6-mavzu. Vaqt oralig‘ida xatti-harakatlar

Yüklə 13,49 Kb.
səhifə1/5
tarix28.12.2023
ölçüsü13,49 Kb.
#201045
  1   2   3   4   5
6-mavzu. VAQT ORALIG‘IDA XATTI-HARAKATLAR

6-MAVZU. VAQT ORALIG‘IDA XATTI-HARAKATLAR

  • Fisherning befarqlik egri chizig’i tahlili
  • Ikki davrli modelning byudjet cheklovi va unda optimal isteʼmol
  • Eksponensial diskontlash modeli
  • Giperbolik diskontlash modeli
  • Vaqtning nomuvofiqligi
  • Tajribalarda vaqt afzalliklarini o’lchash

1. Fisherning befarqlik egri chizig’i tahlili

ASOSIY TUSHUNCHALAR

Endogen – bu korxonaning ichki jarayonlari; ekzogen – korxonalar uchun tashqi ta`sirlar, siyosat, soliq, qonunlar va boshqalar.

Diskontlash – bu barcha to'lovlar qiymatini ma'lum bir vaqtga etkazish orqali pul oqimining qiymatini aniqlash. Oddiy qilib aytganda, diskontlash – bu kelajakdagi pul miqdorining hozirgi qiymatini aniqlash (kelajakdagi pul oqimi).

Diskontlashning iqtisodiy ma'nosi shundan iboratki, kelajakdagi moliyaviy oqimlarning haqiqiy qiymati ularning nominal qiymatidan sezilarli darajada farq qiladi. Pul nazariyasining vaqt qiymati bugungi kunda olingan yoki to'langan so`m ertaga olingan yoki to'langan so`mdan qimmatroq ekanligini aytadi.

Iste’molchi ikki davr (0 davr va 1 davr) uchun yashaydigan oddiy modelni ko’rib chiqamiz. Faraz qilaylik, mehnat daromadi ekzogen tarzda 0-davrda Y0 va 1-davrda Y1 sifatida berilgan. Foiz stavkasi r bilan belgilanadi, 0-davridagi iste’mol C0 ga, 1-davrdagi iste’mol C1 va naflik funksiya U(C0, C1) bilan belgilanadi. Jamg’arma daromad va iste’mol o’rtasidagi farq bilan belgilanadi hamda 0-davrida iste’molchi uni tejashi mumkin.

S =Y0 -C0 6.1

Agar C0 Y0 dan katta bo’lsa va S manfiy bo’lsa, biz iste’molchi qarz olgan deb hisoblaymiz. Ikki davrli modelda iste’molchi 1-davrning oxirgi davrida qarz ololmaydi va 1-davrdagi iste’mol jamg’arma S foiz daromadi rS hamda mehnat daromadi Y1 yig’indisidan kichik yoki teng bo’lishi kerak.

Yüklə 13,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə

yükləyin