Reja: 1 Texnik tadbirlar



Yüklə 35,45 Kb.
səhifə1/2
tarix19.12.2023
ölçüsü35,45 Kb.
#185465
  1   2
Texnik tadbirlar. O‘chirishlar.


Texnik tadbirlar. O‘chirishlar.

Reja:

1 Texnik tadbirlar
2 O‘chirishlar.
3 Xavfsizlik plakatlarini osish, ish joyini to‘sish

Ishlashda ish joyini tayyorlash uchun kuchlanishni olish talab qilinganda, ko‘rsatilgan tartibda quyidagi texnik tadbirlar bajarilishi shart:


zarur bo‘lgan o‘chirilishlar amalga oshirilishi va kommutatsion apparatlarning o‘z-o‘zidan yoki yanglishib ulanishiga to‘sqinlik qiluvchi choralar ko‘rilishi;
kommutatsion apparatlarning qo‘l bilan boshqariladigan yuritmalariga va masofadan boshqariladigan kalitlariga taqiqlovchi shiorlar osilishi;
odamlarni elektr tokidan jarohatlanishdan saqlash uchun yerga ulanishi zarur bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismlarda kuchlanish yo‘qligi tekshirilishi;
yerga ulagichlar o‘rnatilishi (yerga ulagich pichoqlarini ulash, ko‘chma yerga ulagichlarni o‘rnatish); yerga ulagich o‘rniga zaminlagich va zaminlovchi pichoq qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘lardi
zarur bo‘lganda, ish joylarini yoki kuchlanish ostida qolgan boshqa tok o‘tkazuvchi qismlarni to‘sish va to‘siqlarga xavfsizlik shiorlarini osilish. Mahalliy sharoitlarga qarab, o‘chirilgan tok o‘tkazuvchi qismlar yerga ulanishdan oldin yoki keyin to‘siqlar bilan ajratiladi.
Tok o‘tkazuvchi qismlarda ishlashda, kuchlanishni olish talab qilinsa, quyidagilar o‘chirilishi shart:
ish bajarilishi kerak bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismlar;
odamlar, yuk ko‘tarish mashinalari va mexanizmlarni mazkur Qoidalarning 2-ilovasida qayd qilinganidan kam masofaga yaqinlashishlari mumkin bo‘lgan, to‘silmagan tok o‘tkazuvchi qismlar.
O‘chirilgan HL da ishlashda, ushbu HL ning ayrim elementlari kuchlanish ostida bo‘lgan boshqa HL ning tok o‘tkazuvchi qismlariga mazkur Qoidalarning 2-ilovasi
1-jadvalining uchinchi ustunida qayd qilingan masofadan kam masofagacha yaqinlashish imkoniyati bo‘lsa, bu liniya ham o‘chirilishi shart. Taʼmirlanayotgan HL bilan birga osilgan AHL ham o‘chirilishi shart.
1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr qurilmalarda, kommutatsion apparatlar bilan ish joyiga kuchlanish berilishi mumkin bo‘lgan har tomondan ko‘rinadigan uzilishlar hosil qilinishi shart. Ko‘rinadigan uzilishlar shinalar va simlarni ajratish yoki olish, ajratgichlarni o‘chirish, saqlagichlarni olib qo‘yish, shuningdek bo‘lgichlar va yuklama o‘chirgichlari orqali bajariladi, apparatlarning o‘zlarida o‘rnatilgan prujina taʼsirida avtomatik tarzda ulanadiganlar bundan mustasno.
Elektr qurilmaning ishlash uchun ajratilgan uchastkasi bilan bog‘liq kuchlanish transformatlari va kuch transformatorlari, ulardagi teskari transformatsiya imkoniyatini bartaraf qilish uchun, shuningdek 1000 V gacha kuchlanish tomonidan ham o‘chirilishi shart.
Ish joyini tayyorlashda qo‘l bilan boshqariladigan ajratgichlar (bo‘lgichlar) va yuklama o‘chirgichlari o‘chirilganidan so‘ng, ularning o‘chganligi ko‘rilishi va shuntlovchi tutashtirgichlar yo‘qligiga ishonch hosil qilinishi zarur.
1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr qurilmalarda, kommutatsion apparatlarning o‘z-o‘zidan yoki yanglishib ulanishi oqibatida ish joyiga kuchlanish berib yubormaslikning oldini olish uchun quyidagi choralar ko‘rilishi shart:
ajratgichlar, bo‘lgichlar, yuklama o‘chirgichlarining qo‘l yuritmalari o‘chirilgan holatida mexanik qulf bilan qulflanishi. 6−10 kV elektr qurilmalardagi bir qutbli ajratgichlarni yanglishib ulab yuborilishini oldini olish uchun, ajratgich pichoqlariga maxsus dielektrik qalpoqlar kiydirishga ruxsat beriladi;
izolyasion tezkor shtangalar bilan boshqariladigan ajratgichlarning statsionar to‘siqlari mexanik qulf bilan qulflanishi;
masofadan boshqariladigan kommutatsion apparatlarning yuritmalarida kuch va boshqaruv zanjirlari o‘chirilishi, havo bosimi taʼsirida ishlaydigan yuritmalarda esa, bundan tashqari kelayotgan havo yo‘lidagi surilma qopqoq berkitilishi va mexanik qulf bilan qulflanishi va siqilgan havo chiqarib yuborilishi, bunda havo chiqaradigan bo‘shatish klapanlari ochiq holda qoldirilishi shart;
yuk og‘irligi va prujina taʼsirida ishlaydigan yuritmalarda, ulaydigan yuk yoki ulaydigan prujinalar ishlamaydigan holatga o‘tkazilishi shart.
Tortib chiqariladigan aravachali KTQning kommutatsion apparatlari yanglishib ulab yuborishining oldini olish choralari mazkur Qoidalarning 243, 244-bandlariga muvofiq ko‘rilgan bo‘lishi shart.
1000 V gacha kuchlanishli elektr qurilmalarning ish bajariladigan tok o‘tkazuvchi qismlarida, kuchlanish berilishi mumkin bo‘lgan hamma tomondan qo‘l yuritmasi bilan jihozlangan kommutatsion apparatlar o‘chirilishi, sxemalarda saqlagichlar bo‘lganda esa – ular olib qo‘yilishi shart. Sxemada saqlagichlar bo‘lmagan kommutatsion apparatlarni yanglishib ulab yuborilishini oldini olish, shkaf eshiklari va tutqichlarini qulflash, tugmachalarni berkitish, kommutatsion apparatlarning kontaktlari orasiga izolyasion qoplagichlar o‘rnatish kabi choralar bilan taʼminlanishi shart. Masofadan boshqariladigan kommutatsion apparatlar bilan kuchlanish olinganda, uni ulaydigan g‘altak uzib qo‘yilishi shart.
Yuqorida ko‘rsatilgan choralarni, agar apparatlarning konstruktiv tuzilishi va ishning xarakteri yo‘l qo‘yadigan bo‘lsa, ish bajariladigan uskunalarga yoki kommutatsion apparatlarga ulangan shinalarni bo‘shatib ajratish yoki kabellarni, simlarni ajratish bilan almashtirilishi mumkin.
Ish joyini tayyorlashda shinalarni bo‘shatib ajratishni, kabellar va simlarni ajratishni navbatchi yoki tezkor-taʼmirlash xodimlari kuzatuvi ostida III guruhga ega bo‘lgan taʼmirlash xodimi bajarishi mumkin. Ish joyiga yaqin va unga tegib ketish ehtimoli bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismlardan kuchlanish olinishi yoki ular to‘siqlar bilan to‘sib qo‘yilishi shart.
1000 V gacha kuchlanishli, kontaktlari ko‘rinmaydigan kommutatsion apparatlarni (tortib chiqarilmaydigan avtomatlar, paketli o‘chirgichlar, yopiq holda ishlangan rubilniklar va hokazolar) o‘chirilgan holatini apparatlardan chiqqan qisqichlarda yoki ushbu apparatlar orqali ulanadigan chiquvchi shinalarda, simlarda, yoki uskunaning qisqichlarida kuchlanishning yo‘qligini tekshirish yo‘li bilan aniqlanadi.



Yüklə 35,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin