Nutqqa tasir etuvchi salbiy omillar Subtitle here



Yüklə 1,37 Mb.
tarix11.05.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#111626
Nutqqa tasir etuvchi salbiy omillar

Nutqqa tasir etuvchi salbiy omillar

Subtitle here

Har qanday mehnat – murakkab fiziologik jarayonlar kompleksidan tashkil topadi. Bu faoliyatda markaziy asab sistemasi asosiy vazifani bajaradi, ya’ni ish jarayonida inson organizmida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarni boshqaradi.


Aynan inson miyasi tufayli mehnat faoliyatida uning kuch-quvvati (energiyasi) sarflanadi. Mexanik ishlarni boshqarish uchun inson organizmida kimyoviy-biologik jarayon natijasida uglevodlar parchalanishi hisobiga amalga oshadi.

Bunda jismoniy kuchga sarflanadigan kislorod miqdori mehnat faoliyatining unumiga bog‘liq bo‘ladi. Jismoniy mehnat faoliyatida nafaqat uning kuch-quvvatiga, balki fiziologik a’zolar tizimida ham o‘zgarishlar yuz beradi.


Masalan, chuqur nafas olish yoki chiqarish orqali ish jarayonining kechishiga olib keladi. Jismoniy tayyorgarlik ko‘rgan insonlarda chuqur nafas olish imkoniyati yuqori bo‘ladi. Yurak a’zolari tizimida ham o‘zgarishlar yuz beradi.

Masalan, og‘ir jismoniy harakatning ko‘payib ketishi oqibatida, yurakning tez-tez urishiga va qon bosimining ko‘tarilib ketishiga olib keladi. Bunda qondagi biokimyoviy o‘zgarishlar natijasida qand dinamikasi o‘zgarishi kuzatiladi.


Jumladan, o‘rtacha og‘ir ish bilan shug‘ullanuvchilarda qand miqdori oshib boradi, lekin qandning ortib borish miqdori kasallangan inson tuzalib ketgunga qadar muayyan vaqtgacha saqlanib qoladi.

Organizmdagi quvvatning salmoqli darajada sarflanishi natijasida undagi uglevod zaxiralarining kamayishiga olib keladi. To‘xtovsiz jismoniy og‘ir mehnat qilish oqibatida sut kislotasining ko‘payishiga, PH muhitning oshishi esa qondagi gemoglabin kislorodining teriga o‘tish tezligining oshishiga olib keladi.


Shuningdek, og‘ir jismoniy mehnat qiladiganlarda suv va tuz almashish jarayonlarining tezlashishiga, ter to‘kilishiga, bular esa buyraklar bajaradigan vazifaning yengillashishiga olib keladi.

Inson mehnat faoliyatiga ta’sir etuvchi salbiy omillar, ularning turlari, mohiyati va himoyalanish usullari.


Odam umrining ko‘p vaqtini mehnat egallaydi, agar inson ish faoliyatida o‘rnatilgan barcha tartib-qoidalarga rioya qilmasa, bu, o‘z navbatida, inson mehnat faoliyatiga va sog‘ligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Ishlab chiqarish sharoiti – bu insonni o‘rab turgan atrof muhitning bir qismini tashkil qilib, uning tarkibiga tabiat-iqlimga bog‘liq bo‘lgan hamda insonning kasbiy faoliyatiga ta’sir etuvchi xavfli va zararli omillar (shovqin, silkinish, zaharli tutunlar, gazlar, changlar, nurlanishlar va hokazo) kiradi.

Zaharli omillarga – ishlab chiqarishdagi changlar, tutunlar, gazlar, bug‘lar, yo‘l qo‘yiladigan oxirgi darajadan (YQOD) yuqori qiymatga ega bo‘lgan ishlab chiqarish mikroiqlimining gigiyenik me’yorlari, shovqinlar, titrashlar, yoritilganlik, elektr va magnit maydonlari va boshqa ta’sirlar kiradi.

Ishlab chiqarish muhitidagi xavfli va zararli omillar 4 guruhga bo‘linadi


4. Psixofiziologik.
1. Fizikaviy
2. Kimyoviy.
3. Biologik

Ishlab chiqarishdagi zararlar deb, ish unumdorligining pasayishi, zaharlanish va kasalliklarning paydo bo‘lishi, kasallanishning ortib ketishi va vaqtinchalik mehnat faoliyatining yo‘qotilishi va boshqa salbiy oqibatlarga olib kelishiga aytiladi.

Xavfli va zararli omillarning quyidagi turlari mavjud:

  • Kimyoviy (zaharli moddalarning paydo bo‘lishi va ularning inson organizmiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi).
  • Fizikaviy (shovqin, silkinish, va boshqa turdagi titrashlar, nurlanishlar, iqlim o‘zgarishlari: ob-havo haroratining isishi yoki sovib ketishi), atmosfera bosimining o‘zgarishi yoritilish darajasi, chang-to‘zonlarning ko‘tarilishi va boshqalar).
  • Biologik (kasallangan mikro organizmlar, mikrob preparatlari, biologik pestitsidlar va boshqalar).
  • Jismoniy (statistik va dinamik) zo‘riqish – og‘ir yukni olib o‘tish, inson jismoniy holatining buzilishi, inson tana a’zolarining katta bosim ostida bo‘lishi va boshqalar.
  • Fiziologik (jismoniy harakatlanishning cheklanishi – ginokeniziya).
  • Psixologik (nerv faoliyatining zo‘riqishi – aqliy faoliyatni keragidan ortiq ishlatish, his-hayajonning ortib ketishi).

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin