O‘zbekiston iqtisodiy rayonlari va viloyatlar shaharlar zichligini aniqlash Mavzu bayoni. O‘zbekiston iqtisodiy rayonlari va viloyatlarida tabiiy-iqlimiy va iqtisodiy-ijtimoiy sharoitlarga bog‘liq holda o‘ziga xos shaharlar to‘ri shakllangan. Ularning shaharlar sonini aniqlash shaharlar bilan ta’minlanganlik darajasini aniq ko‘rsatmaydi. CHunki, ularning maydonlari turlicha. Masalan, maydoni 4,2 ming km2 bo‘lgan Andijon viloyati va 166,5 ming km2 bo‘lgan Qoraqalpog‘iston Respublikasining shaharlari sonini taqqoslash noto‘g‘ridir. SHu bois, teng maydonlarga nisbatan shaharlar sonini aniqlash maqsadga muvofiq. Bu esa shaharlar zichligi deb ataladi. Agar aholi zichligi 1 km2 ga nisbatan aniqlansa,shaharlar soni undan kam bo‘lgani bois, har 1000 km2 ga (ba’zi hollarda undan katta) nisbatan olinadi.
Maqsad:iqtisodiy rayonlarning shaharlar zichligi-shaharlar bilan bilan ta’minlanganlik darajasini aniqlash.
Vazifalar: O‘zbekistonning har bir iqtisodiy rayoni (tarkibidagi viloyatlar asosida) uchun shaharlar ro‘yhatini tuzing.
Iqtisodiy rayonlarning maydonlarini aniqlang.
Ularning muayyan yil uchun jami shaharlar sonini yozing. Bunda iqtisodiy rayon tarkibidagi viloyatlarning jami shaharlar soni qo‘shiladi.
Sa*1000:Sm formula asosida har bir iqtisodiy rayon uchun shaharlar zichligini hisoblang (bu erda Sa-rayondagi shaharlar soni, Sm-rayon maydoni).
Har 1000 km2 maydon hisobiga nechta shahar to‘g‘ri kelishini taqqoslang. Bunda butun son chiqmasligi mumkin, masalan, 3,2; 0,6 va h.k. Mantiqan olganda, shahar butun sonlar bilan o‘lchanadi, biroq teng maydonlarga hisoblash va taqqoslash uchun bunday amallarni bajarish va foydalanish mumkin.
Foydalanish uchun adabiyotlar: Ата-Мирзаев О. Б., Гентшке В., Муртазаева Р., Салиев А. Историко-демографические очерки урбанизации Узбекистана. – Т.: Университет, 2002.
Аҳмедов Э.А. Ўзбекистон шаҳарлари мустақиллик йилларида.- Т., 2004.
Лаппо Г.М. География городов.- М., 1997.
Солиев А.С.Шаҳарлар географияси.(Маъруза матни).- Т., 2000.