Iqtisodiyot” fanidan kurs ishini bajarish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar. Kurs



Yüklə 40,25 Kb.
tarix10.05.2023
ölçüsü40,25 Kb.
#110765
Iqtisodiyot” fanidan kurs ishini bajarish bo‘yicha ko‘rsatma va


Iqtisodiyot” fanidan kurs ishini bajarish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar.




Kurs ishini bajarishdan maqsad - kurs ishi ustida ishlash davomida talaba “Iqtisodiyot” fanidan olgan nazariy bilimlarini mustaqil ravishda kengaytirish va chuqurlashtirishga erishadi, maxsus adabiyotlardan olingan, iqtisodiyot, moliya, bank, soliq va agrar sohadagi ma’lumotlar, hisobotlari materiallarini hamda ilmiy tezis va maqolalarni o‘rganish asosida to‘plangan, shuningdek, Internet resurs manbalaridan olingan ma’lumotlarni qayta ishlash, umumlashtirish, tahlil qilish va muayyan bir tizimga keltirish bo‘yicha dastlabki bilim va ko‘nikmalarni hosil qiladi.


Kurs ishi  uchun tavsiya etiladigan mavzular:


1. “Iqtisodiyot nazariyasi”ning fan sifatida shakllanishida turli xil oqimlarning roli
2. “Iqtisodiyot nazariyasi” fanining hozirgi zamon tadqiqot uslublari
3. Mikro va makroiqtisodiy tahlilning xususiyatlari
4. Ishlab chiqarish omillari, ularning o‘zaro ta’siri va rivojlanishi
5. Hozirgi zamon iqtisodiy tafakkurining shakllanishida “Iqtisodiyot nazariyasi” fanining ahamiyati
6. Ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi va iqtisodiy integratsiyaning hozirgi zamon tamoyillari
7. Asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar va ularni tahlil qilish xususiyatlari
8. Milliy hisoblar tizimi va O‘zbekistonda unga o‘tishning vazifalari
9. Bozor iqtisodiyotida taqsimot munosabatlarining mohiyati va vazifalari
10. Yalpi milliy mahsulot va O‘zbekistonda uni ko‘paytirish muammolari
12. Nominal va real milliy mahsulot, ularning nisbati va o‘zgarish sur’atlari
13. Inflyatsiya, uning iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlari
14. O‘zbekistonda ishlab chiqarish tarkibini qayta qurish jarayonida iqtisodiy barqarorlikni tahminlash muammolari
15. Iqtisodiy o‘sish, uning turlari va hisoblash usullari
16. Milliy boylik, uning tarkibi va ko‘paytirish omillari
17. Ishlab chiqarishning tsiklli xarakteri va iqtisodiy inqirozlarning ob’ektiv asoslari
18. O‘zbekistonda inqirozli jarayonlarning namoyon bo‘lish xususiyatlari va uni bartaraf etish yo‘llari
19. Iqtisodiy tsikl va uning turli xil nazariyalari
20. Iqtisodiy o‘sish haqidagi nazariyalar
21. Iqtisodiy o‘sishda uning omillarining roli va samaradorligi muammolari
22. Iqtisodiy tizimda inson omilining roli
23. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida davlat byudjeti daromadlarining shakllanish va xarajatlarining taqsimlanish xususiyatlari
24. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning milliy kontseptsiyasi isloxatlar strategiyasi
25. Bozor iqtisodiyotida mulkchilik munosabatlarining iqtisodiy 
mazmuni. 
26.Mulkchilik shakllarining -xilmaxilligi raqobatchilik muhitini vujudga keltirinshining ob’ektiv asosi. 
27. Xo‘jalik yuritish shakllari
mulkni ro‘yobga chiqarish vositasi sifatida. 
28. Sotsial-iqtisodiy ehtiyojlar, ularning tarkibi va qondirshi usullari. 
29. Xususiy mulkning mohiyati va uni rivojlantirish muammolari. 
30. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning asosiy 
shakllari va usullari. 
31. Iqtisodiy tizim modellari va ularning rivojlanishi. 
32.O‘zbekistonda milliy pul-so‘mning qadrini oshirish va barqarorligini 
ta’minlash muammolari. 
33.Agrar munosabatlar va ularni bozor tizimidagi xususiyatlari. 
34.Bozor iqtisodiyoti uning vujudga kelishi va rivojlanishi shart-sharoitlari. 
35.Tovarlar nafliligi va ayirboshlash qiymatining mazmuni hamda 
ularning narx tashkil topishdagi ahamiyati 
36.Pulning mohiyati va uning asosiy vazifalari 
37.Pul haqidagi turli xil nazariyalar va hozirgi zamon pulining tabiati. 
38.Bozor mexanizmi va uning tarkibiy qismlarining iqtisodiy nazariy 
tavsifi. 
39.Bozor iqtisodiyotida iqtisodiy muassasalar va davlatning roli. 
40.Tovarning nafliligi va qadr-qiymat to‘g‘risidagi nazariyalar. 
41.Bozorning iqtisodiy munosabatlaridagi o‘rni va ahamiyati. 
42.O‘zbekistonda milliy bozorni shakllantirish muammolari. 
43.Bozor infratuzilmasi, uning asosiy sohalari va unsurlari. 
44.O‘zbekistonda antimonopol qonunchilik va raqobat muhitining 
yaratilishi. 
45.Yalpi talab, uning tarkibi va unga ta’sir qiluvchi omillar. 
46.Yalpi taklif, uning tarkibi va unga ta’sir qiluvchi omillar. 
47.Aralash iqtisodiyotni shakllantirish Uzbekistonning kelajakdagi vazifasi. 
48.Xufiyona iqtisodiyot, uning o‘lchamlari va namoyon bo‘lish shakllari. 
49.O‘zbekistonda yerga yagona soliq solish nazariyasi va uning ro‘yobga chiqarish amaliyoti. 
50.O‘z6ekistonda fermer va dehqon xo‘jaliklarini rivojlantirish vazifalari va istiqbollari. 
51.Talab va uning o‘zgaruvchanligi. 
52.Taklif va uning o‘zgaruvchanligi. 
53.Iqtisodiy resurslarga talab va taklifning xususiyatlari. 
54.Narxning tashkil topish mexanizmi. 
55. Ishlab chiqarish xarajatlari va foydasining tashkil topish xususiyatlari. 
56.O‘zbekiston bozor iqtisodiyotiga o‘tishda ijtimoiy siyosatining asosiy 
yo‘nalishlari. 
57.Keyingi xarajatlarning o‘sib borishi va foydaning kamayishi 
qonunlarining amal qilish mexanizmi. 
58.Ishchi kuchi bozori: mazmuni, tuzilishi va modellari. 
59.Ishsizlik, uning turlari va O‘zbekistonda bandlik muammolari. 
60.O‘zbekistonda ishchi kuchi bozorini shakllantirish va tartibga solish 
muammolari. 
61.O‘zbekistonda to‘liq va samarali bandlik muammosi. 
62.Moliya bozori va uning moliyaviy resurslarni shakllantirishdagi 
ahamiyati. 
63.Pul tizimi evalyutsiyasi va uning turlari. 
64.Bozor iqtisodiyotiga o‘tishda davlatning moliyaviy siyosati. 
65.Moliya munosabatlarining mohiyati, vazifalari va iqtisodiyotni 
tartibga solishdagi roli. 
66.Soliqlar va ularning bozor iqtisodiyotidagi vazifalari. 
67.Banklar, ularning turlari va kredit tizimidagi roli. 
68.Kredit va uning hozirgi zamon shakllari. 
69.O‘zbekistonda bank tizimini takomillashtirish vazifalari va asosiy 
yo‘nalishlari. 
70.Iqtisodiyotni tartibga solishning maqsadi, vazifalari va usullari. 
71.Iqtisodiyotni tartibga solishning turli xil nazariyalari va hozirgi 
zamon usullari.
72.O‘zbekiston bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida davlatning ijtimoiy 
siyosati. 
73.Davlatning pul-kredit siyosati, uning dastaklari va amalga oshirish 
vositalari. 
74.Agrobiznes, yninr turlari va rivojlantirish muammolari. 
75.Korxonalarning bozor tizimidagi o‘rni va iqtisodiy faoliyatining 
xususiyatlari. 
76.Tadbirkorlik kapitalining aylanishi va samaradorligi muammolari. 
77.Iqtisodiy xarajatlar, uning tarkibi va turlari. 
78.Korxona (firma) foydasi, uning taqsimlanishi va ishlatilishi. 
79.Tadbirkorlik faoliyati, uning turlari va asosiy belgilari. 
80.Marketing, uning vazifasi, qoidalari va bozor tizimidagi o‘rni.
81.Iste’molning iqtisodiy mazmuni va omillari. 
82.Axoli daromadlari, uning turlari va shakllanish manbalari. 
83.O‘zbekistonda iqtisodiy islohatlarni amalga oshirishda tashqi iqtisodiy 
faoliyatni erkinlashtirishning ahamiyati. 
84.O‘zbekistonda aholini ijtimoiy himoyalash tizimi va davlatning 
ijtimoiy siyosati. 
85.Investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni, uning manbalari va omillari. 
86.Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning mohiyati, uning turlari va ob’ektiv 
asoslari. 
87.O‘zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalarning rivojlantirishning ustuvor 
yo‘nalishlari. 
88.O‘zbekistoi Respublikasining Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar bilan 
hamkorligining hozirgi darajasi va istiqbollari.
89.Xalqaro savdo, uning turlari va tartibga solish mexanizmi. 
90.Xalqaro valyuta tizimlari va ularning o‘zgarishi. 
91.Xalqaro kredit va uning milliy iqtisodiyotni rivojlantirishdagi roli. 
92.Nominal va real ish haqi hamda ularning darajasini belgilovchi omillar. 
93.Jahon xo‘jaligining tashkil topishi va uning rivojlanish bosqichlari. 
94.Bozor iqtisodiyotida ijtimoiy fondlar, ularning turlari va manbalari. 
95.O‘zbekistonning Jahon bozoriga kirib borish muammolari. 
96.Pul taklifi va pulga bo‘lgan talab hamda ularni belgilovchi omillar. 
97.Jahon bozorida narxni tashkil topishining o‘ziga xos xususiyatlari. 
98.Bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnat munosabatlari va uni tartibga 
solishda mehnat shartnomalariniig roli. 
99.Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakllanishida turli xil 
oqimlarning roli. 
100.Iqtisodiyot nazariyasi fanining hozirgi zamon tadqiqot uslublari. 
101.Makroiqtisodiy muvozanatlik, bozor iqtisodiyoti sharoitida unga 
erishish usullari. 
102.Milliy ishlab chiqarish muvozanatli hajmini aniqlashning turli xil 
usullari. 
103.Daromadlar tengsizligi, uning omillari va darajasi. 
104.Bank operatsiyalari va bank foydasining hosil bo‘lishi. 
105.Sug‘urta va uning bozor iqtisodiyotidagi o‘rni, hozirgi holati. 
106.Tarkibiy inqirozlar va ularning xususiyatlari. 
107.Iqtisodiy mutanosiblikka erishish orqali milliy iqtisodiyotni muvozanatli
rivojlantirish masalalari. 
108.Bozor iqtisodiyoti sharoitida iste'molchi manfaatlarini himoya qilish 
usullari. 
109.Ixtisoslashgan moliya-kredit muassasalari. 
110.O‘zbekistonda aholi pul daromadlari va uning shakllanish manbalari. 
111.O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi, eksport va importdagi 
ozgarishlar 
112.To‘lov balansi va tashqi qarz muammolari. 
113.Jahon moliyaviy inqirozi sabablari va oqibatlari. 
114. Qadimgi Sharq va G‘arb xalqlaridagi iqtisodiy g‘oyalarning iqtisodiy rivojlanishga ta’siri.
115. Temur va temuriylar davridagi iqtisodiy siyosatning hozirgi davr uchun ahamiyati.
116. Merkantilizm va proteksionizm siyosatining ayrim mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishga ta’siri.
117.A.Navoiyning ilmiy meroslari.
118. Boburning ilmiy qarashlari.
119. Arab mamlakatlaridagi feodalizmning iqtisodiy g‘oyalari: Ibn
Xoldun qarashlari.
120. Yevropada merkantilizm va klassik iqtisodiy maktabning vujudga kelishi.
121. Fiziokratlar maktabi. F.Kenening iqtisodiy jadvali.
122. V.Petti Angliya klassik iqtisodiy ta’limotning dastlabki vakili.
123. A.Smit va D.Rikardoning klassik iqtisodiy maktabi.
124. Fransuz klassik maktabi. F.Buagelber va F.Kenelarning iqtisodiy nazariyalari.
125. S.Sismondining iqtisodiy qarashlari.
126. P.M.Prudonning iqtisodiy ta’limoti.
127. R.Maltusning aholi nufusi nazariyasi va zamonaviy maltus ta’limoti.
128. Amerikada iqtisodiy g‘oyalarning vujudga kelishi (XVIII-XIX asr).
129. Germaniyada iqtisodiy kontseptsiyalarning shakllanishi. F.Listning
tarixiy maktabi va uning iqtisodiy qarashlari.
130. Marks iqtisodiy g‘oyalari vujudga kelishining ijtimoiy- iqtisodiy shart-sharoitlari, uning mohiyati, tarixiy taqdiri.
131. Germaniyada «Yangi tarixiy maktab» va uning iqtisodiy mazmuni.
132. Avstriya maktabi, uning nazariyalari va uslublarining shart- sharoitlari.
133. Kembrij maktabi. A.Marshallning talab va taklif nazariyalari.
134. Neoklassik maktab va neoliberalizmning evolyutsiyasi.
135. J.M.Keyns ta’limoti.
136. Prezident Sh.Mirziyoyev tomonidan ishlab chiqilgan “Harakatlar strategiyasi”, uning asosiy yo‘nalishlari va vazifalari.

Kurs ishi ustida ishlash davomida talaba o‘quv jarayonida olgan nazariy bilimlari va mustaqil tadqiqot natijalarini yozma ravishda bayon qilish uslubi, kel­tirilgan fikrlarning aniqligi, materiallarning joylashish ketma-ketligi, rasmiylashtirishga qo‘yiladigan umumqabul qilingan talablarni hisobga olgan holda bayon qilish tajribasiga ega bo‘lishi juda muhimdir. Bo‘lajak iqtisodchi-muta­xassis o‘z fikrlarini aniq va ravon bayon qila olishi, kiritayotgan takliflarini ilmiy va nazariy jihatdan asoslay bilishi, iqtisodiy terminlarni o‘z o‘rnida to‘g‘ri ishlata bilishi, kerakli ma’lumotlarni to‘play olishi va qayta ishlay olishi, ularni atroflicha tahlil qilish va umumlashtirish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.


Kurs ishi talaba tomonidan mustaqil ravishda bajariladi va ma’lum ma’noda, ilmiy izlanish olib borishning kichik bir shaklidir. Ayrim iqtidorli talabalar kurs ishini bajarish jarayonida birmuncha chuqur va keng qamrovli ilmiy izlanishlar olib boradilar, ularning mustaqil ravishda bajargan kurs ishlari talabalar ilmiy to‘garaklarida, ilmiy konferentsiyalarda va tanlovlarda ilmiy ma’ruza qilish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Kurs ishida tavsiya etilgan adabiyotlarni, ayniqsa, iqtisodiy ta’limotlar klassiklari asarlarini, prezident asarlari, iqtisodiy ta’limotning ko‘zga ko‘ringan horijiy va milliy namoyandalarining asarlari va ma’ruzalarini chuqur o‘rganish natajalari (tegishli havolalarda) aks ettirilsagina, mazkur kurs ishi unga qo‘ytladigan zamonaviy talablarga javob bera oladi. Shuningdek, ishda nafaqat mamlakat ichki institutsional tuzilmalarining, balki tashqi kuzatuvchilar, BMT, Xalqaro Valyuta Fondi, Jahon Banki kabi xalqaro moliyaviy tashkilotlarning, xalqaro va umummilliy tashkilotlarning tegishli ma’lumotlarini keltirish, ularni tahlil qilish natijalarini aks ettirish yuqori baholanadi
Yüklə 40,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin