Oldiga qarab va o’rtadan nivelirlash usullarida bajariladi. Oldinga qarab



Yüklə 52,29 Kb.
tarix16.05.2023
ölçüsü52,29 Kb.
#114071
12-маруза


12-ma`ruza: Geometrik nivelirlash usuli.


Geometrik nivelirlash.Geometrik nivelirlashda nivelirni o’lchanayotgan nuqtalarga nisbatan o’rnatilishiga ko’ra: ikki usulda – oldiga qarab va o’rtadan nivelirlash usullarida bajariladi.
Oldinga qarab nivelirlashda balandligi NA ma`lum bo’lgan A nuqta ustiga nivelir va NV balandligi aniqlanishi kerak bo’lgan V nuqtaga geodezik reyka o’rnatiladi (3.6- rasm).
3.6-rasm.Oldinga qarab nivelirlash usulining chizmasi
Rasmda: i - asbob balandligi; b-reykadan olingan sanoq

Nivelirni vizirlash nurini gorizontal xolatga keltirilib, asbob balandligi – ί o’lchanadi (A nuqtadan nivelirni okulyar markazigacha bo’lgan masofa) va V nuqtadagi reykadan b sanog’i olinadi. A va V nuqtalar orasidagi orttirma h, asbob balandligi ί dan b sanog’ining ayirmasiga teng :


h = ί – b. (3.3)
Rasmga ko’ra, V nuqtani balandligi esa
HB = HA+h, (3.4)
bo’ladi. İfodaga tenglamadagi h ning qiymati qo’yilsa,
HB = HA+ ί - b , (3.5)
kelib chiqadi.
Bu erda HA+ί – asbobni mutlaq balandligini ko’rsatadi va asbobning sath balandligi deb yuritiladi va HACB ifoda bilan belgilanadi. Asbobning sath balanligi - HACB orqali V nuqtaning balandligi quyidagicha aniqlanadi:
HB = HACB -b . (3.6)
O’rtadan turib nivelirlashda ikki nuqta o’rtasiga nivelir o’rnatiladi (3.5- rasm). Nivelirning nivelirash nuri gorizontal holatga keltirilib, avval A nuqtadagi reykadan a va B nuqtadagi reykadan b sanoqlari olinadi.Nisbiy balandlik h quyidagi ifodadan topiladi:
h = a – b. (3.7)
Wrtadan turib nivelirlashda nivelir qo’yilgan joy – stanciya deyiladi, keyingi nuqta deb unga nisbatan boshqa nuqtaning nisbiy balandligi aniqlanayotgan nuqtaga, oldingi deb nisbiy balandligi aniqlanayotgan nuqtaning sanoqlari qabul q ilingan. Shunga ko’ra:
HB = HA+h, (3.8)
bu erda h = a – b.
(3.8) ifodaga (3.4) tenglamani qo’ysak
HB = HA+ a – b , (3.9)
kelib chiqadi .
3.5.- rasm. O’rtadan turib nivelirlash usulining chizmasi

İkki nuqta balandliklarini farqi (nisbiy balandlik) bitta stanciyada aniqlansa, oddiy nivelirlash yoki bir nechta stanciyalarda, ya`ni nivelir va reykalarini bir necha marta ko’chirishlar orqali bajarilsa murakkab nivelirlash deyiladi.
Trigonometrik nivelirlash. Trigonometrik nivelirlash usulini 3.6- rasmda keltirilgan chizmada ko’rib chiqamiz.


3.6-rasm.Trigonometrik nivelirlash chizmasi
Rasmda : ί – asbobning balandligi; υ – qiyalik burchagi; v - nuqtadagi reykaning balandligi; d- kuzatilayotgan A va V nuqtalar orasidagi gorizontal masofa; D- dal`nomerda o’lchangan masofa

İkki A va V nuqtalar orasidagi nisbiy balandlikni aniqlash uchun D masofani va vertikal burchak ν qiymatlarini o’lchash kerak bo’ladi. Buning uchun A nuqtaga qiya nurga ega bo’lgan, vertikal doirali geodezik asbob o’rnatilib, V nuqtaga geodezik reyka qo’yiladi. D masofa AV oralig’i bo’yicha bevosita yoki vositali (masalan, dal`nomer) uskuna yordamida, ν vertikal burchak teodolit bilan o’lchanadi. Buning uchun avval asbob balandligi i, aniqlanib okulyarni to’rlarini markazi V nuqtadagi reykaga, avvaldan belgilab qo’yilgan asbob balandligiga vizirlanib, vertikal doiradan ν qiyalik burchagi o’lchanadi.


Asbob balandligi belgilangan nuqtaga qarab ν o’lchash mumkin bo’lmagan xolatlarda, vizirlash to’rining markazi V nuqtadan reyka balandligi L qarab qiyalik burchagi topiladi. Bu holda nisbiy balandlik h quyidagi trigonometrik tenglamadan hisoblanadi:
h = d tg ν –ί– L + f, (3.10)
bu erda d – nivelirlanayotgan nuqtalar orasidagi masofa; d=Dcos 2 ν; ί- asbob balandligi; L- reyka balandligi; f –er egriligi bilan asbobning refrakciya uchun kiritilgan tuzatma f=0.42d2/R. Erning egriligi va refakciya uchun kiritilgan tuzatma masofalar 450 m dan ortiq bo’lganda kiritiladi.
Yüklə 52,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin