Oddiy hisob-kitoblar haqida nimani bilasiz? Statistika fan sifatida qachon va qayerda paydo bo‘lgan?



Yüklə 29,69 Kb.
tarix21.12.2023
ölçüsü29,69 Kb.
#188583
STATISTIKA VARIANTLAR


  1. Oddiy hisob-kitoblar haqida nimani bilasiz?

  2. Statistika fan sifatida qachon va qayerda paydo bo‘lgan?

  3. Siyosiy arifmetikchilaming statistika fanini rivojlantirishdagi tutgan o‘mi qanday?

  4. Statistika so‘zini birinchi bo‘lib kim qoilagan va u nimani bildiradi?

  5. Statistikadagi matematik oqim namoyandalari kimlar?

  6. Statistikaning rivojlanishiga rus olimlarining qo‘shgan xissasini aytib bering

  7. Statistika deganda nimani tushunamiz?

  8. Statistika fanmi yoki metod?

  9. Nazokatning bo‘yi 1 metru 97 sm. Bu ommaviy hodisami yoki tasodifmi?

  10. Guruhlardagi qizlaming bo‘yi bolalarnikidan past. Bu qanaqa hodisa?

  11. TKTI talabalari soni 7000 ta. Ulardan 700 tasi yoki 10 foizi a’lo baholarga o’qiydi. Talabalami imtihonlarda oladigan baholari bo‘yicha guruhlarga ajratsak, bu qanday belgi: miqdor yoki sifat belgi?

  12. Hodisalami makonda va zamondagi o‘zgarishini tushuntirib bering?

  13. Statistik to'plam boshqa to‘plamlardan nima bilan farq qiladi?

  14. Talabalaming soni, ogirligi, yoshi, stipendiyasi, bo‘yi, millati, kelajakdagi mutaxassisligi, dars qilish soati, sochining rangi to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud. Ulami miqdoriy va atributiv belgilarga ajrating

  15. Variatsion belgi nima?

  16. Ha yoki yo‘q savolariga javob beruvchi belgilarni qanday belgi deb ataymiz?

  17. Statistik ma’lumot bilan statistik ko‘rsatkichni farqi nimada?

  18. Bank statistikasi, sug‘urta statistikasi, kredit statistikasi, dehqonchilik statistikasi kabilar va boshqalarning har biri alohida fanmi yoki...?

  19. Statistikaning qanday metodlarini bilasiz?

  20. Talabalaming bilimini tekshirish uchun maxsus dastur bilan ma’­ lumot to'pladik. Bu ishni statistikaning qanday metodi yordamida bajarish mumkin?

  21. Statistik kuzatish bilan oddiy kuzatishning nima farqi bor?

  22. Statistik kuzatish o'tkazish uchun qanday qoidalar mavjud?

  23. Moliya-iqtisod fakulteti dekani talabalaming professor-o‘qituvchilar to‘g‘risidagi fikrlarini bilish uchun kurs va guruhlarda “Professor42 o ‘qituvchilar talabalar nigohida” so‘rovnomasini o ‘tkazdi. Kredit-iqtisod fakulteti dekani esa, faqat IV kurs talabalari bo‘yicha bu ishni bajardi. Fakultet dekanlari statistik kuzatishning qaysi turini qo‘lladilar?

  24. Kuzatish obyekti va kuzatish birligi teng bo‘lishi mumkinmi? Misollar keltiring

  25. Sizning qishlog‘ingizda 15-yanvardan 16-yanvarga o‘tar kechasi quyidagilar ro ‘y berdi. Hasan va Husanlar soat 21 dan 56 minut o‘tganda tug‘ildi, qo‘shningiz oilasida Fotima va Zuhralar 00 soatu 10 minutda tug‘ildi. Hamqishlog‘ingiz Yo‘ldosh ota soat 23 dan 59 minut o ‘tganda olamdan ko‘z yumdilar. Yomg‘ir xola esa, soat ikkidan 15 minut o ‘tganda dunyodan o ‘tdilar. Statistik kuzatishning kritik momenti (fursati) etib 15dan 16 yanvarga o‘tar kechasi soat 24°° qilib belgilangan. Kimlami aholi ro‘yxatiga kiritamiz?

  26. Tasodifiy, muntazam va reprezentativ xatolaming bir-biridan farqi?

  27. R o‘yxat varaqasida quyidagi javoblar berilgan:



  1. Guruhlar soni va intervalini aniqlashda nimalarga e’tibor berasiz?

  2. Birinchi guruh 18 yoshgacha, ikkinchisi 18-20 yoshgacha deyilsa, 18 yoshli talabani qaysi guruhga qo‘shasiz? Guruh chegarasini aniqlashda qanday qoidalarga rioya qilasiz? Ularga misol keltiring.

  3. Statistik ko'rsatkichlar deganda nimani tushunasiz va ular qanday turlarga bo‘linadi?

  4. Respublikadagi talabalar soni, umumiy aholi sonida ayollar hissasi, avtomobillar soni, umumiy ishlab chiqarilgan bug‘doy miqdori, bir sigirdan sog‘ib olingan sut, qazib olingan oltin hajmi, bir gektardan olingan hosil miqdori qaysi miqdorlarga misol bo‘la oladi?

  5. Mutlaq miqdorlarni qanday usullarda aniqlash mumkin?

  6. Nisbiy miqdorlar qanday shakllarda ifodalanadi?

  7. Koeffitsientdan promille necha barobar katta?

  8. Dinamika nisbiy miqdori deganda nimani tushunasiz va boshqa nisbiy miqdorlardan qaysi jihatlari bilan farq qiladi?

  9. Samarqand va Qo‘qon konserva zavodlari bir oyda 500 ming bankadan tomat pastasi ishlab chiqargan. Shartli banka hajmi 353,4 sm3. Samarqand konserva zavodida ishlab chiqarilgan banka hajmi 600 grammni, Qo‘qon-258 grammni tashkil etgan. Shartli bankalar sonini aniqlab, zavodlarning oylik ishiga baho bering.

  10. Siz dekanat yoki ota-onangiz oldida ikkinchi kursni a’lo baholar bilan tugatish majburiyatini olgan edingiz. Ikki semestrda 19 ta fandan imtihon topshirib 16 ta besh baho oldingiz. Majburiyat qay darajada yoki necha foizga bajarildi?

  11. Potokda 127 talaba o‘qiydi. Shundan o‘g‘il bolalar 67 ta. Qizlaming hissasini aniqlang

  12. Fakultetda 1382 talaba bor. Shundan 712 tasi qizlar. Koordinatsiya nisbiy miqdorini aniqlang va tushuntirib bering.

  13. Shahar aholisining o'rtacha (yillik) soni 360 ming kishiga teng. Bir yilda 1812 bola tug‘ilganligi qayd qilingan. Shu davrda 171 kishi o‘lgan. Tug'ilish va o'lish koeffitsientlari aniqlansin. Bu aniqlangan ko'rsatkichlar nisbiy miqdorlarning qaysi turiga mansub?

  14. Sex ishchilarining tarif razryadlari to‘g‘risida quyidagi im'lumotlar berilgan:





  1. Hisobot yili boshida fermer xo‘jaliklari bo‘yicha qora mollar soni to‘g‘risida ma’lumotlar jadvalda berilgan:


Yuqoridagi ma’lumotlar asosida fermer xo‘jaliklarining qora mollari soni bo‘yicha taqsimot qatori tuzilsin.

  1. Oilalardagi bolalar soni to‘g‘risida quyidagi ma’lumotlar berilgan:


Yuqoridagi ma’lumotlar bo‘yicha taqsimot qatori grafigini tuzing

  1. Respublika bo‘yicha «N»- yilning I yarim yiJligida tashkil etilgan 509,4 mingta yangi ish o‘rinlaridan 350,1 mingtasi qishloq joylarga to‘g‘ri keladi. Qishloq joylarga to‘g‘ri kelgan ish o‘rinlarining umumiy to'plamdagi hissasini aniqlang.

  2. Respublika aholisi yil boshida 27072,2 ming kishini tashkil etgan bo‘lib, undan mehnatga layoqatli yoshdagi aholi 16101,9 ming kishi, mehnatga layoqatli yoshgacha bo'lgan aholi 9025,4 ming kishi va mehnatga layoqatli yoshdan katta aholi 1944,9 ming kishini tashkil etgan. Mehnatga layoqatli yoshdagi aholining yuklanish koeffitsiyentini hisoblang.

  3. Respublika aholisi yil boshida 28034,4 ming kishini tashkil etgan, hududi esa 447,7 ming km.kv.tashkil etgan bo‘Isa, respublika aholisining zichligini hisoblang.

  4. Tuman konserva sanoati korxonalari tomonidan joriy yilda quyidagi mahsulotlar ishlab chiqarildi:



  1. Hisobot davrida korxona quyidagi yuvish vositalarini ishlab chiqardi:





  1. Zavodning yalpi mahsuloti «N»-yilda shartnoma bo "yicha 12,0 mln. so‘m bo'lib, haqiqatda esa 12,2 mln. so‘mni tashkil etdi. «N+1 »-yil uchun shartnomada zavodning yalpi mahsuloti 11,9 mln. so‘m deb belgilangan bo4Isa, shartnoma majburiyati nisbiy miqdori hisoblansin.

  2. Joriy yilda 0 ‘zbekiston Respublikasining g'isht zavodlaridan birida milliy standart asosida 155 mln. dona g'isht ishlab chiqarilgan. AQSHda esa shu yili huddi shunday ishlab chiqarish quwatiga ega bo‘lgan g‘isht zavodida AQSH milliy standartlari asosida 315 mln. dona g‘isht ishlab chiqarilgan bo‘lsa: 1) AQSHdagi zavodda ishlab chiqarilgan g'ishtni Oczbekistonda qabul qilingan o‘lcham (250x120x65mm) bo'yicha sonini; 2) 0 ‘zbekistondagi zavodda ishlab chiqarilgan g‘ishtni AQSHda qabul qilingan o‘lcham (193x92x57mm) bo'yicha sonini hisoblang.

  3. Tekstil kombinati tikuvchilik fabrikasiga o‘zaro tuzilgan shartnomaga ko‘ra, birinchi yarim yillikda 120 ming m.kv. chit va 98 ming m.kv. shoyi yetkazib berishi kerak edi. Haqiqatda esa 130 ming m.kv. chit va 90 ming m.kv. shoyi yetkazib berildi. Har bir mahsulot bo‘yicha shartnoma majburiyati bajarilishi nisbiy miqdormi hisoblang.

  4. M a’lum bir yilda birinchi viloyat sanoat mahsuloti 2170,7 mlrd.so‘mni, ikkinchi viloyat sanoat mahsuloti 3155,8 mlrd. so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, hududiy taqqoslash nisbiy miqdormi hisoblang.

  5. Korxonada ishlab chiqarish maqsadlarida sarflangan yoqilg‘i turlari bo'yicha quyidagi ma’lumotlar mavjud:


Korxonada sarflangan yoqilg‘i umumiy hajmi shartli natura o'lchov birligida hisoblansin. Eslatma. Shartli yoqilg'i birligining issiqlik berish qobiliyati=700 kal/kg.

  1. Zavod shartnoma bo‘yicha joriy davrda 12 mlrd.so‘mlik tovar mahsuloti ishlab chiqarishi kerak bo‘lib, bunda ishchilaming ro‘yxatdagi o‘rtacha soni 400 kishini tashkil etgan. Haqiqatda esa ushbu davrda 13,1 mlrd.so‘mlik tovar mahsulot ishlab chiqarilib, ishchilaming ro‘yxatdagi o‘rtacha soni 410 kishini tashkil etdi. Shartnoma majburiyati bajarilishi nisbiy miqdorini: 1) ishlab chiqarilgan tovar mahsuloti bo'yicha; 2) ishchilaming ro‘yxatdagi o‘rtacha soni bo'yicha; 3) bir ishchiga to‘g‘ri keladigan mahsulot miqdori bo‘yicha hisoblang.

  2. Fabrika shartnoma bo'yicha mahsulot ishlab chiqarish hajmini 5,6% oshirishi kerak edi, haqiqatda esa ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi 8,9 % oshdi. Mahsulot hajmi bo‘yicha shartnoma majburiyati bajarilishi nisbiy miqdorini hisoblang.

  3. Shartnoma bo‘yicha 1 so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari 4,0% kamayishi kerak edi, haqiqatda esa 5,4 % ga kamaydi. 1 so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari bo‘yicha shartnoma majburiyati bajarilishi nisbiy miqdorini hisoblang.

  4. Birlashmaga kiruvchi korxonalarda mahsulot sotish rejasining bajarilishi quyidagi ma’lumotlarda ifodalangan:


Birlashma bo‘yicha 1, II chorak va yarim yil bo‘yicha reja bajarilishi nisbiy miqdorini hisoblang.

  1. Quyidagi m a’lumotlar asosida dinamika nisbiy miqdorlarini bazisli va zanjirsimon usullarda hisoblang:



  1. Yil boshida viloyatdagi erkaklar va ayollar soni haqida quyidagi ma’lumotlar mavjud:


Erkaklar va ayollar soni bo‘yicha koordinatsiya nisbiy miqdorlari: 1) jami aholi uchun; 2) 0 yoshdan 44 yoshgacha bo‘lgan aholi uchun; 3) 44 yoshdan yuqori aholi uchun hisoblansin.

  1. Respublika aholisining yoshi bo'yicha tarkibi quyidagi ma’lumotlarda keltirilgan:


Tuzilmaviy va koordinatsiya nisbiy miqdorlarini hisoblang.

  1. Yil boshida korxonaning ro‘yxatdagi ishchilar soni 3240 kishini, administrativ-boshqaruv xodimlari soni 54 kishini tashkil etgan. Yil oxirida korxona ro‘yxatidagi ishchilar soni 50 kishiga ortgan, administrativ-boshqaruv xodimlari soni 7 kishiga kamaygan. Ishchilar soni va administrativ-boshqaruv xodimlarining o‘zaro nisbatini xarakterlovchi nisbiy miqdorlarni yil boshi va yil oxiri uchun hisoblang.

  2. Shahar bo‘yicha quyidagi m a’lumotlar qayd etilgan(kishi):


Shahar bo‘yicha aholining tug‘ilish va o‘ lish jarayonlarini ifodalovchi intensivlik nisbiy miqdorlarim hisoblang.

  1. Quyidagi ma’lumotlar asosida intesivlik nisbiy miqdorlarini hisoblang:



  1. Kichik korxonada 10 ta ishchi ishlaydi va ular fevral oyida quyidagicha maosh olishgan(ming so‘mda): 375, 373, 370, 462, 460, 455, 457, 548, 544, 560. 0 ‘rtacha ish haqini hisoblang.

  2. Fermer xo‘jaliklarida paxta ekin maydoni va bir gektardan olingan hosil bo‘yicha quyidagi ma’lumotlar berilgan:


Barcha fermer xo‘jaliklari bo‘yicha o'rtacha hosildorlik quyidagicha aniqlanang.

  1. Smena (8-soat) davomida bir xildagi bitta detalga ishlov berish uchun 1-tokar 10 minut, 2-tokar 15 minut, 3-tokar 20 minut ish vaqti sarf qildi. Bitta detalga ishlov berish uchun o‘rtacha sarf qilingan vaqtni oddiy garmonik o‘rtacha formulasi yordamida hisoblang.

  2. Kiyim-kechak do‘konida sotilgan erkaklar kostyum-shimi o'lchamlari bo'yicha taqsimianishi quyidagicha:


To‘plam uchun modani hisoblang.
68.Modaninig ta,rifini keltiring.
69. Diskret qatorlarda medianani liisoblash formulasini yozing.
70. Variatsiya koeffetsiyenti formulasini yozing.
71. Tumanlar bo‘yicha bug‘doyning hosildorligi quyidagicha bo‘lgan:

Aniqlang (3 ta tuman bo‘yicha): 1) «N»-yildagi 0‘rtacha hosildorlikni; 2) «/V+l»-yildagi o‘rtacha hosildorlikni.
72. Savdo firmasining buyurtmalar bo‘limida ish kuni 8 soatni tashkil etadigan uchta xodim band. Bitta buyurtmani rasmiylashtirish uchun birinchi xodim o‘rtacha 14 minut, ikkinchi 15, uchinchisi 19 minut sarflaydi. Butun bo‘lim bo‘yicha 1 buyurtmaga o‘rtacha sarflangan vaqtni aniqlang.
73. Firmalarning bo‘limlari bo‘yicha buyurtmaning bajarilishi to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan:

Наг bir chorak bo‘yicha o‘rtacha reja bajarilishi foizini aniqlang
74. Fermer xo‘jaliklarida paxtaning hosildorligi quyidagicha bo‘lgan:

Barcha fermer xo‘ jaliklari bo‘yicha o‘rtacha hosildorlikni aniqlang.
75. Bitta detalga ishlov berish bo‘yicha ish vaqti sarfi quyidagicha taqsimlangan:

76. Ikkita korxona bo‘yicha ishlab chiqarilgan «А» nomli mahsulotning miqdori va tannarxi to‘g‘risida quyidagi ma’lumotlar mavjud:

77. B irlashm adagi korxonalarning ikkinchi chorakdagi faoliyati to ‘g‘risida quyidagi m a’lum otlar berilgan:

78. Bug£doy hosildorligi va ekin maydon bo‘yicha quyidagi ma’lumotlar mavjud:

79. Import qilinayotgan yuklarning vaznini bojxonada tasodifiy takrorlanuvchi usul bilan tekshirish uchun 200 dona mahsulot tanlab olindi. Natijada 4 gramm 0‘rtacha kvadratik chetlanish bilan har bir mahsulotning o‘rtacha vazni 30 gramm ekanligi aniqlanildi. 0,997 ehtimol bilan mahsulot o‘rtacha vaznining bosh to'plamdagi chegaralarini aniqlang. Ma’lumki, ehtimollik P =0,997 bo‘lganda, ishonch koeffitsiyenti t = 3 bo‘ladi.
80. Taqsimot qatorlarini tuzishda guruhlar sonini aniqlash uchun Sterjess formulasini yozing.
81. Agarda teng intervalli guruhlash amalga oshirilsa, guruh oraiig‘ini aniqlash formulasini yozing.
82.Ushbu formula qachon qo`llanishini tushuntiring : n = 1 + 3,322 lg N
83. Ushbu formula qachon qo`llanishini tushuntiring :

84. Shartnoma majburiyati nisbiy miqdori qanday hisoblanadi?
85. Shartnoma majburiyati bajarilishi nisbiy miqdori qanday hisoblanadi?
86. Tuzilmaviy (struktura) nisbiy miqdorlar qanday hisoblanadi?
87. Koordinatsiya nisbiy miqdori qanday hisoblanadi?
88. Dinamika nisbiy miqdorlarini bazisli va zanjirsimon usullari qanday hisoblanadi?
89. Oddiy arifmetik o ‘rtachani qanday hisoblanadi?
90.Geometrik o ‘rtachani qanday hisoblanadi?
Yüklə 29,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin