O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XOZAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
Amaliy topshiriq 1
Bajardi: 021-22 guruh talabasi Behro'z Kurbonov
Tekshirdi:
TOSHKENT 2023
“ Nima uchun O’zbekiston tarixini bilish shart ?”mavzusida esse yo’zib bering Kirish “Tarix” so‘zi arabcha bo‘lib, “o‘tmishdagi voqealar haqida aniq hikoya qilish” ma’nosida ishlatiladi. Demak, tarix odamzotning turli davr va sharoitlardagi kechmishi, insonning hayot uchun kurashi, turli qiyinchiliklarni yengishga, bunyodkorlikka, odamiylikka, ezgulikka intilishi haqida aniq dalillar bilan hikoya qilar ekan. “O‘zbekiston tarixi” fanini xalqimiz tarixini haqqoniy tasvirlovchi ko‘zgu va ijtimoiy, siyosiy, tarbiyaviy, ma’naviy saboqlar to’plami desak bo’ladi. U xalqimizning deyarli uch ming yillik murakkab va shonli o‘tmishini, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va ma’naviy hayotini xolisona o‘rganishga, uni tushuntirishga qaratilgan.
Tarix insoniyatning buyuk xotirasidir. Unda ajdodlarning maʼnaviyati, madaniyati va amalga oshirgan ishlari mujassam. Tarixsiz kelajakka qadam bosib boʻlmaydi.
Undan olingan maʼlumotlar, xulosalar va faxr tuygʻusi inson uchun kelajakka qoʻyiluvchi ishonchli qadam manbai boʻladi. Ushbu fikrni qardosh yozuvchimiz Chingiz Aytmatovning “…Zamindan mahrum qilish mumkin, boylikdan mahrum qilish mumkin, hayotdan ham mahrum qilish mumkin. Lekin inson xotirasiga tajovuz qilish… chidab boʻlmas fojiadir”, degan fikri bilan yanada asoslash mumkin.
Prezidentimizning deyarli har bir chiqishi, nutq va risolalarida tarixiy xotiraga tayangan holda faxr va iftixorni yuksaltirish milliy oʻzlikni asrab qolishning asosiy omillardan biri ekaniga alohida urgʻu berilmoqda. Ushbu fikrimizning yaqqol misoli sifatida davlatimiz rahbarining joriy yil 21-aprel kuni Qashqadaryo viloyatida yangi tashkil etilgan Koʻkdala tumani faollari bilan oʻtkazgan uchrashuvida bildirgan fikrlarini keltirishimiz mumkin.
Prezidentimiz fikrining avvalida buyuk sarkarda bobomiz Amir Temurning Toʻxtamishxon bilan boʻlgan tarixiy jangdagi ulkan gʻalabasi haqida oʻqiganini va bu jang haqidagi maʼlumotlarga avval duch kelmaganini, u kishi yangilik boʻlganini aytgan. Fikrining soʻngida esa “Biz nega shu kabi buyuk ajdodlarimiz tarixini yaxshi oʻrganmaymiz? Uzoq yillar ura-ura bilan umuman boshqalar tarixini, boshqalar gʻalabasini miyamizga singdirishgandi. Mutasaddilarga topshiriq berdim — biz birinchi navbatda oʻzimizning bobolarimiz tarixini oʻrganishimiz kerak”, degan.
Ushbu fikrlarni mutaxassis, tarixchi, pedagog sifatida vijdonan tahlil qilib koʻrsak, juda oʻrinli ekaniga takror-takror iqror boʻlamiz. Chunki maktablarimiz, kollej, texnikumlarimiz va oliy taʼlim muassasalarimizda farzandlarimiz va yoshlarimizga oʻqitilayotgan milliy tariximizga oid mavzular va maʼlumotlar asosan shunchaki axborot beruvchi va tarixiy maʼlumotlar jamlanmasidangina iborat boʻlib qolganini koʻramiz. Shu bois, bugun yosh avlodning milliy tariximizni oʻrganishga qiziqishi bizni qoniqtirmaydi. Aslida esa, ularni qiziqtira oladigan, oʻqiganda ruhiy quvvat, milliy gʻurur oladigan tarix yozib bermadik.