Reja: Kirish I bob. Pandemiyaning iqtisodiyotimizga ta’siri



Yüklə 59,47 Kb.
səhifə1/7
tarix02.06.2023
ölçüsü59,47 Kb.
#124091
  1   2   3   4   5   6   7


Reja:
Kirish
I bob.Pandemiyaning iqtisodiyotimizga ta’siri
1.1.Pandemiya sharoitida mamlakatimiz iqtisodiyotining o’zgarishi
1.2.Koronavirus pandemiyasining kichik biznesga ta’siri
II bob.Pandemiya sharoitida aholining moddiy,ijtimoiy himoyasi
2.1. Koronavirus pandemiyasi davrida ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar
2.2.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Pandemiya sharoiti uchun imzolagan farmonlar va loyihalar

2.3. Karantin sharoitida aholini ijtimoiy himoya qilish va tadbirkorlikni qo’llab quvvatlash to’grisida videoselektr yig’ilishi va amalga oshirilgan ishlar


Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish.
Mavzuning dolzarbligi: 2019 yilning noyabr-dekabr oylarida Xitoy Xalq Respublikasining Uxan shahrida paydo bo‘lgan koronavirus pandemiyasining jahon miqyosida keng tarqalishi global inqirozni vujudga keltirdi. Bu jahon inqirozlaridan turli jihatlari bilan farq qilib, iqtisodiyotga salbiy ta’siri juda kuchliligini ko‘rsatmoqda. Iqtisodiy tilda aytadigan bo‘lsak, bu pandemiya yalpi talab va yalpi taklifga, makroiqtisodiy barqarorlikka tashqi “zarba” bo‘lib, oldingi iqtisodiy inqirozlardan ko‘lami va zarari jihatidan katta farq qiladi. Qisqa vaqt ichida COVID-19’ning global miqyosda keng tarqalishi deyarli barcha davlatlardagi iqtisodiy va ijtimoiy vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shuningdek, virusning ta’sir ko‘lami kengayishda davom etmoqda.
Pandemiya davrida ushbu jarayon maktablardagi va maktabgacha ta'lim tashkilotlaridagi sharoitlar bolalar va o‘smirlar uchun xavfsiz bo‘lishiga qanday erishish mumkin? Bugungi kunda ushbu masala dunyoning ko‘pgina mamlakatlari uchun ustuvor bo‘lib turibdi, va O’zbekiston ham bolalar maktablarga va bolalar bog‘chalariga o‘z salomatliklari uchun xatarsiz qaytishlarini ta’minlash uchun barcha zarur choralarni ko‘rmoqda. Maktablarda va maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalar va o‘smirlar xavfsizligini ta'minlash maqsadida O’zbekiston hukumati tomonidan maktablar va maktabgacha tashkilotlar xavfsiz ochilishi va faoliyat yuritishi bo‘yicha qo‘llanmalar ishlab chiqildi. Ushbu qo‘llanmalarni tadbiq etish maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligi, Maktabgacha ta'lim vazirligi va Xalq ta'limi vazirligi UNICEF bilan birgalikda bolalar va ota-onalar, barcha ta'lim tashkilotlari xodimlari hamda ma'muriy tuzilmalar uchun bir qator axborot-ta'lim materiallarini ham ishlab chiqdilar.Ushbu materiallar COVID -19 to’grisida bilimlarni oshirish, pandemiya sharoitida ta'lim muassasalarida bolalar jam bo‘lgan vaqtda qo‘llar va nafas olish gigienasi, ijtimoiy masofa saqlash qoidalariga rioya qilishning ahamiyati to‘g‘risidagi bilimlarni oshirishga qaratilgan. Shu bilan birga, mazkur materiallarga bolalar bog‘chalarida xavfsiz muhitni tashkil qilish, kichik yoshdagi bolalarni o‘qitish va ular bilan muloqot qilishga oid batafsil yo‘riqnomalar kiritilgan.
Ma'lumot uchun: Bunga qadar O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan:
- 19 martda "Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta'sirini yumshatish bo'yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to'g'risida"gi farmon;
- 26 martda "O'zbekiston Respublikasida koronavirus infektsiyasi keng tarqalishining oldini olishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi:
- "Koronavirus infektsiyasi tarqalishiga qarshi kurashishga jalb qilingan tibbiyot va sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlarini qo'llab-quvvatlashga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi;
- 27 martda "Aholining dori vositalari, tibbiy buyumlar, tibbiy texnika va eng zarur tovarlarga bo'lgan ehtiyojini ta'minlashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarorlar imzolangan.
Bundan tashqari, 26 mart kuni “O'zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga va Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksiga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida”gi qonun qabul qilingan.
Shuningdek, 23 martda Vazirlar Mahkamasining "Koronavirus infektsiyasi tarqalishiga qarshi qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori tasdiqlangan.
O’zbekiston Respublikasi va boshqa xorijiy mamlakatlar matbuotida Covid-19 pandemiyasining turli davlatlar o’rtasidagi iqtisodiy-siyosiy, diplomatik aloqalarga, global iqtisodiyot, turizm va boshqa sohalarga ta’siri to’g’risida turli ilmiy maqolalar va tadqiqotlar bo’yicha ma’lumotlar berib borilmoqda. Bundan tashqari juda ko’plab internet saytlari, axborot agentliklari O’zbekistonning Xitoy Xalq Respublikasi va Koreya Rspublikasi bilan turli sohalardagi aloqalari haqidagi yangiliklarni muntazam yoritib bormoqda. Ammo shu paytgacha Pandemiya davrida O’zbekiston va ushbu hamkor mamlakatlar o’rtasidagi munosabatlarga bag’ishlangan umumlashtiruvchi tadqiqotlar e’lon qilingani yo’q. Shunga qaramasdan mavzu bo’yicha ekspertlar tomonidan bir qancha tadqiqotlar e’lon qilinganligini ta’kidlash joiz. Xususan ekspert Oleg Limanovning “Uzbekistan –China Relations During the Covid-19 Pandemic” analitik maqolasida asosan Pandemiyagacha bo’lgan umumiy sohalardagi hamkorlik tahlil etilgan hamda Pandemiyaning O’zbekiston va Xitoy o’rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarga ta’siri yoritilgan. Bundan tashqari i.f.d., prof. Raximova Dilfuzaning “Koronavirus pandemiyasining global iqtisodiyotga va O’zbekistonning iqtisodiy hamkor mamlakatlariga ta’siri” maqolasida koronavirus pandemiyasigacha bo’lgan davrdagi iqtisodiy rivojlanish va Pandemiyaning O’zbekiston va asosiy hamkor mamlakatlar iqtisodiyotiga salbiy ta’siri tahlil etilgan. Lekin shuni aytish kerakki ushbu maqola ko’proq iqtisodiy ahamiyatga egadir.

Yüklə 59,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin