13-ma’ruza
Gaz konlarini ishga tushirishda quduqlarni joylashtirish
Reja
13.1. Gazlilik maydonida quduqlarni joylashtirish.
13.2. Quduqlarni joylashtirish sistemasining asosiy turlari.
13.3. Quduqlarni joylashtirish sistemasi to’rlarining yaxshi va yomon
tomonlari.
13.4. Suv bosimi rejimining ta’sirini hisobga olish.
Tayanch atamalar
Gaz konlarini ishga tushirish sistemasi, quduqlarni joylashtirish sistemalari,
bir tekis to’rtburchak to’r bo’yicha joylashtirish , bir tekis uchburchak to’r bo’yicha
joylashtirish, halqasimon to’r
shaklida joylashtirish, zanjirli to’r shaklida
joylashtirish,
uyum markazida joylashtirish, shoxsimon ko’rinishda joylashtirish,
gazlilik maydon ustiga quduqlarni
notekis joylashtirish, quduqlarni joylashtirish
sistemalarining
ijobiy tomonlari, quduqlarni joylashtirish sistemalarining salbiy
tomonlari.
13.1. Gazlilik maydonida quduqlarni joylashtirish.
Gaz konlarini ishga tushirish
sistemasi deb qatlamda gaz, kondensat va
suvning harakati jarayonini boshqarish bo’yicha bajariladigan
texnik tadbirlar
kompleksiga aytiladi. Bu texnik tadbirlar kompleksiga quyidagi tadbirlar kiradi:
1. Gazli maydon va tuzilma bo’ylab qazib chiqaruvchi, haydovchi va kuzatuv
quduqlari sonini aniq joylashtirish;
2. Quduqlarni ishlatishning texnologik rejimini o’rnatish;
3. Quduqlarni ishga tushirishni hisob-kitob qilingan tartibda amalga oshirish;
4. Qatlam energiyasi balansini saqlab turish.
Gaz uyumlari gazli maydonda har xil formada bo’lishi mumkin: oval, aylana,
to’g’ri burchakli va h.
Kon
xududlari bir-biridan relefi, tuprog’i, qurilishi bilan farq qiladi. Gazli
kollektor umumiy holda litologik tarkibi va geologo-fizik parametrlarining maydon
va kesim bo’yicha o’zgaruvchanligi bilan xarakterlanadi.
Bu sabablar qazib
chiqaruvchi, haydovchi (damlovchi) va kuzatuv quduqlarini gazli maydon va
tuzilma bo’yicha joylashtirishning turli usullariga asos bo’ladi.
Quduqlarni gaz koni maydonida ratsional joylashtirish masalasi og’ir texnik
iqtisodiy masaladir. Ko’rib chiqiladigan gaz yoki gazkondensat konida quduqlarni
joylashtirishning turli xil to’ri tanlangan bo’lishi mumkin. Quduqlarni joylashtirish
sistemasi konni ishlash va jihozlashning barcha texnik iqtisodiy ko’rsatkichlariga
katta ta’sir ko’rsatadi. Quduqlarni joylashtirishning
ratsional sistemasi texnik
iqtisodiy hisob kitoblar orqali asoslanadi.