Nodirshohning hokimiyat tepasiga kelishi



Yüklə 30,82 Kb.
səhifə1/2
tarix13.12.2023
ölçüsü30,82 Kb.
#174478
  1   2
NODIRSHOHNING HOKIMIYAT TEPASIGA KELISHI


NODIRSHOHNING HOKIMIYAT TEPASIGA KELISHI.
Reja:
I. Nodirshoh haqida:
1.1 Nodirshoh Eron shohi.
1.2 Hindistonga yurishi .
II . Nodirshohning hokimiyatga kelishi
2..1 .Elbarsxon davrida Eron shohi Nodirshoh xujumi.
2.2. Xivada siyosiy parokandalik.
lll Nodirshohning harbiy yurishlari:
3.1. Qoʼngʼirot Inoqlarining hokimiyatga kelishi
3.2. Siyosiy va iqtisodiy barqarorlik oʼrnatilishi.
3.3. Safaviylarlarning hokimiyatga kelishi.

Bu davrda Safaviylar sulolasi hukmronligi nomiga bo’lsa-da, hamon davom etardi. So’nggi hukmdor Taxmasp II amalda hech qanday hokimiyatga ega emas edi. Buning ustiga, unda xalqni turk va afg’on bosqinchilariga qarshi kurashga kо’tara oladigan qobiliyat ham bo’lmagan. Shunday sharoitda afshor qabilasining ( turkman urug’udan bo’lgan) yetakchisi, shijoatkor, katta lashkarboshchilik qobiliyatiga ega Nodir Quli kurash maydoniga chiqdi. U 1730-yilda afg’on qo’shinini butunlay tor-mor etib, Eronni afg’on bosqinidan ozod etdi. 1736-yilga qadar Nodir Quli Safaviylar davlatining tarkibiga kiruvchi barcha hududlarda o’z hokimiyatini o’rnatdi. Nihoyat, 1736-yilda barcha qabilalar aslzodalarining qurultoyida o’zini Eron shohi deb e’lon qilishga erishdi. Shu tariqa Safaviylar sulolasi hukmronligi butunlay barham topdi.


Nodirshoh katta bosqinchilik urashlari nati jasida ulkan imperiya tuzdi. Biroq 22rasr. Nodirshoh.
uning hukmronligi uzoq davom etmadi. 1747-yilda o’zaro ichki nizolar natijasida Nodirshoho’ldirildi.
Qojarlar sulolasi hukmronligining o’rnatilishi.
Nodirshoh halokatidan keyin imperiya bir necha qismlarga bo’linib ketdi. Eronda turli qabilalar o’rtasida toju taxt uchun kurash avj oldi. Bu kurashda asosiy rolni zend va qojar qabilalari o’ynadi. Ular o’rtasidagi toju taxt kurashi 1758-yilda zend qabilasi g’alabasi bilan tugadi. Bu qabila boshliqlari 1796-yilgacha hukmronlik qildilar.
Butun o’tgan davr turli qabilalar toju taxt uchun kurashi davri bo’ldi. Bu kurashda zcndlarning asosiy raqibi qojarlar g’alaba qozondi. Bu qabila rahnamosi Og’a Muhammadxon 1796-yilda o’zini Eron shohi deb e’lon qildi. Shu tariqa Eronda yangi sulola Qojarlar sulolasi hukmronligi o’rnatildi. Mamlakat poytaxti Tehran shahriga ko’chirildi. Og’a Muhammad о’zini shohanshoh deb e’lon qildi.
Bu davrda Buyuk Britaniyada sanoat gurkirab rivojlandi. To’qimachilik, metallurgiya, mashinasozlik, kon sanoati yetakchi о’rinni egalladi.
Mashinalashgan ishlab chiqarish oqibatida 1816-yilda Buyuk Britaniyada mashinalar 150 mln odarning qo’l mehnatiga teng ishni bajardi. Vaholanki, bu davrda Buyuk Britaniya aholisi 12 mln kishini tashkil etardi.
Sanoat taraqqiyoti transportning yangi turi paydo bo’lishini zararatga aylantirib qo’ydi. Buning aks sadosi o’laroq, 1825-yilda Buyuk Britaniyada dunyoda birinchi temiryo’1 qurildi. Bu hodisa mamlakatning turli mintaqalarini bir-biri bilan tutashtirilishini hamda yuk tashishning arzonlashuvini ta’minladi. Ayni paytda ichki bozor kengaydi. Oqibatda zavod va fabrika egalari mumkin qadar kо’proq mahsulot ishlab chiqara boshladilar.
Temiryo’1 qurilishining boshlanishi, о’z navbatida, cho’yan, temir va po’latga bo’lgan ehtiyojni oshirib yubordi. Sanoatning yangi tarmog’i-parovozsozlik paydo bo’ldi. Bu esa qudratli savdo va harbiy dengiz floti yaratishga imkon berdi
19-asr insoniyat tarixiga bug’ asri bo’lib kirgan
Mamlakat hayotidagi bu о’zgarishlar Buyuk Britaniyaning «dengizlar hukmroni» mavqeini yanada mustahkamladi. Tuproq уо’l1аr o’rnini asfalt yo’llar egallay boshladi.
Bu esa savdo ekipajlari qatnoviga sarflanadigan vaqtni ikki marta qisqartirishga imkon berdi. 19-asrning 40-yillariga kelib qishloq xo’jaligida mashinalar va kimyoviy о’g’itlar ishlatish boshlandi. Katta-katta sanoat korxonalarini qurish davom etdi. Temiryo’llar va yirik sanoat korxonalari qurilishi katta mablag’ ham talab etgan. Bu esa tijorat banklarining qudratini yanada orttirgan. U endi xalqaro miqyos kasb eta boshlagan.
Mamlakatda sanoat ishlab chiqarishning konsentratsiyalashuvi ro’y berdi. Jahon tarixida birinchi marta mamlakat iqtisodiyotida yetakchilik qishloq xo’jaligidan sanoatga o’tdi. Buyuk Britaniya dunyoning birinchi industrial davlati bo’lib qoldi.
Sanoat to’ntarishining tugallanishi.
19-asrning 60-yillari oxiriarigacha bo’lgan davrda sanoatning gurkirab rivojlanishi va ilmfan taraqqiyoti yangi bir hodisa sanoat to’ntarishi tugallanishining ro’y berishiga olib keldi.
Sanoat to’ntarishining tugallanishi bu mashinalarning o’zini endi boshqa mashinalar yordamida ishlab chiqarish boshlandi, degani edi.
Buyuk Britaniyada esa bu hodisa Х10-asrning 50-yillarida yuz berdi.
Sanoatda bug’ mashinasi asosiy kuch bo’lib qoldi. Toshko’rnir yoqilg’ining eng muhim turiga aylandi.
Parlament islohoti.
Buyuk Britaniya parlamenti 1825-yilda ish tashlashda qatnashishni taqiqlovchi qonun qabul qildi. Bu qonun ishchilar о’rtasida keskin norozilik keltirib chiqargan. Natijada parlament islohoti о’tkazish masalasi zaruratga aylandi. Bu jamiyatda yetilgan muammolami tinch yo’1 bilan hal qilish, degani edi. Oxir-oqibatda 1832-yilda parlament islohoti o’tkazildi. Islohot parlamentga saylov tartibini о’zgartirdi. Unga kо’ra, yirik sanoat markazlariga parlamentdan 144 о’rin ajratib berildi. Shu tariqa sanoat burjuaziyasi endi siyosiy jihatdan ham hukmronligini mustahkamladi. Islohot parlamentning yuqori va quyi palatalarining vakolatlari masalasini ham chetlab o’tmadi. Chunonchi, quyi palataning mamlakat siyosiy hayotidagi o’rni oshirildi. U mamlakat budjetini nazorat qilish huquqini saqlab qoldi. Buyuk Britaniya hukumatining faqat quyi palata oldida javobgarligi belgilab qo’yildi. Quyi palata hukumatga ishonchsizlik bildirgan taqdirda, hukumat iste’fo berishga majbur bo’ladigan tartib o’rnatildi.1832-yilgi parlament islohoti mamlakatda saylov huquqi uchun kurashni batamom to’xtata olmadi. 1836-yilda London shahrida ishchilarning «Umumiy saylov huquqi uchun kurash ishchi Assotsiatsiyasi» tuzildi. U saylov huquqini kengaytirish masalasida parlamentga uch marta xartiya (chartiya)-yorliq topshirdi. Umumiy saylov huquqi uchun boshlangan bu harakat tarixga chartistlar harakati nomi bilan kirdi. Bu harakat garchand yengilgan bo’lsa-da, keyingi parlament islohotlariga o’z ta’sirini ko’rsatmay qolmadi.1867-yilda ikkinchi parlament islohoti o’tkazildi. Unga ko’ra, shaharlarda o’z uyiga ega bo’lgan hamda alohida kvartirada turadigan barcha erkaklarga saylov huquqi berildi. Buning natijasida saylovchilar soni 1832-yildagi 600 ming kishidan bir yo’la 2 mln ga yetdi.
Tashqi siyosat.
19-asring 50-yillarida Buyuk Britaniya sanoatning rivojlanish darajasi, savdoning ko’lami va dengizdagi qudrati jihatidan dunyoda о’z ustunligining cho’qqisiga yetdi. Bu qudrat unga mustamlakalari ustidan hukmronlikni yanada mustahkamlash va ularni kengaytirish imkonini berdi. Ingliz hukumati yer yuzining strategik jihatdan muhim mintaqalarida qudratli harbiy-dengiz bazalari qurishga va tayanch hududlarni qo’lga kiritishga alohida e’tibor berdi.
«Oq» koloniyalar.
Buyuk Britaniya о’z mustamlakachilik siyosatida «oq» koloniyalarga katta e’tibor berdi. Amerika, Afrika va Avstraliyaga Buyuk Britaniyadan va qisman Yevropadagi ingliz tojiga bo’ysunuvchi boshqa mamlakatlardan kо’chib borgan kishilar о’zlashtirgan hududlar ana shunday deb atalardi. Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya ana shunday mustamlakalar edi. Chunonchi, 1861-yilga kelib Avstraliyadagi oq tanli aholi 1 million 200 ming kishiga yetdi. Ayni paytda mustamlakalar о’zini-o’zi boshqarish uchun kurash olib bordi lar. Bu kurash, ayniqsa, Kanadada shiddatli tus oldi. Natijada Buyuk Britaniya 1867-yilda Kanadaga dominion maqomini berishga majbur bo’ldi.
Fransiyada Birinchi imperiya.
1799-yilgi davlat to’ntarishidan so’ng Fransiyaning Birinchi konsuliga aylangan Napoleon Bonapart endi yakka hokimlikka intila boshladi. 1802-yilda u о’zining umrbod konsul deb e’lon qilinishiga erishdi. 1804-yilda esa u Senatdan o’zini «Fransuzlar imperatori Napoleon I» deb e’lon qilinishini talab etdi va unga erishdi. Shu tariqa, Fransiyada monarxiya qayta tiklandi. Biroq bu monarxiya (dvoryanlarga emas, yirik burjuaziyaga, qo’shin va davlat amaldoriariga tayanuvchi harbiy monarxiya edi.
Istilochilik urushlari.
N. Bonapart katta istilochilik umushlari olib bordi. Chunonchi, 1805-yilda Avstriya poytaxti Vena ishg’ol etildi.
1806-yilda Prussiya poytaxti Berlinni egalladi. О’z g’alabalaridan ruhlangan Napoleon endi Buyuk Britaniyaga nisbatan qit’a qamali e’lon qilinganligi haqidagi dekretni imzoladi. Unga ko’ra, Napoleonga qaram barcha davlatlarning Buyuk Britaniya bilan savdo-sotiq qilishi taqiqlandi. Napoleonning maqsadi shu yo’l bilan Buyuk Britaniyani bo’g’ib tashlash edi.

Imperiyaning zaiflashuvi.


Deyarli butun Yevropani bo’ysundirgan Napoleon Buyuk Britaniya va Rossiyani bo’ysundira olmadi. Buyuk Britaniya harbiy flotining g’oyatda qudratliligi Napoleonga qit’a qamali siyosatidan ko’zlangan maqsadiga erishish imkonini bcrmadi. Rossiya о’z
mustaqilligini saqlab qoldi. Qit’a qamali siyosatiga qo’shilgan bo’lsada, amalda shartnomani bajarmadi. AQSH kemalarida o’z tovarlarini Buyuk Britaniyaga yuborishni davom ettirdi.
Rossiya-Fransiya o’rtasidagi 1812-yil urushi.
1812-yilning 24-iyunida Napoleon armiyasi Rossiyaga hujum boshladi. Bu urush Rossiya uchun milliy mustaqillik urushi edi. Ikki davlat qo’shini o’rtasidagi hal qiluvchi jang 1812-yilning 7-sentabrida Moskva yaqinidagi Borodino qishlog’ida bo’lib o’tdi. Har ikki tomon ham kо’plab qurbonlar berdi. Rossiya-Fransiya urushida Fransiya mag’lubiyatga uchradi. Rus qo’shinining matonati, qahraton sovuq va ochlik bosqinchi qo’shinining halokatini muqarrar qilib qo’ydi. Oqibatda Napoleonning «Buyuk qo’shin»i bu buyuk talofatdan so’ng о’zini qayta tiklab ololmadi. Endi Napoleon imperiyasining halokati muqarrar bo’lib qoldi.
Imperiyaning qulashi.
Rossiya, Buyuk Britaniya, Prussiya, Avstriya va boshqa davlatlardan iborat Yevropaning ittifoqchi davlatlari hamda Fransiya o’rtasidagi hal qiluvchi jang 1813-yil oktabrda Leypsig ostonasida bo’lib o’tdi va bu jang tarixga «Xalqlar janggi» nomi bilan kirdi. Leypsig jangida Napoleonning qo’shini tor-mor etildi.
1814-yilda ittifoqchi davlatlar armiyasi Parij shahriga kirib keldi. Napoleon taxtdan voz kechishga majbur bo’ldi. Ittifoqchilar uni Elba oroliga surgun qildilar. Shu tariqa imperiya quladi.

Burbonlar sulolasi hokimiyatining tiklanishi.


Ittifoqchi davlatlar Fransiyada Burbonlar sulolasi hokimiyatini tiklashga qaror qildilar. Inqilob yillari qatl etilgan qirol Lyudovik 16 ning ukasi Lyudovik
18 Senatning qarori bilan taxtga o’tqazildi. Lekin endi bu monarxiya avvalgidek mutlaq monarxiya emas edi. U monarxiyani tiklashning iloji ham yo’q edi. Chunki jamiyat hayotida kapitalistik
munosabatlar har tomonlama chuqur ildiz otib ulgurgan edi. Shuning uchun ham qirol konstitutsiya e’lon qilishga majbur bo’ldi. Ittifoqchilar Fransiya bilan sulh shartnomasini imzoladilar. Unga ko’ra, Fransiya Napoleon davrida bosib olgan barcha hududlardan mahrum etildi. Ayni paytda mamlakatda ichki vaziyat ham murakkablashib bordi. Bunga eski feodal tartiblar tarafdorlarining mutlaq monarxiyani tiklashni, shuningdek, qo’llaridan ketgan mol-mulklarini qaytarib berishni talab qilishlari sabab bo’ldi.
Vena Kongressi.
G’olib davlatlar Kongress chaqirdilar. Bu Kongress 1814-yilda Avstriyaning poytaxti Vena shahrida bo’lib о’tdi. Kongressning asosiy maqsadi Yevropani g’oliblar manfaati yo’lida qayta taqsimlash edi.
1815-yilda Yevropaning 8 davlati: Buyuk Britaniya, Avstriya, Prussiya, Rossiya, Ispaniya, Shvetsiya, Portugaliya va Fransiya Kongressning yakunlovchi hujjatini imzoladilar. Buyuk Britaniyaning asosiy maqsadi, Fransiyaning zaiflashuviga erishish, о’zining dengizdagi va mustamlakalar bosib olishdagi ustunligini saqlab qolish edi. U bunga erishdi. Ayni paytda Malta, Seylon orollariga, Afrkaning janubidagi Kара yeriga ega bo’lib oldi.
Rossiya Polshaning katta qismiga ega bo’ldi. 300 dan ortiq mayda davlatlarga bo’linib ketgan Germaniya о’rnida 39 ta davlatdan iborat Germaniya ittifoqi tuzildi. Bu ittifoqda Avstraliyaning yetakchi roli e’tirof etildi.
Reyn viloyati, Vestfaliya Prussiyaga qo’shib berildi. Polshaning g’arbiy yerlari ham Prussiya mulki deb tan olindi.
«Muqaddas Ittifoq».
Yevropada kelgusida ro’y berishi mumkin bo’lgan inqiloblarga qarshi birgalikda kurash maqsadida uch davlat Rossiya, Avstriya va Pmssiya monarxlari ittifoq tuzdilar. U tarixga «Muqaddas Ittifoq» nomi bilan kirdi.
Kontributsiya (lotincha) urushda yetkazilgan zarar o’rnini qoplash uchun mag’lub davlat tomonidan to’lanadigan to’lov.


Xulosa :
Nodir Xurosonda tug'ilgan. Yoshligida uni Nodirquli deb chaqirishgan. Otasi turkmanlarning afshor urug'iga mansub edi. Nodirquli 18 yoshida Xorazm o'zbeklari tomonidan onasi bilan birga qul qilib haydab ketilgandi. Oradan ko'p o'tmay qullikdan qochib Xurosonga qaytib keldi va o'sha yerlarda mahalliy hokimlar qo'shinida xizmat qila boshladi. Nodirquli ikki marta qaroqchilar to'dasiga sardorlik qilgan. Nodirqulining nomi tez orada mahalliy hukmdorlarga ma'lum bo'lib, uning xizmatidan foydalanishni ko'zlashdi. Bobulbek huzurida xizmatda bo'lgan Nodirquli uning qizini o'g'irlab uylanadi. Bu nikohdan Rizoquli tug'ildi.
1722-yili Isfahonni g'ilzoylar egallashgach, Erondagi afg'onlar hukmronligi boshlandi.
Nodirning harakatlaridan xabardor bo'lgan Kelatda yashovchi amakisi uni shaharda qaroqchilik bilan shug'ullanyotgan afg'onlarni quvishga chaqirdi. Nodirquli qisqa muddat ichida shaharda tartib o'rnatdi. Keyin Mashhadga yurish qilib uni seyistonliklardan tortib oldi. Nodirning nomi butun mamlakatga tarqaldi. Shundan so'ng amakisi Nodirga qaroqchilikni tashlab bosqinchilarni mamlakatdan quvish kerakligini tushuntirdi. U shunday degan: "Faqat shu yo'l bilangina qilmishlaringni shoh oldida oqlashing mumkin, aks holda, ertami-kechmi seni sharmandali o'lim kutadi".
Nodir 1726-yili 3 ming qo'shin bilan afg'onlarga qarshi kuch to'playptgan yosh shoh Tahmasp II ga qo'shilish uchun Mozandaronga bordi. Nodirquli Eronning ba'zi hududlarini nazorat qilayotgan safaviy shohi Tahmaspdan qilmishlari uchun kechirim so'radi va yengilmas deb tasavvur qilingan afg'onlarni Erondan. quvib chiqarishda yordam berishini aytdi. Shoh uning uzrini qilib xizmatga oldi. Nodir Tahmaspni buyrug'i bilan Astrobodga yurish qildi. Nodir qo'shini Farnobodda turkmanlarni yengib Astrobodni ishg'ol qildi va ular to'plagan barcha xazinani qo'lga kiritdi. Bunga minnatdorlik ramzi sifatida Tahmasp II Nodirga sulton unvonini berdi. 1729-yili Nodirquli qo'shini Damg'on yaqinida afg'onlarni tor-mor keltirdi va Afg'onistonga surib tashladi. U o'z amakisi Kelat noibini o'ldirib afg'onlarning 7 yillik hukmronligiga barham berdi. Tahmasp Nodirni kuchayib ketishidan xavfsirab harbiy harakatlarni to'xtarishini buyurdi, biroq Nodir shoh saroyiga kelib davlatda yuqori lavozimni talab qildi. Tahmasp II unga Xuroson, Mozandaron, Seyiston va Kermon viloyatlarini topshirdi. Shuningdek, Xurosonda o'z nomidan tanga zarb qilishiga ham ruxsat etdi.
Nodirquli birozdan so'ng qo'shinini Ozarbayjon va Iroqi Arabni egallab turgan turklarga qarshi boshladi. Nodir Armonistonga g'olibona yurdi, lekin Tahmasp harbiy harakatlarga aralashdi va Nodir egallagan barcha yerlarni boy berish bilan birga Eronni bir qismini turklarga topshirishga majbur bo'ldi.
Nodir ommada turklar bilan tuzilgan sulhga nafrat uyg'ota oldi. Nodirquli 1732-yili Tahmaspni taxdan ag'darib, o'rniga balog'atga yetmagan o'g'li Abbos III ni taxtga o'tkazdi va o'zini shoh otalig'i deb e'lon qildi.



Yüklə 30,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin