1.2.Koronavirus pandemiyasi kichik biznesga ta’siri. Madaniyat va sport sohasiga yo‘naltirilgan mablag‘lar miqdori o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 58,6 foizga o‘sgan. Buni quyidagilar bilan izohlash mumkin: O‘zbekiston prezidentining qaroriga asosan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi qoshida 186 ta tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlari tashkil etildi. Shuningdek, Milliy kutubxonaning 2020 yil shtatlar jadvalida 92 ta qo‘shimcha shtat birliklari ajratildi. Bu esa o‘z navbatida, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan xarajatlarni 18,2 mlrd so‘mga oshirgan.Shuningdek, milliy kinematografiyani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi doirasida badiiy film, hujjatli film va multiplikatsion filmni suratga olish, shuningdek, qisqa metrajli va bolalar yumoristik filmlarini suratga olish xarajatlariga joriy yilning I choragida 19,3 mlrd so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 8,9 mlrd so‘mga ko‘pdir.Bundan tashqari, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi xodimlarining gonorar to‘lovlari, radio aloqa, radio eshittirish va televideniya markazi xizmati (SRRT) hamda boshqa amalga oshirilgan xarajatlar hisobiga o‘tgan yilgi raqamlarga nisbatan xarajatlar 24 mlrd so‘mga oshgan.O‘zbekiston Vazirlar mahkamasining qaroriga asosan sport maktablari hamda olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari ayrim xodimlarining bazaviy tarif stavkalari 2020 yil 1 yanvardan o‘rtacha 1,35 baravarga oshirilgan bo‘lib, natijada sport maktablarining ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlari bo‘yicha xarajatlar 2019 yilning I choragiga nisbatan 58,3 mlrd so‘mga oshganligi sabab bo‘lgan.Ijtimoiy nafaqalar, moddiy yordam, kompensatsiya to‘lovlari va aholi bandlik darajasini oshirishga Davlat byudjetidan hisobot davrida 1,668 trln so‘mni yoki o‘tgan yilning mos davrida ajratilgan mablag‘ga nisbatan 293,6 mlrd so‘m ko‘proq mablag‘ ajratildi, o‘sish 21,4 foizni tashkil etdi.
Iqtisodiyotga amalga oshirilgan xarajatlar joriy yilning I choragida 3,158 trln so‘mni tashkil qilib, ushbu xarajatlar jami Davlat byudjetining I chorak xarajatlarining 11,4 foizini tashkil etdi. Iqtisodiyot xarajatlari asosan quyidagi yo‘nalishlarga amalga oshirildi:
suv xo‘jaligi ekspluatatsiyasi xarajatlari — 926,6 mlrd so‘m;
umumiy foydalaniladigan avtomobil yo‘llarni rivojlantirish xarajatlariga — 603,2 mlrd so‘m;
aholi punktlarini obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish xarajatlari — 438,1 mlrd so‘m;
ichimlik suvi va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish xarajatlariga — 180,2 mlrd so‘m;
uy-joy kommunal ishlariga — 166,1 mlrd so‘m;
sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash xarajatlariga — 82,1 mlrd so‘m;
Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish xarajatlariga — 47,7 mlrd so‘m.
Davlat hokimiyati, boshqaruv, adliya, prokuratura va sud organlari ta’minotiga hisobot davrida 1,781 trln so‘m yoki jami Davlat byudjeti xarajatlarining 6,4 foizi yo‘naltirildi Davlat byudjeti ijrosining iqtisodiy tasnif bo‘yicha ijrosini tahlili ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarning jami xarajatlarning ulushi o‘tgan yilning 1 choragidagi 35,2 foizdan hisobot davrida 39 foizga yetganligini ko‘rsatmoqda. Joriy yilning I choragi davomida byudjet tashkilotlarining qariyb 10,8 trln so‘mlik ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlari hamda 2,3 trln so‘mdan ortiq ish haqiga nisbatan ajratmalari o‘z muddatlarida to‘liq moliyalashtirilishi ta’minlandi. Shuningdek, hisobot davrida 1,6 trln so‘mlik kapital qo‘yilmalar va 12,8 trln so‘mlik boshqa xarajatlar moliyalashtirildi.O‘zbekistonda davlat tomonidan amalga oshirilayotgan choralarning samarasi.Ko‘rilgan choralar natijasida O‘zbekistonda Covid-19 virusidan zararlanganlar orasida o‘lim darajasi 0,4% ni tashkil etmoqda. O‘zbekistonda kasallikdan davolanayotganlar ham, kasallikda gumon qilinganlar ham, karantinda saqlanayotganlarning barchasi bepul, davlat byudjeti hisobidan davolanmoqda. 21 apreldan boshlab koronavirus bilan kasallanishlar soni kunlik statistikada tuzalganlar soni kasallanganlar sonidan oshayotganligi qabul qilingan qarorlar va ko‘rilgan choralarning samarali ekanligidan dalolat beradi.Karantin davrida Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi va Jamoat ishlari jamg‘armasi hisobidan, 141 ming 800 nafar ishsiz fuqarolarning bandligi ta’minlanib, ularga 43 milliard 225 million so‘m ish haqi to‘lab berildi. Ta’kidlash joizki, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash – bu yangi ish o‘rinlarini yaratish, bozorda talab va taklifni shakllantirish, pirovardida iqtisodiy o‘sishni ta’minlash uchun katta imkoniyat va zaxira hisoblanadi.O‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun qonuniy faoliyat yuritish uchun qulay va sodda huquqiy tizim yaratish. Jahonda sodir bo‘layotgan bunday vaziyat O‘zbekistonga ham o‘z ta’sirini o‘tkazib turibdi. Joriy yil birinchi choragida mamlakatimizdagi iqtisodiy o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davrga nisbatan 1,6 foizga pasayishi kuzatilgan. Bundan tashqari, investisiyalar o‘zlashtirish hajmi ham sezilarli qisqargan. Bu haqda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan O‘zbekiston iqtisodiyotining joriy holati va kutilayotgan tendensiyalar bo‘yicha ma’lumotida qayd etildi. 2020 yilning ikkinchi choragida esa iqtisodiy o‘sish sur’ati 4,1 foizni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davridagi ko‘rsatkichiga (5,7 foiz) nisbatan 1,6 foiz kamayishi kuzatilgan.Ushbu holatlar mamlakatimizda ham bir qancha muammolarni keltirib chiqarmoqda va mavjud ayrim muammolarni yanada kuchaytirmoqda. Shu sababli davlatimiz tomonidan karantin sharoitida ishlash, ayniqsa, ishsizlik va oziq- ovqat xavfsizligi bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etishga jiddiy e’tibor qartilmoqda.O‘zbekistonda pandemiya sharoitida vujudga kelgan umumiy muammolarni hal qilishning o‘ziga xos yo‘llari ishlab chiqildi. Davlat rahbari va hukumat tomonidan bir qator muhim farmon va qarorlar qabul qilindi. Shu asosida moliya vazirligi huzurida Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi tashkil etildi. Iqtisodiyotda band bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslarga soliq to‘lash muddati kechiktirildi, ayrim subyektlar esa joriy yil oxirigacha soliq to‘lovidan ozod etildi. Tadbirkorlik sub’ektlari va korxonalarga qator imtiyozlar taqdim etildi, ayrim qarzdorliklar kechiktirildi, debitorlik qarzdorlik uchun jarima qo‘llash to‘xtatildi, auditorlik tekshirishlar yil oxirigacha bekor qilindi, koronavirus pandemiyasi tufayli ko‘rilgan talofatlarni kamaytirish bo‘yicha yana boshqa bir qator yengilliklar berildi.Mamlakatimiz YAIMni yaratishda xizmat ko‘rsatish sohasining o‘rni va roli sezilarli darajada bo‘lib, qariyb uning yarmini tashkil qilardi. Hozirgi kunda xizmatlar sohasining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi o‘rtacha 35 foizdan yuqori bo‘lsa-da faoliyati cheklangan xizmat turlarining ushbu ko‘rsatkichdagi ulushi 10 foizni ham tashkil etmaydi. Xizmat ko‘rsatishning pasayishi talabning taklifga nisbatan yuqoriligini ta’minlaydi, bu esa narxlar muvozanatiga ham salbiy ta’sir o‘tkazadi. Iqtisodiy pasayish holatining davomiy bo‘lishi ishsizlik muammosining yanada kuchayishiga olib keladi, uning darajasini oshiradi va aholining to‘lov qobiliyati keskin tushib ketishiga sabab bo‘ladi.