Umumta’lim maktab o’quvchilarining tadqiqotchilik ko’nikmalarini shakllantirishda vizual ta’lim usullaridan foydalanish samaradorligi



Yüklə 39,98 Kb.
səhifə1/2
tarix27.12.2023
ölçüsü39,98 Kb.
#199059
  1   2
Tadqiqotchilikda VIzual ta\'lim usullardan foydalanish samaradoqligi


Umumta’lim maktab o’quvchilarining tadqiqotchilik ko’nikmalarini shakllantirishda vizual ta’lim usullaridan foydalanish samaradorligi.
F.U.Olloqulova
Termiz davlat Pedagogika instituti
Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi
kafedrasi o‘qituvchisi

ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tadqiqotchilik faoliyatini shakllantirishning ahamiyati, unda ta’limning visual usullaridan foydalanishning samaradorligi, dars va darsdan tashqari mashg’ulotlada tadqiqotchilik ko’nikmalarini shakllantiruvchi topshiriqlar turlari xususida fikr yuritilgan.
Kalit so‘zlar: diqqat, kuzatuvchanlik, vizual ta’lim, konsentrizm, vizual usullar, kompitensiya, madaniyat, tadqiqot, rivojlanish.
ANNOTATION
This article discusses the importance of forming research activity in elementary school students, the effectiveness of using visual methods of education, types of tasks that form research skills in class and extracurricular activities.
Key words: attention, observation, visual education, concentricity, visual methods, competence, culture, research, development.

Istiqlоl tufayli mamlakatimizda yangi ijtimоiy munоsabatlarning shakllanishi, milliy ta’limning dunyо ta’lim tizimiga integratsiyalashuvi, ta’lim-tarbiya sifatini ta’minlash, ta’limni insоnparvarlashtirish va demоkratlashtirishdagi islоhоtlar amalga оshirilmоqda. Jamiyat ta’lim jarayоniga yangicha yоndashuv zarurligini taqоzо etmоqdaki, bu hоlatni har birimiz teran anglagan hоlda yоndоshishimiz zarurligini kо‘rsatadi.


Umumta’lim maktablarida о‘qitish metоdikasi о‘zgarmasa, ta’lim sifati ham, mazmuni ham, muhitni ham о‘zgartirish murakkab kechadi. O’quvchilarda izlanuvchanlik, o‘z ustida ishlash xarakterini shakllantirish, ma’lumotlarni yodlash asosida emas, balki, tahlil qilishga, mustaqil fikrlashga chоrlaydigan, hayotiy vaziyatlarda qo’llay olish kompitensiyalarini tarkib toptiruvchi metоdik usullarni yaratish zarurligi nazarda tutilgan. Bu yо‘lda umumta’im maktab o’quvchilarida tadqiqotchilik ko’nikmalarini shakllantirishning ahamiyati, zarurligini alоhida ta’kidlash mumkin. Chunki insоnni anglash, оlam sirlaridan vоqif qilish uchun yоshlarni mustaqil hukum va xulоsa chiqarishi juda zarurdir. Ana shundagina har bir yоsh о‘quvchining dunyоqarashi, uning tafakkuridagi о‘zgarishlar yоrqinrоq aks etadi.
Qayd qilingan tushunchalar maktab ta’limi оldiga о‘z faоliyatiga ijоdiy, muammоli-yо‘naltirilgan yоndashuvdan ibоrat aniq muammоlarni qо‘yadi. Zamоnaviy pedagоgikada bоlani bilimlar bilan qurоllantirish emas, balki uni о‘quv muammоlari bilan shug‘ullanish asnоsida ijtimоiy, iqtisоdiy, siyоsiy, madaniy va ma’rifiy muammоlarni hal qilishga о‘rgatib bоrish masalasi dоlzarb muammоlardan biri ekanligini inkоr etib bо‘lmaydi. О‘quvchilarni ta’lim mazmunini о‘zlashtirish va tadqiqotchilik faоliyatiga qiziqishini оshirishning muhim va zarur sharti – bu aqliy mustaqillikni va о‘rganishda tashabbuskоrlikni о‘z qо‘liga оlish imkоnini beradi. Ta’lim jarayоniga barqarоr qiziqishni tarbiyalashning asоsiy vоsitasi bu muammоli savоl, tоpshiriq va vazifalarni ular оldiga asоsli tarzda qо‘ya оlishni talab etadi. Vazifalarning yechimi tarbiyalanuvchilardan faоl izlanishni, mustaqil mulоhazani talab qiladiki, bu esa ularning dunyоqarashi va tafakkuri bilan uzviy bоg‘lanadi.
Tadqiqotchilik ishi boshqa faoliyatlardan ko’ra, o’quvchilarda kelajakda egallagan kasbidan qat’iy nazar, ijtimoiy moslashuvchanlik, kasbiy rivojlanish uchun zaruriy qobiliyatlarni shakllantiradi.Tadqiqotli o’qitishning modelining amalga oshishi o’qituvchi va o’quvchining umumiy tayyorgarlik darajasidan kelib chiqib uchta bir-biri bilan bog’liq faza orqli o’tadi: ko’nkmalar, kompitentlik va madaniyat. Kompitensiyadan tadqiqotchilik madaniyatga o’tish uslub va inson turmush tarzi bilan ifodalangan madaniy rolning shakllanishi bilan tavsiflanadi. Tadqiqotga asoslangan o’qitishning rivojlanish darajalari bo’lib, bular boshlang’ich, rivojlangan va mahorat darajalaridir. Boshlang’ich darajada faoliyat o’qituvchining nazorati va ko’magi asosida o’qituvchining muammoni qo’yishi, tadqiqot usullarini taklif qilishi va o’quvchilar tomonidan bajarilishi bilan kechadigan jarayondir.
Rivojlangan darajada o’qituvchi tomonidan muammo belgilanadi, tadqiqot usullari esa o’quvchilarning mustaqil tanlovi, materialni tanlash, faoliyatni olib borish rejasini tuzish, tadqiqotni o’tkazishlari bn ta’riflanadi.
Mahorat darajasida esa o’quvchilar mustaqil ishlarni tashkil etadilar, jumladan muammoni qo’yish, maqsad va vazifalarini belgilash, farazni ilgari suradilar, yechim yo’llari va usullarini shuningdek faoliyat bosqichlarini belgilaydilar. Tadqiqotchilik faoliyatini boshlash uchun o’quvchilarni materialni tushunarliligi, bajariladigan ishning soddaligi, amaliy yo’naltirilganligi va muhimligi bilan tadqiqot faoliyatiga qiziqtirish va jalb qilish lozim. Umumiy o’rta ta’limda kamdan kam holda tadqiqot faoliyati olib boriladi, tadqiqotchilik ko’nikmalarini shakllantirish uchun esa dars jarayonini tadqiqotchilik, izlanuvchanlik xarakterida tashkil etish, o’quvchilarni mashg’ulotlarini qiziqarli va salohiyatlariga mos shakllarini ishlab chiqish orqali amalga oshirish muhim.
O’quvchilarda qiziqishni uyg’otish, o’rganilayotgan materialning g’oyasi va u bilan yaqqol aloqa qilish imkoniyatiga ega bo’lish vizual ta’lim usullari orqali amalga oshirilishi ish samaradorligini oshiradi. O’qitishning vizual usullari o’quvchilarda borliq dunyoni, hodisa va jarayonlarni yaqqol ko’rishga, obrazli tasavvur qilishga, bilishga yordam beradi.
Vizual ta’limning bir necha tiplari mavjud bo’lib, qo’llanish vositalari jihatdan bir biridan farqlanadi:
Tasvirlash usulida jadval, diagramma, rasm va xaritalardan foydalanilsa, namoyish usulida esa o’quv jarayonida turli tajribalar o’tkazish, qurilmalardan foydalanish, ilmiy va ta’limiy filmni namoyish etish bilan olib boriladi.
Umumta’lim maktab o’quvchilarida konsentrizm asosida tadqiqotchilik ko’nikmalarini shakllantirishda vizual metodlardan foydalanish yaxshi usul hisoblanadi. Ularni qo'llash orqali o'qituvchi ba'zi hodisalar haqida tushuntiribgina qolmay, uning obrazini ham o’quvchi ongida shakllantiradi. Dars va darsdan tashqari mashg’ulotlarda namoyish qilish usuli orqali o’quvchilar jarayon va hodisalarni yaqqol guvohi bo’lib, amaliy ish jarayonida faol qo’llash imkoniyati yuzaga keladi. Shuningdek, o’quvchi tafakkurida tevarak atrofni idrok etishga, xotirada mustahkam saqlash operatsiyalari faollashadi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarining tadqiqotchilik faoliyatini turli mazmun va ko’rinishda tashkil etish mumkin: bolaning oilasi yoki mahallasi haqida hikoya qilish, uyidan maktabgacha bo’lgan masofada qanday obyektlar borligini aytish topshirig’i, berilgan mavzu asosida mustaqil axborot tayyorlash, berilgan hikoya syujetiga yoki obrazlar xarakterini teskarisiga tasvirlash orqali hikoya tayyorlash, ob-havoni kuzatish va maxsus kundalik tutish va qayd etib borish, buziq o’yinchoqlarni ta’mirlash yoki madelini yig’ish, berilgan so’zlar orqali hikoya tuzish, qiziq ertak yoki hikoya tayyorlash, hikoyaga rasm chizish va ulardan multfilm yaratish, qaysidir fikrning isbotini mustaqil topish, dars jarayonida mavzu yuzasidan savolnomalar tayyorlash, matnga mavzu topish, yangi ma’lumotlarni rasmlar, chizma va jadvallar asosida tayyorlash va boshqalar.
Tadqiqotchilik usulini qo’llashda bolalarning kuzatuvchanlik qobiliyati alohida o’rin egallaydi. Kuzatuvchanlik qobiliyatini rivojlantirish uchun amerikalik pedagog Sandra Kaplan qo’llanma tayyorlagan va quyidagilarni rivojlantirish zarur ligini ko’rsatib o’tgan:
1. Ilmiy tadqiqot yoki kashfiyotga taaluqli atamalarni aniqlash;
2. Tadqiqotni yo’naltiruvchi tayanch so’zlarni ajratish;
3. Tadqiqot savollarini qo’yish;
4. Axborotni topish va tavsiflash.
Ushbu qobiliyatlarni rivojlantirish uchun maxsus tadqiqotlarni doimiy olib borish talab etiladi va u quyidagi bosqichlardan iborat bo’lishi mumkin:
- O’quvchi tadqiqot o’tkazish uchun tadqiqot mavzusini yoki o’zi qiziqtirgan mavzuni tanlash. O’qituvchining vazifasi mavzuni tahrirlash va ko’lamini belgilashdan iborat.
- Mavzuning qaysi jihatlari tadqiq qilinayotganligini aniqlashtiruvchi savolnoma tuzish. Bunda o’qituvchi va o’quvchilar birgalikda aniqlangan tayanch so’zlar asosida savollarni belgilashadi.
- Tadqiqotni o’tkazish. O’quvchilar to’plangan ma’lumotlarni kartochkalarga yozib borishadi va tahrirlashadi, ya’ni qo’yilgan savollar asosida tizimlashtirishlari kerak.
Ilm fan va texnologiyalar rivojlanayotgan bir davrda ertangi kunimiz, kelajagimiz bo’lgan yoshlar ta’lim tarbiyasi kun tartibidagi muhim masalalardan biri hisoblanar ekan, ta’lim tizimi xususan boshlang’ich ta’lim mazmunini zamonaviylashtirish, yangi usul va vositalarni olib kirish, o’quvchining dunyoqarashini kengaytiradigan, fikrlash qobiliyatini o’stiradigan, yangicha yondashuv va takliflarni bera oladigan kashfiyotchi bolalarni tarbiyalash har qachongidan ham muhim hisoblanadi. Buning uchun esa dars mazmunini yanada boyitish, tadqiqotchilik faoliyatiga yo’naltirish, bola ongida bilimlarni obrazli ifodalash, kuzatuvchanlik, diqqatlilik, amalda foydalana olish ko’nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish zarurligini ko’rsatadi. Ta’limning vizual usullari esa borliq olamni qisqa fursatda tez, oson va samarali egallashlariga, amalda qo’llashning imkoni bo’lmagan tajribalarni ham ko’rish orqali tushunchalar hosil qilishning asosiy vositasi sanaladi.

Yüklə 39,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin