2-Ma`ruza. Mavzu: Interfaol ta`lim texnologiyalari Reja:
Interfaol ta`lim texnologiyalarining didaktik mohiyati.
Interfaol ta`lim metodlari va ulardan foydalanish tartibi.
Tayanch tushunchalar: interfaol, interfaollik, interfaol ta`lim interfaol ta`limga xos belgilar, interfaol ta`lim tamoyillari, interfaol ta`lim texnologiyalari (TT), interfaol metodlar, strategiya, grafik organayzer.
Interfaol ta`lim texnologiyalarining didaktik mohiyati.
Zamonaviy sharoitda ta`lim samaradorligini oshirishning eng maqbul yo`li-bu mashg`ulotlarning interfaol metodlar yordamida tashkil etish deb hisoblanmoqda. Interfaol metodlarning o`zi nima? Ular qanday didaktik imkoniyatlarga ega? Ta`lim jarayonida interfaol metodlarning o`rinli, maqsadga muvofiq qo`llanilishi qanday samaralarni kafolatlaydi? Quyidagi ana shu kabi savollarga qisqacha javob topiladi.
Interfaol ta`lim (ingl. “interact”, rus. “interaktiv”; “inter” – o`zaro, “act” - harakat qilmoq) - talabalarning bilim, ko`nikma, malaka va muayyan axloqiy sifatlarni o`zlashtirish yo`lidagi o`zaro harakatini tashkil etishga asoslanuvchi ta`limdir.
Mohiyatiga ko`ra interfaollik talabalarning bilim, ko`nikma, malaka va muayyan axloqiy sifatlarni o`zlashtirish yo`lida birgalikda, o`zaro hamkorlikka asoslangan harakatni tashkil etish layoqatiga egaliklarini anglatadi. Mantiqiy nuqtai nazardan esa interfaollik, eng avvalo, ijtimoiy sub`ektlarning suhbat (dialog), o`zaro hamkorlikka asoslangan harakat, faoliyatni olib borishlarini ifodalaydi.
Ta`lim sohasida faoliyat yuritayotgan har bir mutaxassis yaxshi biladiki, an`anaviy ta`lim ham suhbat (dialog)ga asoslangan va bu suhbat quyidagi o`zaro munosabat shakllarida tashkil etiladi:
O`qituvchi -
An`anaviy
O`qituvchi -
Talaba
ta`limdagi suhbat
talabalar guruhi
ishtirokchilari
(jamoasi)
An`anaviy ta`limga asoslangan suhbat
Interfaol ta`lim o`qitish jarayonining asosiy ishtirokchilari – o`qituvchi, talaba va talabalar guruhi o`rtasida yuzaga keladigan hamkorlik, qizg`in baxs-munozalar, o`zaro fikr almashish imkoniyatiga egalik asosida tashkil etiladi, ularda erkin fikrlash, shaxsiy qarashlarini ikkilanmay bayon etish, muammoli vaziyatlarda yechimlarni birgalikda izlash, o`quv materiallarini o`zlashtirishda talabalarning o`zaro yaqinliklarini yuzaga keltirish, o`qituvchi - talaba - talabalar guruhi”ning o`zaro bir-birlarini xurmat qilishlari, tushunishlari va qo`llab-quvvatlashlari, samimiy munosabatda bo`lishlari, ruhiy birlikka erishishlari kabilar bilan tavsiflanadi.
Interfaol TT mohiyatiga ko`ra suhbatning “talaba - axborot-kommunikatsion texnologiyalar” shaklida tashkil etilishi talabalar tomonidan mustaqil ravishda yoki o`qituvchi rahbarligida axborot texnologiyalari yordamida bilim, ko`nikma, malakalarning o`zlashtirilishini anglatadi.
O`qituvchi interfaol ta`lim yordamida talabalarning qobiliyatlarini rivojlantirish, mustaqillik, o`z-o`zini nazorat, o`z-o`zini boshqarish, samarali suhbat olib borish, tengdoshlari bilan ishlash, ularning fikrlarini tinglash va tushunish, mustaqil, ijodiy, tanqidiy fikrlash, muqobil takliflarni ilgari surish, fikr-muloxazalarini erkin bayon qilish, o`z nuqtai nazarlarini himoya qilish, muammoning yechimini topishga intilish, murakkab vaziyatlardan chiqa olish kabi sifatlarni shakllantirishga muvaffaq bo`ladi. Eng muhimi, interfaol TTni qo`llash orqali o`qituvchi talabalarning aniq ta`limiy maqsadga erishish yo`lida o`zaro hamkorlikka asoslangan harakatlarini tashkil etish, yo`naltirish, boshqarish, nazorat va tahlil qilish orqali xolis baholash imkoniyatini qo`lga kiritadi.
O`quv jarayonining interfaol TTga asoslanishi bir qarashda nihoyatda oddiy, sodda, xatto “bolalar uyini” kabi taassurot uyg`otadi. Biroq, bunda o`qituvchining ma`lum darajada quyidagi omillarga ega bo`lishi talab qilinadi:
Asosiy omillar
Ish tajribasi Metodik malaka
Tayanch pedagogik-psixologik bilimlar
Tashkilotchilik qobiliyati
Talaba va talabalar guruhining o`zaro hamkorlikka erisha olishi.
Ta`lim jarayonida demokratik g`oyalarning ustuvor o`rin tutishi.
Axborotlarni taqdim etishda xilma-xil metod, vositalarning samarali, o`rinli, maqsadga muvofiq va o`zaro moslikda qo`llashga erishish.
Interfaol ta`lim samaradorligini ta`minlovchi asosiy omillar
Odatda interfaol TTga asoslangan ta`limiy harakatlar quyidagi shakllarda tashkil etiladi:
-individual;
-juftlik;
-guruh;
-jamoa bilan ishlash.
Interfaol TTni qo`llash jarayonida talabalar quyidagi imkoniyatlarga ega bo`ladi:
-guruh yoki jamoa bilan hamkorlikda ishlash;
-tengdoshlari orasida o`z g`oyalarini erkin bayon qilish, bilimlarini hech qanday ruhiy to`siqlarsiz namoyish etish;
-muammoni hal qilishga ijodiy yondashish;
-guruh yoki jamoadoshlari bilan ruxiy yaqinlikka erishish;
-o`z ichki imkoniyat va qobiliyatlarini to`liq namoyon qila olish;
-fikrlash, fikrlarni umumlashtirish va ular orasidan eng muhimlarini saralash;
-o`z faoliyatini nazorat qilish va mustaqil baholash;
-o`z imkoniyatlari va kuchiga ishonch hosil qilish;
-turli vaziyatlarda harakatlanish va murakkab vaziyatlardan chiqa olish ko`nikmalarini o`zlashtirish.
Interfaol ta`lim muayyan belgilarga ega. Quyidagilar interfaol ta`limga xos asosiy belgilar sanaladi:
Interfaol ta`limning asosiy belgilari
Refleksiya (lot. “reflexio” - ortga qaytish, aks etish) kishining o`z xatti-harakatlari, ularning asoslarini tushunib yetishi, faxmlashiga qaratilgan nazariy faoliyati; bilishning aloxida faoliyati; shaxsiy kechinmalari, his-tuyg`ulari va uy- hayollari mohiyatini fikrlash orqali anglash).
Barcha ta`lim turlari kabi interfaol ta`lim ham ustuvor tamoyillarga ega. Ular:
Mashg`ulot - ma`ruza emas, balki jamoaning umumiy ishi.
Guruhning tajribasi pedagogning tajribasidan ko`p.
Talabalar yosh, ijtimoiy mavqe va tajribaga ko`ra o`zaro teng.
Har bir talaba o`rganilayotgan muammo yuzasidan o`z fikrini aytish huquqiga ega.
Mashg`ulotda talaba shaxsi tanqid qilinmaydi (fikr tanqid qilinishi mumkin).
Bildirilgan g`oyalar talabalarning faoliyatini boshqarmaydi, balki fikrlash uchun axborot (ma`lumot) bo`lib xizmat qiladi.
talabalarda bilimlarni o`zlashtirishga bo`lgan qiziqishni uyg`otadi;
ta`lim jarayonining har bir ishtirokchisini rag`batlantiradi;
har bir talabaning ruxiyatiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi;
o`quv materialining samarali o`zlashtirilishi uchun qulay sharoit yaratadi;
talabalarga ko`p tomonlama ta`sir ko`rsatadi;
talabalarda o`rganilayotgan mavzular bo`yicha fikr hamda munosabatni uyg`otadi;
talabalarda hayotiy zarur ko`nikma, malakalarni shakllantiradi;
talabalarning xulq-atvorini ijobiy tomonga o`zgartirilishini ta`minlaydi.
Ta`limni tashkil etishga interfaol yondoshuvni qaror topshirish uchun pedagoglar bir qator shartlarga rioya eta olishlari zarur.
Interfaol ta`limning asosiy shakllari
Bugungi kunda interfaol ta`limni tashkil etishda quyidagi eng ommaviy texnologiyalar qo`llanilmoqda:
1.Interfaol metodlar: “Keys-stadi” (yoki “O`quv keyslari”), “Blits-so`rov”, “Modellashtirish”, “Ijodiy ish”, “Munosabat”, “Reja”, “Suhbat” va b.
2.Strategiyalar: “Aqliy xujum”, “Bumerang”, “Galereya”, “Zig-zag”, “Zinama-zina”, “Muzyorar”, “Rotatsiya”, “T-jadval”, “Yumaloqlangan qor” va xk.
3.Grafik organayzerlar: “Baliq skeleti”, “BBB”, “Konseptual jadval”, “Venn diagrammasi”, “Insert”, “Klaster”, “Nima uchun?”, “Qanday?” va b.
Interfaol ta`lim metodlari va ulardan foydalanish tartibi. Ayni o`rinda bir guruh, interfaol ta`lim metodlari va ularni ta`lim amaliyotida qo`llash tartibi to`g`risida so`z yuritiladi.
“Aqliy xujum” strategiyasi talabalarni mavzu xususida keng va har tomonlama fikr yuritish, o`z tasavvurlari, g`oyalaridan ijobiy foydalanishga doir ko`nikma, malakalarni hosil qilishga rag`batlantiradi. U yordamida tashkil etilgan mashg`ulotlarda ixtiyoriy muammolar yuzasidan bir necha orginal (o`ziga xos) yechimlarni topish imkoniyati tug`iladi. Strategiya mavzu doirasida ma`lum qarashlarni aniqlash, ularga muqobil g`oyalarni tanlash uchun sharoit yaratadi. Talabalarning o`zlarini erkin xis etishlariga sharoit yaratib berish, g`oyalarni yozish borish uchun yozuv taxtasi yoki qog`ozlarni tayyorlab qo`yish. Muammo (yoki mavzu)ni aniqlash. Mashg`ulot jarayonida amal qilinadigan shartlarni belgilash. Bildirilayotgan g`oyalarni ularning mualliflari tomonidan asoslanishiga erishish va ularni yozib olish, qog`ozlar g`oya (yoki fikr)lar bilan to`lgandan so`ng yozuv taxtasiga osib quyish.
Bildirilgan fikr, g`oyalarning turlicha va ko`p miqdorda bo`lishiga e`tibor qaratish
Talabaning boshqalar bildirgan fikrlarni yodda saqlashi, ularga tayanib yangi fikrlarni bildirishi va ular asosida muayyan xulosalarga kelishiga erishish. (bildirilayotgan har qanday g`oya baholanmaydi)
Talabalar tomonidan mustaqil fikr yuritilishi, shaxsiy fikrlarning ilgari surilishi uchun qulay muhit yaratish.
Ilgari surilgan g`oyalarni yanada boyitish asosida talabalarni quvvatlash.
Boshqalar tomonidan bildirilgan fikr (g`oya)lar ustidan kulish, kinoyali sharxlarning bildirilishiga yo`l qo`ymaslik.
Yangi g`oyalarni bildirish davom etayotgan ekan, muammoning yagona to`g`ri yechimini e`lon qilishga shoshilmaslik.
Talabalarni muammo doirasida keng fikr yuritishga undash, ular tomonidan mantiqiy fikrlarning bildirilishiga erishish.
Har bir talaba tomonidan bildirilayotgan fikrlar rag`batlantirilib boriladi, bildirilgan fikrlar orasidan eng maqbullari tanlab olinadi; fikrlarning rag`batlantirilishi navbatdagi yangi fikrlarning tug`ilishiga olib keladi.
Har bir talaba o`zining shaxsiy fikrlariga asoslanishi va ularni o`zgartirishi mumkin; avval bildirilgan fikrlarni umumlashtirish, turkumlashtirish yoki ularni o`zgartirish ilmiy asoslangan fikrlarning shakllanishiga zamin hozirlaydi.
Mashg`ulotda talabalar faoliyatini standart talablar asosida nazorat qilish, ular tomonidan bildiriladigan fikrlarni baholashga yo`l qo`yilmaydi (zero, fikrlar baholanib borilsa, talabalar diqqatlarini shaxsiy fikrlarni himoya qilishga qaratadi, oqibatda yangi fikrlar ilgari surilmaydi; metodni qo`llashdan ko`zlangan asosiy maqsad talabalarni muammo bo`yicha keng fikr yuritishga undash ekanligini yodda tutib, ularni baholab borishdan voz kechishdir)
“Balik skeleti” grafik organayzeri (GO) talabalarda mavzu yuzasidan muayyan masala mohiyatini tasvirlash va yechish qobiliyatini shakllantiradi. Uni qo`llashda talabalarda mantiqiy fikrlash, mavzu mohiyatini yorituvchi tayanch tushuncha, ma`lumotlarni muayyan tizimga keltirish, ularni tahlil qilish ko`nikmalari rivojlanadi. Undan foydalanish qo`yidagicha amalga oshiriladi:
o`qituvchi o`quvchi (talaba)larni GOni qo`llash sharti bilan tanishtiradi;
o`quvchi (talaba)lar kichik guruhlarga biriktiriladi;
guruhlar topshiriqlarni bajaradi;
guruhlar o`z yechimlarini jamoaga taqdim etadi;
jamoa guruhlarning yechimlari yuzasidan muhokama uyushtiradi.
v J
“Bilaman, bilishni xoxlayman, bilib oldim” (BBB)
GO talabalarga muayyan mavzular bo`yicha bilimlari darajasini baholay olish imkonini beradi. Uni qo`llashda talabalar guruh, yoki jamoada ishlashlari mumkin. Guruhda ishlashda mashg`ulot yakunida guruhlar tomonidan bajarilgan ishlar tahlil qilinadi. Guruhlar faoliyati quyidagi ko`rinishda tashkil etilishi mumkin:
Har bir guruh umumiy sxema asosida o`qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajaradi; mashg`ulot yakunida loyiha bandlari bo`yicha guruhlarning munosabatlari umumlashtiriladi.
Guruhlar umumiy sxemaning aloxida bandlari bo`yicha o`qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarib, g`oyalarni umumlashtiradi.
O`quv faoliyati bevosita yozuv taxtasi yoki ish qog`ozida o`z aksini topgan qo`yidagi sxema asosida tashkil etiladi: