Strategiya qo`yidagi shartlar asosida qo`llaniladi:
Izoh: 1. Muammo bo`yicha bildirilgan qarorlar yuzasidan savollar tug`ilsa, ularga javob qaytariladi, noaniqliklarga aniqlik kiritiladi.
Agarda barcha guruhlar muammo yuzasidan bir xil qarorga kelingan bo`lsa, o`qituvchi buning sababini izohlaydi.
Shunday qilib, interfaol ta`lim texnologiyalari ta`lim sifatini yaxshilash, samaradorligini oshirish, o`qituvchi, talaba, talabalar guruhi, shuningdek, jamoa o`rtasida o`zaro hamkorlikni qaror toptirish, g`oyaviy va ruhiy birlikka erishish, yagona maqsad sari intilish, har bir ta`lim oluvchi (o`quvchi, talaba)ning ichki imkoniyatlarini ruyobga chiqarish, shaxs sifatida namoyon bo`lishi uchun zarur shart-sharoit hamda muhitni yaratishda katta imkoniyatlarga ega. Interfaol ta`limning eng muhim tarkibiy elementi bo`lgan interfaol metodlar o`z mohiyatiga ko`ra ta`lim maqsadlarni amalga oshirishda ma`lum darajada samaradorlikka erishishni ta`minlaydi. Eng muhimi o`qituvchilar interfaol metodlarni tanlashda o`rganilayotgan mavzu, muammo yoki hal qilinishi lozim bo`lgan masalaga e`tibor qaratishlari lozim. Qolaversa, interfaol metodlarni qo`llashda talabalarning yosh, psixologik xususiyatlari, dunyoqarash darajasi, hayotiy tajribalari inobatga olinsa, dars samaradorligi yanada oshadi. Bu esa o`qituvchilardan kasbiy mahorat, malaka, bilimdonlik, sezgirlik va intuitsiyaga ega bo`lishni taqozo etadi.
.
Nazorat uchun savollar:
Interfaol ta`lim qanday didaktik imkoniyatlarga ega?
Interfaol ta`lim qanday tamoyillarga asoslanadi?
Interfaol ta`lim qanday shakllarda tashkil etiladi?
Interfaol ta`lim texnologiyalari sifatida nimalar e`tirof etiladi?
“Aqliy xujum” strategiyasi nimaga xizmat qiladi?
“Baliq skeleti” GO qanday didaktik imkoniyatga ega?
“Bilaman, Bilishni xoxlayman, Bilib oldim” (“BBB”) GO o`quv mashg`ulotining qaysi bosqichida qo`llaniladi?
“Venn diagrammasi” qanday maqsadga xizmat qiladi?
“Klaster” tushunchasi qanday ma`noni anglatadi?
“Qarorlar shajarasi” strategiyasi (“Qaror qabul qilish texnologiyasi”) qanday maqsad uchun xizmat qiladi?
Dostları ilə paylaş: |