Nizomiy Nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti Boshlang’ich ta’lim fakulteti Boshlang’ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ishi yo'nalishi 4-bosqich 401-guruh talabasi Safaraliyeva Mehrangis Shamil qizining pedagogik amaliyot davri



Yüklə 8,58 Kb.
tarix28.11.2023
ölçüsü8,58 Kb.
#167735
hisobot


Nizomiy Nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti Boshlang’ich ta’lim fakulteti Boshlang’ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ishi yo'nalishi 4-bosqich 401-guruh talabasi Safaraliyeva Mehrangis Shamil qizining pedagogik amaliyot davri
Hisoboti
Men Ravshanova Maftuna 13.10.2022-yildan 13.05.2023-yilgacha Toshkent shahar Sergeli tumani 349-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida malakaviy amaliyotda bo'ldim. Amaliyotim davrida Boshlang’ich sinf o'qituvchilari va amaliyot rahbarim bilan muntazam ish olib bordim va maktabning ichki tartib-qoidalari bilan tanishdim va o'rgandim. O'qituvchilarning dars o'tish jarayonlarini kuzatdim va dars jarayoni uchun kerak bo'ladigan turli o'qitish metodlari, yangi pedagogik texnalogiyalarni dars davomida qo'llanilishini, shu bilan birga, noan'anaviy o'qitish uslublarıdan foydalanishni va eng asosiysi pedagog sifatida o'quvchi bilan to'g'ri va samarali aloqa o'rnatishni kuzatdim va o'rgandim.
Boshlang’ich sinf o'qituvchilari va amaliyot rahbarim yordamida dars rejasini tuzishni, foydalanishni va darsni to'g'ri tashkillashtirish mavzuga mos bo'lgan materiallar, ko'rgazmali qurollar, tarqatma materiallar, mashqlar, mavzularga mos keladigan o'yinlar tayyorlashni, barcha o'quvchilar bilan birdek ishlashni, darsga jalb qila olishni, o'quvchilarni rag'batlashni, vaqt taqsimotini to'g'ri tashkil etishni o'rgandim va o'zim ham mustaqil ravishda o'quvchilarga dars o'tdim. Bunda menga o'qituvchilardan o'zlashtirgan bilimlarim samara berdi. Boshlang’ich sinf o’qituvchilari uyushmasiga kelib o'qituvchilarning dars o'tish uchun zarur bo'ladigan bir qancha hujjatlari bilan tanishib chiqdim va ularni qanday tuzishni va yuritish to'g'risida tushunchalarga ega bo'ldim. Amaliyotim mobaynida bir qancha tashkiliy ishlarni, nimalarga ko'proq e'tiborli bo'lish kerakligini, qanday usullar orqali darslarni qiziqarli va samarali tashkil etishni o'rgandim. Shu bilan birga maktabdagi jamoat ishlarida ham faol ishtirok etishga harakat qildim. Sinflarda o'tkaziladigan ma'naviyat soatlarida muntazam qatnashdim. Ma'naviyat soatlarini olib borishni kuzatish jarayonida sinf rahbari ish rejasi asosida ma'naviy- ma'rifiy ishlarni amalga oshirishni o'rgandim. Davomati va o'zlashtirishi past o'quvchilar bilan ish olib borishni, ularga ko'maklashishni o'zlashtirdim. Bunda menga sinf rahbarlarning va amaliyot rahbarimning yo'l-yo'riqlari yordam berdi.
Ishonamanki, ushbu amaliyot davrida o'rgangan va keyingi bosqichlarda o'rganadigan bilim va tairibalarim menga kelajakda ish faoliyatimda va albatta yetuk malakali mutaxassis bo'lib. yetishishimda katta yordam beradi.
Amaliyot rahbari: Nigora Normurodova __________
Amaliyotchi talaba: Mehrangis Safaraliyeva _________
Yüklə 8,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin