11.04.2023
ölçüsü32,89 Kb.
#96265
  1   2   3
НЕОПЛАТОНИЗМ


НЕОПЛАТОНИЗМ
Одатда неонлатонизм фалсафа тарихчиларининг таъкидлаш-ларича, бу мистик, диний фалсафа ва пессимистик таълимот-дан бўлак нарса эмас. Бу таълимот инқирозга юз тутган қулдор-лик тузумини акс этувчи таълимотдир. Неоплатонизм, айниқ-са, милодимизнинг III—V асрларида Рим имиерияси даврида кенг ривожланганди. Неоплатонизм антик даврда сўнгги яхлит фалсафий йўналиш ҳисобланган. Бу таълимот христианчилик ривожлангап ижтимоий даврла тараққий этган. Неошштоник оқимининг кўзга кўринган намояндаси Плотин (205—270) бўлган. Плотиннинг фикрича, мавжудликнинг асосини ҳиссиёт-дан, ақлдан устун турувчи ғайритабиий, илоҳий тамойил гаш-кил этади. Борлиқнинг барча шакллари унга боғлиқ. Плотин бу тамойилни мутлақ борлиқ ва уни билиш мумкин эмас, деб тушунтиради.
«Бу борлиқ бор, у худолир. Ундан ташқарида ҳеч нарса йўқ, у ўз-ўзига нисбагап айнандир». Табиат, Плотин фикрича, яра-тилган шюҳий тамойил орқали моддага сингиб боради. Скеп-тикларнинг нисбий диалсктикаси ҳар қандай конкретлиликни аниклашда муайяи ҳақиқат мезонига қарши чиқкан.
Скептиклар стоикларниш моҳият мазмуни тафаккур билан бирлашиши туфайли конкретликни ташкил қилади, деган фик-рига қўшилишган. Бироқ скептиклар бунга шубҳа билан қараш-1(Ш ва шунингдек, муайян конкретликнинг ҳаққонийлигига ҳам шубҳаланишган. Гсгсл ўзининг «Фалсафа тарихи» асарида сксп-тикларнинг бу таълимоти барча билимни субъективлаштири-шига айлантирган дейди.
Гарчанд скептиклар таълимоти кўп жиҳатдан билиш жараё-нининг мураккаб муаммоларини аниклашга ҳаракат қилган бўлсаларда, лекин объектив билишга нисбатан умидсизлик би-лан карашлик ва рад этишлик агностииизмга олиб борди.


3.3. Neoplatonizm Mavzuning o‘quv maqsadi: Talabalarda neoplatonizm falsafasi bo‘yicha atroflicha va chuqur bilim, tushuncha va tasavvurlar hosil qilish; ularda neoplatonizm falsafasi bilan boshqa ta’limotlarni qiyosiy tahlil qilish ko‘nikmalarini shakllantirish. Mavzuning tayanch tushunchalari: Neoplatonizm, mistitsizm, asketizm, yagona borliq, emanatsiya, ruhiy poklik, ekstaz. Asosiy savollar: 1. Neoplatonizm falsafasining shakllanishi. 2. Plotinning yagona borliq haqidagi ta’limoti. 3. Plotinning emanatsiya nazariyasi. 4. Plotin etikasi. Neoplatonizm (yoki yangiaflotunchilik) falsafa tarixchisi Diogen Laersiy va mantiqchi Porfiriy ta’kidlashicha, Platon va Aristotel asarlarida ko‘tarilgan falsafiy muammolami o‘rganishni davom ettirdi va jonlantirdi. Neoplatonizm inqirozga yuz tutgan quldorlik tuzumini aks etuvchi ta’limotdir. Uning rivoji milodiy III~V asrlarda Rim imperiyasining tanazzuli va xristianlikning keng tarqala boshlagan davriga to‘g‘ri keladi. Neoplatonizm antik davrdagi so‘nggi yaxlit falsafiy yo‘nalishdir. Bu ta’limotning asosini Platon idealistik falsafasidagi ko‘proq mistitsizmga yetaklovchi g‘oyalar tashkil etgan (8-ilova). 116 Neoplatonizmnmg asosiy vakillari 8-ilova Asosiy namoyandalari Hayotiga oid ma’lumotlar Asosiy asarlari Ammoniy Sakkas 175-242 yy. Aleksandriyada dars bergan. Ota-onasi tomonidan cho‘qmtirilgan, lekin o‘zi bid’atchi bo'lgan. Asar yozmagan. Plotin 205-270 yy. Likopol (Misr)da tug‘ilgan. 28 yoshida falsafani o‘rgana boshlagan. 11 yil Aleksandriyada Ammoniy qoiida o‘qigan; 40 yoshlarda Rimga ko‘chib o‘tadi va o‘z maktabini yaratadi, 25 yil u yerda dars beradi. «Enneadalar» («То ‘ qqizliWar») «Haj^von va inson», «Fazilatlar», ««Baxt» haqida», «Dialektika haqida», «Go‘ zallik», «Yovuzlik haqida», «Koinot», «Doiraviy harakatlar», «Bashorat», «Taqdir», «Mehr haqida» Porfiriy 232-301 yy. Tirda tug‘iladi, Plotinning shogirdi. «Plotin hayoti.» «Xristianlikka qarshi» «Aristotel kategoriyalariga kirish» Plotin asarlariga sharhiar. Yamvlix 280-330 yy. Siriyada yashagan va ishlagan. Antik politeizmni tiklashga harakat qilgan. Matematika, astronomiya, musiqa nazariyasi bilan shug‘ullangan. «Pifagor hayoti» «Xudolarjhaqida» «Platoncha ilohiyot» «Timsollar haqida» 117 8-ilovaning davomi Prokl Konstantinopolda «Birinchi asoslar 410-485 yy. tug‘ilgan, Aleksandriya ilohiyoti» va Afinada o‘qigan. «Platon ilohiyoti Platon akademiyasining haqida» tingiovchisi bo‘lgan. Plotinning ta’limotini ijodiy rivojlantirib, mantiqiy nihoyasiga yetkazgan. Sharhlar Plotin (mi!odiy205-270yy.) - neoplatonizmning asoschisi bo‘lib, qadimgi yirik faylasuflarning eng so‘nggisidir. Uning hayoti Rim tarixining ayanchli davriga to‘g‘ri keladi. U tug‘ilgan davrda armiya qudratli edi va amaldagi imperatorlarni pora evaziga taxtga o‘tkazar edi; shu bilan birga ana shunday y o i bilan ulami yo‘q qilardi. Bunday xatti-harakatlar esa chegara mustahkamligiga putur yetkazar edi. Bu esa shimoldan germanlar, sharqdan forslami bosqinchilik harakatlariga yo£l ochib berardi. Urushlar va epidemiyalar imperiya aholisining deyarli uchdan bir qismini qirilib ketishiga olib keldi, aynan shu davrda oshib ketgan soliqlar va kamayib ketgan zaxiralar dushman yetib borolmagan chekka hududlarda ham moliyaviy inqirozni yuzaga keltirdi. Ayniqsa, madaniyatning o‘chog‘i sanalgan shaharlar aziyat chekdi; o‘ziga to‘q fuqarolar soliq yig‘uvchilardan qutulish maqsadida shaharni tashlab qochdilar. Plotin vafotidan keying! davrdagina yana tartib o‘rnatildi, imperiya Diokletian va Konstantinlar ko‘rgan keskin choralar natijasida saqlab qolindi.23 Plotinning fikricha, mavjudlikning asosini hissiyotdan, aqldan ustun turuvchi g‘ayritabiiy, ilohiy tamoyil tashkil etadi. Borliqning barcha shakllari unga bog‘liq. Plotin bu tamoyilni mutlaq borliq deb ataydi va uni aql bilan bilish mumkin emas; uni faqat qalban bilish mumkin, deb tushuntiradi. 23 Qarang: Russell B. .4 The Histoiy of Westan Philosophy. - New York; America book-stratford press, 2010.-P . 221. 118 Plotin ta’limotiga ko‘ra, xudo birinchi va yagona borliq boiib, undan asta-sekin, bosqichma-bosqich awal aql, so‘ngra ruh va undan keyin tabiat nurlanib chiqadi. Buni u, yorugiikdan qorong‘ulikka, mukammallikdan nomukammallikka qarab boruvchi emanatsiya jarayoni sifatida tasawur etadi (9-ilova). 9-ilova Plotin kosmogoniyasi YAGONA XUDO = EZGULIK MANBAI 1 BORLIQ = AQL (NOUS) I DUNYOVIY RUH I TABIAT «Yagona borliq bor, u Xudodir. Undan tashqarida hech narsa yo‘q, u o‘z-o‘ziga nisbatan aynandir». Tabiatda, moddiy dunyoda yuz berayotgan hodisalar Plotin fikricha, g‘oya!ar dunyosining in’ikosidir. Barcha ruhlar yagona oliy ruhdan paydo boigan. Inson ruhi ilohiy ruhga qaytishi uchun moddiy manfaatlardan butunlay voz kechib, axloqiy hayotni takomillashtirishi lozim. Uning eng yuqori cho‘qqisiga ekstaz holatida erishish mumkinligini ta’kidlash bilan birga, Plotin asketizm, ya’ni tarkidunyochilik g‘oyalarini ilgari surgan boisa-da, do‘stlik, insonparvarlik, mehr-muruvvat, ilohiy, muqaddas qadriyatlami ulugiagan. Plotinning shogirdlari Porfiriy va Longin uning topshirigi bilan zardushtiylik ta’limotidagi ziddiyatlami tanqid qiluvchi asarlar yozishgan. Forobiy yangi platonchilikni Plotin ruhida rivojlantirgan. 119 3-bobiga oid vazifalar 0 ‘z bUimingizni sinab ко‘ring va savollarga javob bering: 1. Qadimgi Ellin-Rim falsafasining namoyandalaridan kimlami bilasiz? 2. Stoiklar kimlar? 3. Ular qanday g'oyalami ilgari surganlar? 4. Epikur ta’limoti Demokritning atomistik ta’limotidan farq qiladimi? 5. Epikur spontan harakat deganda, nimani nazarda tutadi? 6. Epikur n ‘ zin in g «Gerodotga Epikurdan salom» xatida qanday falsafiy masalalar bo‘yicha fikr-mulohazalarini bildirgan? 7. Epikur o‘zining «Pifoklga Epikurdan salom» xatida qanday g‘oyaiami ilgari surgan? 8. Epikur va Platonning jon haqidagi ta’limotlari o‘rtasida farq nimada? 9. Epikuming axloqiy qarashlari qanday g‘oyalarga asoslanadi? 10. Lukretsiyning atomistik ta’limoti Epikur ta’limotidan farq qiladimi? 11. Lukretsiyning Platon ta’limotiga munosabati qanday bo‘lgan? 12. Lukretsiy olamni bilish masalasida qanday nuqtayi nazami yoqlab chiqqan? 13. Skeptiklar kimlar? 14. Stoiklar qanday panteistik g‘oyalami ilgari surganlar? 15.Nima uchun stoiklar fanlar tasnifini tuxumga qiyoslaganlar? 16. Stoiklaming axloqiy ideali qanday tamoyillarga asoslangan? 17. Neoplatonizmning nazariy asosini qanday g‘oyalar tashkil etgan? 18. Neoplatonizm rivoji qaysi davrga to‘g‘ri keladi? 19. Neoplatonizmning yirik namoyandalari kimlar? 20. Plotin ruhni qanday ta’riflagan ? 21. Plotinning emanatsiya nazariyasi ni qanday tushunasiz? 22. Plotin etikasi qanday tamoyillarga asoslangan? 12 0 23. Plotinning falsafiy ta’limoti keyinchalik Sharqda qanday ta’limotlar rivojiga ta’sir ko‘rsatdi? Quyidagifikrlarning falsafiy mohiyatini tushuntirib bering; 1. Falsafa bilan shug‘ullanishga hali erta yoki buning vaqti o‘tdi deguvchilar xuddi baxtiyorlik onlari hali yetib kelmadi yoki o‘tib ketdi deguvchilar kabidir. Shu bois falsafa keksalar uchun ham, o‘spirinlar uchun ham birdek zarur. Keksalarga shuning uchun zarurki, falsafa tufayli ular o‘tmishlaridan quvonadilar va ezgulikdan bahramand boiishadi. 0 ‘spirinlar esa falsafa tufayli keksa donishmandlar sifatlariga erishib, kelajakdan cho‘chimaydilar (Epikur). 2. Insonlar yo hasad, yo ko‘rolmaslik, yoki nafirat tufayli birbirining dilini og‘ritadilar. Dono kishi esa aql-idrok ila bulaming barchasidan ustun turadi. Donolikka erishgan odam hatto atayin urinsa ham buning aksini qilolmaydi (Epikur). 3. 0 ‘zingga bino qo‘ymay, dono, aql-zakovatli bo‘lishga intil (Epikur). 4. Inson yo qo‘rquv, yoki intihosiz va behuda ehtiros tufayli baxtsiz bo‘ladi (Epikur). 5. Falsafaning kuchi shundaki, u qalblarga malham bo‘ladi, behuda tashvishlarni bartaraf etadi, ortiqcha havaslardan xalos qilib, qo‘rquvni haydaydi. Shubhali narsalami qo‘lIab-quwatlashdan o'zini tiygan faylasuflar donolarcha yo‘l tutadilar (Sitseron). 6. Adashish har bir insonga xos sifat. Ammo adashganlarning qaysarlik bilan o‘z yo‘lida davom etaverishi - aqlsizlik (Sitseron). 7. Donishmandlikni egallashning o‘zigina yetarli emas, undan foydalana bilmoqlik ham joiz (Sitseron). 8. Ozod bo‘lish uchun qommlarning quliga aylanishga to‘g‘ri kcladi (Sitseron). 9. lizgulikning asosiy belgisi - harakat (Sitseron). 10. O'z burchini yayrab ado etuvchilargina emin-erkin yaMhaydilar (Sitseron). 11. Bir qarashda ulug‘vor va ajoyib ko‘ringan har qanday narsaning jozibasi ko‘zimga vaqt o‘tishi bilan ozaygandek ko‘rinadi (Lukretsiy Tit Kar). 121 12. Vaqt ildamlagan sayin buyumlaming mohiyati ham o‘zgara boradi (Lukretsiy Tit Kar). 13. Agar butun go‘zal boisa, uning bo‘laklari ham go‘zal boiishi kerak, zero, go‘zal butun xunuk bo‘laklardan tashkil topa olmaydi (Plotin). 14. Kimki iloh va go6zallikka tegishli hodisalarni mushohada qilmoqchi bo‘lsa, avval ularga xos sifatlami o‘zida mujassam etishi darkor (Plotin). Prezentatsiya va bahs-munozara uchun mavzular 1. Demokrit, Epikur va Lukretsiyning atomistik ta’limotlari: umumiy va o‘ziga xos jihatlari. 2. Epikuming axloqiy ratsionalizmi. 3. Plotinning jon va ruh haqidagi ta’limoti. 4. Platon va Plotin falsafiy ta’limotlarining qiyosiy tahlili. Mustaqil ta’lim uchun topshiriqlar 1. «Plotinning kosmogonik ta’limoti» mavzusida ijodiy insho (esse)yozing. 2. «Neoplatonizmning Ibn Arabiy tasawufiy dunyoqarashiga ta’siri» mavzusida ijodiy insho (esse)yozing. 3. Stoiklar yaratgan fanlar tasnifini o‘rganing. Ulami Aristotelning fanlar tasnifi bilan qiyoslang.



Yüklə 32,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin