Loyihalar



Yüklə 10,81 Kb.
tarix14.12.2023
ölçüsü10,81 Kb.
#180110
Loyiha-usuli


Loyihalar


Ta’rifi
Loyihalar – bu o`quvchilar tomonidan uzoq vaqt davomida turli mavzularni mustaqil ravishda o`rganish bo`lib, bu jarayon oxirida ular o`z ishlarini taqdim etadilar.
Loyihalar ma’lum bosqichlarga ega. Barcha bosqichlarda eng muhimi – o`quvchiga o`zining ta’lim olishi uchun javob berishga ruxsat etishdan iborat.

O`qituvchi tomonidan belgilanib, sinfga tanlab olish asosida taqdim etilishi mumkin, masalan, “aqliy hujum” yo`li bilan. Masala yoki muammo o`quvchilarda bevosita qiziqish uyg`otadigan bo`lsa, soz bo`ladi. O`quvchilar mavzuni o`rganish jarayonida “adashib” qolmasliklari uchun, masala aniq qo`yilishi lozim.
O`z navbatida, siz loyiha ustida ishlash bo`yicha biron alohida uslubni yoki o`quvchilar o`z ishlarida qo`llashlari mumkin bo`lgan texnik moslamalarni taklif qilishingiz mumkin. Masalan, magnitofon.

  • Rejalashtirish.

O`qituvchilar va o`quvchilar loyiha ustidagi ishlar qachon boshlanishi, qancha vaqt egallashi, qanday resurslar qo`llanilishi, ular qaerdan olinishi, o`quvchilar bitta-bitta bo`libmi yoki guruhlarda ishlaydilarmi, bir xil yoki har xil mavzular bo`yichami – hal qilishlari lozim. Tadqiqotlar o`tkazish tajribasiga ega bo`lmagan o`quvchilarga guruhlarda ishlash osonroq bo`lsa kerak. Ushbu bosqichda loyiha qanday yakunlanishini hal qilish muhim ahamiyatga ega.

  • Material yig`ish, uslublar.

Loyiha ustida ishlash tez vaqtda turli ko`nikmalarni singdiradi. Masalan, sog`lom turmush tarziga tegishli bo`lgan tadqiqotchilik loyihasi mikrohudud yashovchilari oldiga, poliklinikaga tashrif buyurishlar, intervyu, adabiyot o`rganish, fotosuratga olish, statistika ma’lumotlarini yig`ish va materialni tahlil qilish kabi jarayonlarni o`ziga kiritishi mumkin. Ijodiy loyihani bajarish uchun texnik ko`nikmalar va qobiliyatlar, masalan, videokamera bilan ishlash; transparant va plakatlarni tayyorlash uchun - badiiy ko`nikmalar kerak bo`lib qolishi mumkin. O`quvchilardan tadqiqotchilik, ijtimoiy va ijodiy kabi qobiliyatlarning barchasini talab etadigan loyihalar eng yaxshi hisoblanadi. Ushbu bosqichda o`qituvchi savollarga javob berishi yoki maslahat berishi mumkin, lekin o`quvchilar o`z ishlarini bajarish uchun o`zlari javob berishlari kerak.

  • Tadqiqot natijasi.

Bu hisobot, film, ko`rgazma, audiokasseta, ma’ruza, rasm, she’r bo`lishi mumkin. Bajarilgan ish nafaqat o`quvchilar tadqiqotlarining natijasini, balki ularning loyiha ustidagi ishlarining turli bosqichlarini ifodalashi; o`quvchilar o`rganilayotgan mavzuga nisbatan qanday hissiyotlarni boshdan kechirganlarini aks ettirishi maqsadga muvofiq bo`ladi. Misol uchun, o`z shaharlarida alkogolizmga qarshi plakatlar kampaniyasini o`tkazgan o`quvchilar o`zlarining ish ustidagi fotosuratlarini taqdim etishlari va qanday qilib plakatlar dizaynini tanlaganlari va tuzganlari to`g`risida yozishlari mumkin.
Ish sinfga yoki yanada kengroq auditoriyaga taqdim etilishi mumkin. Masalan, sizning tumaningizda atrof-muhitni saqlashga tegishli bo`lgan loyiha mahalliy gazetani qiziqtirib qolishi mumkin yoki munisipal hokimiyat atrof-muhitga yetkazilgan zarar tadqiq etilgan ishlarning natijalari bilan tanishishni istab qolishlari mumkin.
Baholash.
Loyihalar odatda ko`p predmetlarni qamrab olishi sababli, ehtimol, ishlarni bir necha o`qituvchilarga baholashga to`g`ri kelishi mumkin. Loyihada qo`llanilgan turli ko`nikmalar va qobiliyatlar ham baholanishi lozim, bunday baholash faqat akademik bilimlar asosida bajarilishi kerak emas.
Foydalanish doiralari
Tabiiy va aniq fanlarni o`qitishda, topshiriqlar ma’lum o`quv mavzusiga va ma’lum yoshdagi o`quvchilar guruhiga moslashtirilgandan keyin.
Afzalliklari

  • O`quvchilarga alohida predmetlar o`rtasidagi, maktabdagi mashg`ulotlar va tashqi dunyo o`rtasidagi aloqani ko`rishga yordam beradi.

  • O`quvchilarni biron faoliyatni olib borish, o`z vaqtini rejalashtirish va jadval bo`yicha ishlash uchun o`z-o`zini tashkillashtirishga o`rgatadi.

  • O`quvchilarga o`qituvchi boshchiligida ta’lim olish jarayonini boshqarishga imkon beradi.

  • O`quvchilar ham bir-biri bilan, ham maktabdan tashqarida turli odamlar bilan hamkorlik qilishlari uchun imkon yaratadi.

  • O`quvchilarni o`z tadqiqotlarining natijalarini va o`z fikrini ifodalash va omma oldida himoya qilishga o`rgatadi, va bu o`quvchilar huquqlarini targ`ib etishda muhim ko`nikma hisoblanadi.


Yüklə 10,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin