Talab va taklif. Talabning egiluvchanligi Mikroiqtisodiyot Makroiqtisodiyot



Yüklə 100,91 Kb.
səhifə1/15
tarix17.09.2023
ölçüsü100,91 Kb.
#144533
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
5-mavzu Biznes yuritishda iqtisodiy omillar (2)


5-Mavzu: Biznes yuritishda iqtisodiy omillar

  1. Talab va taklif. Talabning egiluvchanligi

  2. Mikroiqtisodiyot

  3. Makroiqtisodiyot

  4. Ishlab chiqarish xarajatlari

  5. Bozor va uning turlari

  6. Monopoliya va Oligopoliya

  7. Inqiroz,turg‘unlik, inflyatsiya va ishsizlikning biznesga ta’siri

  8. To‘lov balansi va biznes


1.Talab va taklif. Talabning egiluvchanligi
Talab (tovarlar va xizmatlarga talab) xaridor, isteʼmolchining bozorda muayyan tovarlarni, neʼmatlarni sotib olish istagi; bozorga chiqqan va pul imkoniyatlari bilan taʼminlangan ehtiyojlari. Ehtiyoj pul va narx vositasida talabga aylanadi.
Rasman olganda talab isteʼmol kattaligi miqdoridir.
Tovarlar dunyosidagi xilma-xillikka moe ravishda talab hosil bo‘ladi. Masalan, oziq-ovqat tovarlari, sanoat mollari, maishiy va ijtimoiy xizmatlarga boo‘lgan talablar tovarlarga talab tuzilmasini tashkil etadi. Mazmuni va harakati jihatidan haqiqiy, o‘sayotgan, barqaror qondirilgan, qondirilishi kechiktirilgan, qondirilmagan, meyordagi va boshqa talablarga bo‘linadi.
Har bir isteʼmolchining, yaʼni alohida shaxs, oila, korxona, firmaning biror tovar to‘plamiga yoki tovarlarga bildirilgan talablari yakka talab deyiladi.
Muayyan tovarga yoki tovarlar too‘plamiga barcha xaridorlar bildirgan talab yigo‘indisi bozor talabi, barcha bozorlarda barcha tovarlarga jamiyat miqiyosida bildirilgan ijtimoiy talab yalpi talab deyiladi.
Talab miqdorining oo‘zgarishiga bir qancha omillar taʼsir qiladi. Ularning oo‘rasida eng muximi narx omilidir.
Tovar narxining pasayishi sotib olinadigan tovar miqdorining o‘sishi va aksincha, narxning o‘sishi xarid miqdorining kamayishiga olib keladi.
Boshqa shart-sharoitlar o‘zgarmagan holatda tovarning narxi qancha past bo‘lsa, unga bo‘lgan talab miqdori shuncha ko‘p bo‘ladi, tovarning narxi qancha yuqori bo‘lsa, unga bo‘lgan talab miqdori shuncha kam bo‘ladi.
Talab qonuni talab miqdorining narxga teskari bog‘langanligini ko‘rsatadi.

Yüklə 100,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin