OFFICE DASTURLAR PAKETI
Dunyoga mashhur Microsoft firmasi shaxsiy kompyuterlardan foydalanuvchilar uchun ko‘pgina dasturlar va operatsion tizimlari ishlab chiqarishni jadal rivojlantirmoqda. Jumladan, foydalanuvchilarning kompyutyerdan foydalanish imkoniyatlarini oshirish uchun OFFICE dasturlar paketini ham ishlab chiqargan.
Ko‘pgina foydalanuvchilar Windows operatsion tizimi bilan OFFICE dasturlar to‘plamini chalkashtiradilar. To‘g‘ri bu ikkala dasturlarni ham Microsoft firmasi ishlab chiqqan va ular asosan shaxsiy IBM kompyuterlariga mo‘ljallangan. Lekin Windows operatsion tizimi bilan OFFICE dasturlar to‘plami bitta narsa emas. Windows operatsion tizimi OFFICE dasturlarisiz bemalol ishlay oladi, lekin OFFICE dasturlari Windows dasturisiz ishlamaydi. Windows dasturlarining quyidagi versiyalari mavjud:
Windows -3X, Windows-95, Windows-98, Windows-2000, Windows-2002, va Windows XP.
Office dastur paketini esa quyidagi versiyalari mavjud:
Office-95, Office-96, Office-97, Office-2000 va Office-2002 va OfficeXR.
Hozirgi kunda ko‘pgina foydalanuvchilar Office-97 yoki Office-2000 dasturlar paketidan foydalanishyapti. Bu ikkala versiyadagi dasturlar bir-biridan deyarli farq qilmaydi. Faqat Office-2000 ning imkoniyati ko‘proq. Shuning uchun Office-2000 dasturlar paketi haqida fikr yuritamiz.
Office-2000 dasturlar paketini shaxsiy kompyutyerga o‘rnatish uchun avvalom bor kompyutyerda Windows operatsion tizimi o‘rnatilgan bo‘lishi, so‘ng kompyuter operativ xotirasi kamida 8-16 Mbt bo‘lishi va qattiq diskda kamida 250 Mbtdan – 700 Mbtgacha (Office dan foydalanish imkoniyatiga qarab) bo‘sh joy bo‘lishi lozim.
Office-2000 dasturlar paketiga quyidagi dasturlar kiradi:
MS WORD – har xil ko‘rinishdagi oddiy va murakkab matnlarni tahrir qilishga mo‘ljallangan matn muharriri;
MS EXCEL – har xil ko‘rinishdagi, tez almashadigan, o‘zgaradigan hisob-kitob ma’lumotlar bilan ishlashga mo‘ljallangan elektron jadvalli dastur;
MS POWER POINT - ma’lumotlarni taqdimo (prezentatsiya), reklama qilishga mo‘ljallangan taqdimot dasturi;
MS ACCESS – ma’lumotlar ombori (bazasi) bilan ishlashga mo‘ljallangan dastur;
MS PUBLISHER – har xil tipdagi nashirlik ishlarini bajarishga mo‘ljallangan muharrir dastur;
MS OUNLOOK - elektron pochtadan foydalanishga mo‘ljallangan dastur va hokazo.
Office dasturlar paketini o‘rnatishda yuqorida ko‘rsatilgan dasturlarni tanlash orqali, ya’ni keraklisini o‘rnatish orqali kompyuter qattiq diskidagi joyni tejash mumkin.
Masalan, sizning kompyuteringiz Internetga ulangan bo‘lmasa Ms Outlook ni o‘rnatishingiz shart emas yoki rangli, lazerli printeringiz bo‘lmasa Ms Publisher ni ham o‘rnatish shart emas va hokazo bu dasturlar keyinchalik sizga kerak bo‘lib qolganida bemalol Office tarkibini yangilab bu dasturlarni o‘rnatib olishingiz mumkin.
Agar siz Internetga ulangan bo‘lsangiz Office dasturlar paketini Internet orqali yangilab (“update” qilib) turishingiz, Office ni kompyuteringizga o‘rnatgandan so‘ng bemalol matnlarni tahrir qilish, ma’lumotlar bazasida ishlash, hisob-kitobli jadvallarni tahrir qilish va hokazo ishlarni qilishingiz mumkin.
Dostları ilə paylaş: |