Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti magistratura bo



Yüklə 31,49 Kb.
tarix04.03.2020
ölçüsü31,49 Kb.
#30605
97-2003 (2)

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI

MAGISTRATURA BO‘LIMI
Pulatova Dilnoza Abdujalalovna

O’zbekiston va Janubiy Koreyada kattalar ta’limi: qiyosiy tahlil” mavzusidagi



magistrlik akademik darajasini olish uchun yozilgan

DISSERTATSIYA

asosnomasi
Mutaxassislik: 5A 110501 Pedagogika nazariyasi va tarixi

Himoya qilishga ruxsat “Umimiy pedagogika”

Magistratura bo‘limi boshlig‘i kafedrasi mudiri, p.f.d., prof.

________F. Saydamatov __________ D.I. Ro’ziyeva

20____ y «____»________

Ilmiy rahbar: p.f.n., dots.

__________ I.I. Rejametova

Toshkent - 2019
Kirish

I BOB. “O’zbekiston va Janubiy Koreyada kattalar ta’limi qiyosiy tahliliNING NAZARIY ASOSLARI


    1. “O’zbekiston va Janubiy Koreyada kattalar ta’limini qiyosiy tahlil qilish – pedagogik muammo sifatida

    2. . O‘zbekiston va Janubiy Koreya ta’lim tizimining rivojlanish bosqichlari.

    3. O‘zbekiston va Janubiy Koreya ta’lim tizimining amaldagi holati.

I bob bo‘yicha xulosa

II BOB. O‘ZBEKISTON VA JANUBIY KOREYa TA’LIM TIZIMIDA KATTALAR TA’LIMINING MAZMUN MOHIYaTI

2.1.O‘zbekistonda kattalar ta’limi bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar mazmuni.

2.2.Janubiy Koreyada kattalar ta’limiga oid ilg‘or tajribalar.

2.3. O‘zbekiston va Janubiy Koreya ta’lim tizimidagi o‘xshash va farqli jihatlarning qiyosiy tahlili.

Ikkinchi bob bo‘yicha xulosa

III BOB. O’zbekiston va Janubiy Koreyada kattalar ta’limining qiyosiy tahlili samaradorligi

3.1. O’zbekiston va Janubiy Koreyada kattalar ta’limining qiyosiy tahliliga doir tajriba –sinov ishlari mazmuni

3.2. O’zbekiston va Janubiy Koreyada kattalar ta’limining qiyosiy tahliliga doir tajriba –sinov ishlari natijalari

XULOSA

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

ILOVALAR

KIRISH

Mavzuning dolzarbligi: Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlar hamda mamlakatimiz iqtisodiy qudratining oshib borishi natijasida jamiyatimiz ijtimoiy sohasining markaziy bo‘g‘ini hisoblangan ta’lim sohasida ham tub islohotlar ro‘y bermoqda. Zero, bugun mamlakatimizda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi islohotlar, ma’naviy-ma’rifiy tizimdagi yangilanishlarning zamirida hayotimizning asl mazmuni, farzandlarimizning barkamol turmush tarzini yaratishdek maqsad mujassam. Barcha sa’y-xarakatlarimiz negizida farzandlarimizni ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan sog‘lom qilib o‘stirish, ularning baxtu-saodati, farovon kelajagini ko‘rish, dunyoda hech kimdan kam bo‘lmaydigan avlodni tarbiyalash orzusi turadi. Yurtboshimizning ushbu fikrlari bizni mamlakatimizda yoshlarga berilayotgan e’tiborini yanada teranroq anglashga undaydi: “Mustaqillik tufayli mamlakatimizda sog‘lom mafkurali, ma’naviy barkamol avlodni shakllantirish maqsadi yo‘lida ijtimoy sohada aniq chora-tadbirlar amalga oshirilmoqdaki, ular barkamol avlodni kamol toptirish kabi strategik maqsadga yo‘naltirilgandir”.1

Respublikamizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy, ijtimoy-siyosiy, madaniy, ma’rifiy va maorif tizimidagi islohotlar nafaqat farovon turmush tarzini yo‘lga qo‘yish, balki ma’naviyati yuksak yangi avlodni shakllantirishga yo‘naltirilgan.

Ma’lumki, ta’lim jarayoni o‘zining mazmuni bilan bo‘lajak mutaxassis shaxsni shakllantirishga qaratilgan bo‘ladi. Unga ilmiy yondashuvlar esa ta’lim jarayoni, ta’lim masalalari, uning taraqqiyotini hal qilishga qaratilgan, maxsus tashkil etilgan pedagog va ta’lim oluvchilarning maqsadli o‘zaro munosabatlari yig‘indisi sifatida izohlaydi.

Mustaqillik yillarda malakali pedagog mutaxassislarni tayyorlash tizimini qayta shakllantirishga nisbatan extiyoj tug‘ildi. Shuning asosida O‘zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” mazmunida mazkur masalalarining mustahkam o‘rin olishiga alohida e’tibor qaratildi. Endilikda uzluksiz ta’lim tizimining turli yo‘nalishlari uchun malakali pedagog mutaxassislarni tayyorlash vazifasi bevosita pedagogika OO‘Yulari tomonidan amalga oshirilmoqda.

Bu vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilishning muhim shartlaridan biri chet el ta’lim tizimi tajribalarini o‘rganishni taqozo etadi. Zero, milliy o‘zlikni anglash va jamiyatni demokratlashtirish sharoitida ta’lim tizimini tubdan o‘zgartirish masalasi diqqat markazda bo‘lib keldi. Bunday islohotlar davrida esa yuqorida ta’kidlaganimizdek, chet davlatlar ta’lim tizimi tajribalari muhim ahamiyat kasb etadi. Turli davlatlar ta’lim tizimini o‘rganish orqali o‘z ta’lim tizimimizni munosib tarzda yangiliklar kiritishda qo‘shimcha boy manbalarga ham ega bo‘lamiz. Zero, bugungi globallashuv davrida dunyo ta’lim tizimlarining ko‘p jihatlari universal bo‘lib bormoqda. Lekin milliy mentalitet xususiyatlari e’tiborga olingan xolda, albatta.

Hech bir davlat ta’lim tizimi xorijiy tajribalardan foydalanmasdan, bir-biri bilan hamkorlik qilmasdan yangilana olmaydi va zamon talabi darajasida rivojlanmaydi. Zero, O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga faol qo‘shilib borishi milliy ta’lim tizimini jahon andozalariga muvofiqlashtirishni taqozo etmoqda. Shu o‘rinda aytib o‘tish joizki, har bir davlat o‘z tarixiy an’analari, iqtisodiy va siyosiy rivojlanishi, madaniy ildizlari va aholi mentalitetiga ko‘ra ta’lim tizimini yaratadi. Demak, hech bir davlat ta’lim tizimidan shunchaki nusxa olib bo‘lmaydi, lekin turli davlatlardagi ta’lim tizimida amalga oshirilgan ijobiy xususiyatlarni o‘rganish, tahlil qilish va keraklisini tadbiq qilish yaxshi samara beradi.

Yurtimiz kelajagi xalqimiz, mamlakatimizning intellektual salohiyatiga, milliy ta’lim-tarbiya tizimini jahon andozalari asosida takomillashtirishga, uning milliy zaminini mustahkamlashga bog‘liq. Milliy ta’lim-tarbiya tizimini jahon andozalari asosida takomillashtirish uchun esa chet el ta’lim tizimi tajribalarini o‘rganishimiz kerak. Xususan, Janubiy Koreya davlati ta’lim tizimining ilg‘or tajribalarini o‘rganish mazkur mavzuning dolzarbligini belgilaydi.

Mavzuning o‘rganilganlik darajasi.

Turli davlatlarning ta’lim tizimini o‘rganish, qiyosiy tahlil masalalari, jahon ta’lim tajribasida innovatsion texnologiyalarni o‘rganish bo‘yicha chet el va yurtimiz olimlari ko‘plab tadqiqot ishlarini olib borganlar. J.G‘.Yo‘ldoshev “Xorijda ta’lim” 2 ruknida qator maqolalar va qo‘llanmalar chop etgan. A.N.Djurinskiy chet el pedagogikasi tarixi bo‘yicha, D.X.Jalolova “Hozirgi zamon yapon maktabini rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari” mavzusida ilmiy tadqiqot ishini olib borgan.3

K.X.Xoshimov “Pedagogika tarixi” nomidagi qo‘llanmasida ayrim g‘arb va sharq davlatlari ta’lim tizimi haqida ma’lumot bergan.4 N.M.Egamberdievaning “Ijtimoiy pedagogika” darsligida esa chet el ta’lim tizimida ijtimoiy pedagogika masalalari o‘z aksini topgan.5 Yu.N.Abdullaev “Xorijiy oliy ta’limning ijtimoiy- pedagogik xususiyatlari, tajriba va taraqqiyot tamoyillari” mavzusida doktorlik ishini yoqlaganlar

Taqdiqotning maqsadi: O‘zbekiston va Janubiy Koreya ta’lim tizimida kattalar ta’limini qiyosiy tahlil qilishdan iborat.

Tadqiqot obyekti: O‘zbekiston va Janubiy Koreya ta’lim tizimida kattalar ta’limini qiyosiy tahlil qilishga yo‘naltirilgan jarayoni.

Tadqiqot predmeti: O‘zbekiston va Janubiy Koreya ta’lim tizimida kattalar ta’limini qiyosiy tahlil qilish mazmuni.

Tadqiqotning ilmiy farazi. Agar:

- O‘zbekiston va Janubiy Koreya ta’lim tizimida kattalar ta’limini qiyosiy tahlil qilish orqali o‘ziga xos jihatlari aniqlashtirilsa;

- Janubiy Koreya ta’lim tizimida kattalar ta’limining ijobiy jixatlari o‘rganilsa;

- Janubiy Koreya ta’lim tizimida kattalar ta’limining qiyosiy tahlili natijalarini tadbiq qilishga oid rejalar ishlab chiqilsa mazkur tadqiqot ishidan ko‘zlangan maqsadga erishish mumkin.



Tadqiqot vazifalari:

- O‘zbekiston va Janubiy Koreya ta’lim tizimining mazmun-mohiyatini yoritib berish;

- Janubiy Koreya ta’lim tizimida kattalar ta’limining o‘ziga xosliklarini aniqlashtirish;

- Janubiy Koreya ta’lim tizimining ilg‘or tajribalarini o‘rganish va qiyosiy tahlil qilishning ahamiyatini ochib berish;

- Janubiy Koreya ta’lim tizimi, xususan kattalar ta’limini o‘rganish va qiyosiy tahlil qilish bosqichlarini takomillashtirish.



Tadqiqot metodlari: nazariy metodlar – muammoni nazariy manbalardagi tahlili; empirik – kuzatish, statistik ma’lumotlarni tahlil qilish.

Tadqiqotning metodologik asosi: O’zbekiston Respublikasining birinchi prezident I.A. Karimovning asarlari va bir qator risolalaridagi barkamol shaxs va raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashga doir ilg’or xorijiy tajribalarni o’rganish haqidagi fikrlari, O’zbekiston Respublikasining prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning ta’lim tizimini isloh qilishda xorij tajribalari haqidagi tahlillari va qarorlari, 2017 -2021 yillar uchun tuzilgan harakatlar strategiyasida belgilab berilgan ustuvor vazifalar, O’bekiston va Janubiy Koreya ta’lim tizimining o’ziga xos jihatlari tadqiqot ishimizning metodologik asosi bo’lib xizmat qiladi. Shuningdek, qiyosiy pedagogika, androgogikaga doir xorij va o’zbek adabiyotlari, qo`llanmalar ham tadqiqot ishimiz uchun metodologik asos bo’lib xizmat qiladi.


Tadqiqotning kutilayotgan yangiligi:



  1. O’zbekiston va Janubiy Koreyada kattalar ta’limining qiyosiy tahlili magistrlik dissertatsiyasi darajasida o’rganiladi.

  2. O’zbekiston va Janubiy Koreyada kattalar ta’limining qiyosiy tahlili pedagogik muammo ekanligi asoslanadi.

  3. O’zbekiston va Janubiy Koreyada kattalar ta’limini qiyosiy tahlil qilish orqali ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish takomillashtiriladi.

  4. O’zbekiston va Janubiy Koreyada kattalar ta’limining qiyosiy tahlili jarayonining samaradorligi asoslanadi.


Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati: tadqiqot ishining mazmunidan olingan natijalardan umumiy o’rta ta’lim maktablarida, oliy va o’rta maxsus ta’limining barcha yo’nalishlarida ilg’or xorijiy tajribalarni o’rganishda o’qituvchilar, tadqiqotchilar va magistrantlar o’z faoliyatlarida uslubiy qo'llanma sifatida foydalanishlari mumkin.

Ishning tuzilishi: magistrlik disseratsiyasi kirish, uch bob, xulosa, ilova va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
Ilmiy rahbar________________________Rejametova Iroda Ikramshikovna

Magistrant _________________________ Pulatova Dilnoza Abdujalalovna





1 Каримов И.А. Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилинганининг 17 йил-лигига бағишланган тантанали маросимда сўзлаган нутқи. “Халқ сўзи”, 2009й. 14 декабрь.

2 Йўлдошев Ж.Ғ. “Хорижда таълим”-Т.: Шарқ, 1995.

3 Джуринский А.Н. “История зарубежной педагогики”- М.: Форум, 1998.

4 Хошимов К.Х., Нишонова С. «Педагогика тарихи»-Т.: А.Навоий номидаги Ўзбекистон миллий кутубхонаси нашриёти, 2005 й.

5 Эгамбердиева Н.М. «Ижтимоий педагогика»-Т.: А.Навоий номидаги Ўзбекистон миллий кутубхонаси нашриёти, 2011 й.

Yüklə 31,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin