Mavzu : § Sonlarni bir sanoq sistemasidan boshqa sanoq sistemasiga o’tkazish.
Darsning maqsadi: -Turli sanoq sistemasidagi sonlarni o’n asosli sanoq sistemasiqa o’tkazishni o’rganish. -O’nlik sanoq sistemasidagi sonlarni boshqa sanoq sistemasiga o’tkazishni o’rganish. -Ikkilik sanoq sistemasidagi sonlarni sakkizlik sanoq sistemasiga va aksincha ,sakkizlik sanoq sistemasidagi sonlarni ikkilik sanoq sistemasida triadalar yordamida o’tkazish usullarini tushuntirish. Asosiy tushunchalar: Sanoq sistemalar, Ikkilik sanoq sistemasi, sakkizlik sanoq sistemasi,o’n oltilik sanoq sistemasi,triada,tetrada, Sonlarni bir sanoq sistemasidan sistemasiqan boshqa sanoq sistemasiga o’tkazish.
Mavzuni boshlashga hozirlik: Informatika va hisoblash texnikasi darsligi.Mavjud elektron darslik.Kompyuter. Shakli guruh bo’lib ishlash. Metodi ya’ni uslubi: interfaol va yozma ,ma’ruza 1.Tashkiliy qism Davomat ,sinf jurnalini toldirish ,ko’rgazmali qurollar va jihozlarni darsga tayyorlash. 2.Uy vazifani tekshirish va baholash 3 Yangi mavzuni yoritish
Aqliy hujum metodida O’quvchilar fikrini jamlash va mustahkamlash uchun savollar: 1 .Birinchi kompyter qachon va qayerda ishlab chiqarilgan? 2.Hozirgi zamon kompyuteri qurilmasiga asos solgan olim kim? 3. Elektron hisoblash mashinasi bilan kompyuterning farqi nimada? 4.Operatsion sistema nima? 5. WINDOWS sozining ma’nosi nima? 6.Dastlabki hisoblash vositasi nima bo’gan? 7.Siz hayotingizda qo’llanib kelayotgan sanoq sistema qaysi sanoq sistemaga kiradi?