Test savollari 1.Odam savdosi deb nimaga aytiladi? A) Fuqarolarning bir davlatdan boshqa davlatga oʻtishlariga;
B) Bu insonning ozodligi, shaʼni va qadr-qimmatini qisman cheklovchi holatlarga;
S) Insonni, shaxsni uning mehnatidan foydalanish maqsadida sotib yuborish va sotib olish, tashish, topshirish, koʻchirish shuningdek, bolalarni ham ekspluatatsiya qilish masadida yashirish yoki ularni sotib olishga.
2. Odam savdosining belgilari nimalardan iborat? A) Inson mustaqil ravishda harakatlanish erkinligiga ega boʻlmaydi, yaʼni uning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari olib qoʻyiladi, unga nisbatan jismoniy va ruhiy jihatdan tazyiq oʻtkaziladi, yaʼni qoʻrqitish, shantaj qilish orqali uning mehnatidan foydalaniladi;
B) fuqarolar fikrini erkin bayon eta olmaydi, taʼlimda oʻzlashtirishdan ortda qoladi;
S) oʻziga ishonch hissi yoʻqoladi, jamoaga kirisha olmaydi, muntazam bir joydan ikkinchi joyga koʻchib yuradi.
Tadqiqotlar natijasiga koʻra kimlar odam savdosi jabrlanuvchisi boʻlishi mumkin?
A) Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlami;
B) Har qanday inson yoshidan, jinsidan, ijtimoiy mavqeidan qatʼiy nazar;
S) Faqat yolgʻiz ayollar va notinch oila farzanlari.
4. Inson mehnati ekspluatatsiyasi shakllarini tanlang. A) Jinsiy ekspluatatsiya, organlar transplantatsiyasi;
B) Majburiy mehnat, surrogat onalik;
S) Jinoiy biznes, majburiy mehnat.
Migratsiya nima degani?
A) Odamlarni chet davlatda ish bilan taʼminlash;
B) Odamlarni aldov yoʻli bilan chet davlatga sotib yuborish;
S) Odamlarning bir davlatdan ikkinchi davlatga koʻchib oʻtishi.
6. Ichki migratsiya nima? A) Inson chet elga koʻchib oʻtishda qonuniy hujjatlarga binoan amalga oshirilishi;
B) Bu bir davlat ichida bir hududdan boshqa hududdga koʻchib oʻtish;
S) Bu boshqa davlatga hokimiyatning ruxsatisiz koʻchib oʻtishdir.
7.Odam savdosi insonlar uchun qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin? A) inson mehnat qilishi mumkin boʻlmagan sharoitlarda ogʻir mehnat qilish orqasidan jismoniy, psixologik, iqtisodiy va jinsiy zoʻravonlikka uchrash;
B) Chet davlatga chiqish va kirishda cheklov boʻlishi;
S) Mehnatga yaroqlilik qobiliyatini yoqotish.
8. Odam savdosidan qanday ogoh boʻlish mumkin? A) Notanish boʻlgan shaxslar tomonidan ishga joylashishda yordam berish taklifini qabul qilish;
B) Koʻchada notanish shaxslar tomonidan sizga maktabdan boʻsh vaqtingizda ishlashingiz boʻyicha taklif qilsa, ota-onangizga zudlik bilan xabar berish;
S) Ijtimoiy tarmoqlardan kelgan ishga joylashtirish haqidagi
eʼlonlarni koʻrib chiqish.
9.Oʻzbekiston Respublikasi “Odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi qonunga binoan.. odam savdosiga qarshi kurashish A) Odam savdosining oldini olishga, uni aniqlashga, unga chek qoʻyishga, uning oqibatlarini kamaytirishga, odam savdosidan jabrlanganlarga yordam koʻrsatishga doir faoliyat hisoblanadi;
B) Odam savdosidan jabrlanganlarga yordam koʻrsatishga doir faoliyat hisoblanadi;
S) Odam savdosining oldini olishga, uni aniqlashga doir faoliyat.
10.Odam savdosiga qarshi kurashish boʻyicha qaysi organlar faoliyat olib boradilar? A)Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi;
B)Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari; S) Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi; Ichki ishlar vazirligi; Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi;Davlat xavfsizlik xizmati; Tashqi ishlar vazirligi; Sogʻliqni saqlash vazirligi; Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari; shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq boshqa davlat va nodavlat tashkilotlar
Javoblar: 1-S, 2-A, 3-B, 4-S, 5-S, 6-B, 7-A, 8-B, 9-A, 10-S