Odam savdosi haqida siz nima bilasiz? Rejepbayeva Aygul Zokirboy qizi



Yüklə 49 Kb.
tarix08.08.2023
ölçüsü49 Kb.
#138919
ODAM SAVDOSI HAQIDA SIZ NIMA BILASIZ


ODAM SAVDOSI HAQIDA SIZ NIMA BILASIZ?

Rejepbayeva Aygul Zokirboy qizi
O‘Zmu Jizzax filiali
Oila Psixologiyasi” yo‘nalishi 2-kurs talabasi

Annotatsiya:Mazkur maqolada odam savdosi xaqida umumiy tushunchalar, uning ko‘rinishlari, insoniyatga salbiy ta’siri va uning oldini olish borasidagi fikrlar keltirilgan
Kalit so’zlar:Odam savosi, o’g’irlik,firibgarlik,aldash,majburiy mehnatga jalb qilish,erksizlik,qullik, ozodlik,qonun hujjatlari,aybdor shaxslar,kuch bilan tahdid qilish,majburlash.

Inson bioijtimoiy mavjudot. U qaysi davrda, qaysi jamiyatda yashamasin har doim erkinlikka intiladi, mustaqil qaror qabul qilishni, jamiyatdagi o‘rnini oʻzi belgilashni xohlaydi va bularni oʻzining asosiy huquqlaridan deb biladi.


Afsuski, bu huquqlarni poymol qiluvchi eng xavfli tushuncha bu odam savdosidir!
Bugungi kunda yer yuzida qullar qolmagan. Hamma hur va ozod. Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) hadisi shariflarida ozod odam bolasini sotish qattiq qoralangan: Abu Hurayradan (roziyallohu anhu) rivoyat qilingan, yuqorida ham keltirganimiz hadisda: Nabiy (sollallohu alayhi va sallam): “Alloh taolo “Men qiyomat kuni uch toifaning xusumatchisi bo‘laman: Men bilan ahd berib, keyin aldagan odamning, hurni sotib, bahosini yegan odamning va odam ishlatib, haqini bermagan odamning, deydi” dedilar”.
Chet ellarga ishlash uchun ketganlarning ko‘plarini odam savdosi qurboni bolibqolganini eshitib qolyapmiz. Qulning orzusi bitta – ozodlikka chiqish bo‘lgani singari, o‘sha sotilgan insonlar ham kecha bo‘lsin, kunduz bo‘lsin, tutqunlikdan qutulib, o‘z yurtiga qaytish chorasini qidirishadi.
Odam savdosi o‘zi nima?
Odam savdosi — kuch bilan tahdid qilish yoki kuch ishlatish yoxud majburlashning boshqa shakllaridan foydalanish, o‘g‘irlash, firibgarlik, aldash, hokimiyatni suiiste’mol qilish yoki vaziyatning qaltisligidan foydalanish orqali yoxud boshqa shaxsni nazorat qiluvchi shaxsning roziligini olish uchun to‘lovlar yoki manfaatdor etish evaziga og‘dirib olish yo‘li bilan odamlardan foydalanish maqsadida ularni yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilish.
Odam savdosi oʻzi nima ekanligi haqida barchamiz bir qadar tasavvurga ega bo‘ldik, ammo uning baʼzi nomaʼlum va g‘ayriinsoniy koʻrinishlari xam borligini eshitganlar oramizda koʻp emas. Savdo degan soʻz bilan kelgan ushbu atama odamda pul yoki biror moddiy manfaat ustiga qurilganlik tasavvurini uygʻotadi, lekin odam savdosi har doim ham moddiy manfaatlarni koʻzlagan holda amalga oshirilavermaydi. Odam savdosi majburiy mehnat, majburiy nikoh, jinsiy zoʻravonlik, odam tana aʼzolarining ekstraksiya qilinishi, surrogatsiya, bolalar savdosi kabi koʻrinishlarga ega. Bundan tashqari odam savdosining boshqa shaxs nomidan majburiy harbiy xizmatga yollash, notinch hududlarda portlatuvchi moddalar oʻrnatib, aholi gavjum joylarda tirik qurolga aylantirish, ota-onasining qarzini undirish yoki pul talab qilish maqsadida farzandlarini oʻgʻirlash, labaratoriyalar va tibbiyotda tajriba oʻtkazish uchun foydalanish kabi koʻrinishlarda ham mavjud. Baʼzan esa oʻta qashshoqlik yoki moddiy manfaatni koʻzlab ota-onalarning oʻzlari ham bolalarini odam savdosining murgʻak qurboniga aylantirib qoʻyadilar.
Odam savdosi bir shaxs tomonidan bajarilmaydi. Birgina inson tana aʼzolarining noqonuniy savdosi jinoyati yollovchi, tashuvchi, tibbiyot xodimi, vositachi va xaridor (transplantatsiyaga muhtoj bemor) ishtirokida amalga oshadi. Bunda jinoyat amalga oshishigacha boʻlgan jarayonlarda ishtirok etgan barcha shaxslar jinoiy javobgarlikka tortiladi. Eng qizigʻi shundaki, odatda yollovchi shaxs yoki jismonan tutqinlikka olishga layoqatli, yoki kuchli psixologik taʼsir oʻtkazuvchi mutaxassis boʻlishi ham mumkin. Eng achinarli yana bir koʻrinishi, inson organlarining transplantatsiya qilinish yoʻli bilan emas, tashuvchi transport sifatida foydalanilishidir.
Odam savdosi mamlakat ichida yoki chet davlatlarda sodir boʻlishi mumkin. Odam savdosiga qarshi maqsadli chora-tadbirlarni ishlab chiqish va taʼsirini oʻlchashda duch kelinadigan eng katta muammolardan biri uning koʻlami va qurbonlarning holati bilan bogʻliq ishonchli va sifatli maʼlumotlarning yetishmasligidir. Bor maʼlumotlarning asosiy manbalari ham aniqlangan qurbonlar tomonidan taqdim etilgan real voqeliklarga asoslanadi. Ushbu maʼlumotlar huquqni muhofaza qilish organlari, sud tizimi, jabrlanganlarni himoya qilish va yordam koʻrsatish bilan shugʻullanuvchi davlat va nodavlat tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari tomonidan toʻplanadi.
Ishonchli manbalar shuni koʻrsatadiki, jabrlanganlarning koʻp qismi har doim ayollar boʻlgan, chunki odam savdosi avvaldan jinsiy ekspluatatsiya uchun sotilgan ayollarni qamrab oluvchi jinoyat turi sifatida koʻrilgan. Vaqt oʻtishi bilan erkaklarning ham bu illat qurboniga aylanishi foizlarda oʻsib bormoqda. Qullikning bu zamonaviy koʻrinishi keng tarqalishi boʻyicha Ekvatorial Gvineya, Eron, Shimoliy Koreya, Markaziy Afrika Respublikasi, Suriya, Jazoir, Rossiya, Zimbabve, Liviya va Venesuala davlatlari eng yuqori koʻrsatkichlar bilan roʻyxat boshida turibdi. Yer yuzida har yili 3 milliondan 45 milliongacha odam kontrabandasi holatlari uchramoqda. Bu qurbonlar “odam savdogarlar”iga yiliga 200 milliard dollarga yaqin “foyda” keltirmoqda. Ammo insoniyatgachi?
Soʻzimiz oxirida shuni eslatib oʻtmoqchimizki, odam savdosi yosh, irq, jins, millat, elat tanlamaydi.Oson, qing‘ir va noqonuniy yo‘llar bilan pul topmoqchi bo‘lgan ,ayniqsa chet ellarda ulkan boyliklar ilinjida yurgan ayrim insonlar ularning o‘ljasiga aylanib qolishi mumkin. Odam savdosi qurboniga aylanmaslik, qalban va aqlan ozod bo‘lish uchun ogoh bo‘laylik.
Yüklə 49 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin