Oila vatan tayanchi



Yüklə 25 Kb.
tarix11.04.2023
ölçüsü25 Kb.
#96070
ota -ona tug\'risida hikmat


Ota – ona duolarida hikmat.

Har qanday jamiyat taraqqiyotida oilaning, oila mustahkamligining o`rni beqiyosdir. Chunki tirik organizmning salomatligi uni tashkil qiluvchi har bir xujayraning sog`lomligiga bog`liq bo`lganidek va butun organizm o`z faoliyatini maqsadga muvofiq amalga oshirishida har bir xujayraning munosib o`rni bo`lganidek, oila ham davlat, jamiyat deb atalgan butun bir organizmni tashkil etuvchi xujayradir. Har bir oilaning sog`lom bo`lishi, unda ijobiy psixologik iqlimning hukm surishi, mana shu muhitda dunyoga kelib, shaxs sifatida shakllanib, so`ng o`zi yashayotgan davlatning fuqarosi sifatida o`z davlatining iqtisodiyotini, ijtimoiy taraqqiyotini ta`minlovchi, hal qiluvchi omil bo`lgan inson kamolotida oila bosh mezon hisoblanadi. Shuningdek, jamiyat taraqqiyotining kutilgan darajaga chiqa olmasligi, uning taraqqiyotiga to`sqinlik qiluvchi, inqiroziga olib keluvchi kuchlarning yuzaga kelishida ham oilaning hissasi kattadir. Chunki nosog`lom, noqobil va nizoli oilalarning ko`payishi, ajrashishlar sonining ortishi jamiyatga turli iqtisodiy, ijtimoiy ziyon yetkazishi bilan birga, bunday nosog`lom psixologik muhitda, nizo-janjalli, o`zaro mehr-oqibatsiz sharoitda dunyoga kelgan, shakllangan bola ham keyinchalik nafaqat o`z ota-onasi, aka-ukalariga nisbatan, balki atrofdagilarga, qolaversa, o`zi yashagan jamiyatga nisbatan mehr-oqibatsiz, shafqatsiz, zolim, xudbin, jamiyat, yurt manfaatlariga zid turli salbiy tashqi kuchlar ta`siriga oson beriluvchan shaxs bo`lib shakllanishi va shu asosda o`z oilasi, o`z xalqi, o`z yurti uchun xavfli insonlarning yetishib chiqishiga ham asos bo`lishi mumkin.


Demak, oilaning mustahkamligi jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, milliy xavfsizligini, uning ravnaqini, taraqqiyotini belgilovchi hal qiluvchi omil hisoblanadi. Hozirgi vaqtda jamiyatimiz uchun, insoniyat taraqqiyoti uchun, mustaqilligimiz istiqbollari uchun jiddiy xavf tug`dirayotgan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, ekologik, ichki va tashqi omillarning tahdidi ortib borayotgan ayni vaqtda oila mustahkamligini ta`minlash va bu masalani to`g`ri hal etishning asosiy yo`li bo`lmish yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash masalasi hech kechiktirib bo`lmaydigan, o`ta jiddiy yondoshishlarni talab etuvchi davlat, hukumat miqyosidagi masaladir. Buning muvaffaqiyatli amalga oshishiga jamiyatimizning har bir fuqarosi, siz o`quvchilar, ota-onalar- hamma birdek mas`uldir. Bu masala hech qachon kun tartibidan tushmaydigan, o`z dolzarbligini yo`qotmaydigan o`ta nozik, nihoyatda jiddiy masaladir. Chunki insoniyat taraqqiyoti, jamiyatimiz taraqqiyoti shu masalani biz bugun qanday hal qilishimizga bog`liq.
Oila uni xarakterlovchi turli mezonlarga ko`ra quyidagilarga farqlanadi:
1. To`liqligiga ko`ra: to`liq, noto`liq va qayta tuzilgan (ikkinchi nikoh) oilalar.
2. Bo`g`inlar soniga ko`ra: nuklear (ota-ona va bolalardan iborat bo`lgan) va ko`p bo`g`inli (ikki va undan ortiq avloddan iborat oila a`zolari birga yashovchi) oilalar.
3. Bolalar soniga ko`ra: farzandsiz, bir bolali. ikki bolali, 3-4 bolali, 5 va undan ortiq bolali oilalar. Turli mamlakatlarda bu mezonlar turlichadir. Masalan, AQSh, Fransiya, Germaniya, Gretsiya, Rossiya va boshqa rivojlangan davlatlarda 1-4 bolali oilalar ko`p bolali oilalar hisoblanadi. O`zbekistonda bunday oilalar farzandlar soni o`rtacha bo`lgan oilalar sirasiga kiradi.
4. Er-xotinning ijtimoiy kelib chiqishiga ko`ra: ishchilar, dehqonlar, xizmatchilar, ziyolilar oilasi, aralash tipdagi oila.
5. Er-xotinning ma`lumot saviyasiga ko`ra: oliy ma`lumotlilar, o`rta-maxsus, o`rta, tugatilmagan o`rta, maxsus yordamchi maktab ma`lumotiga va turli saviyadagi ma`lumotga ega bo`lgan er-xotinlardan tashkil topgan oila.
6.Oilaning «yoshiga» ko`ra: yosh oila (1 yilgacha, 3-5 yillik, 6-10 yillik turmush tajribasiga ega bo`lgan oilalar), o`rta yoshdagi oila, yetuk yoshdagi oila (qariyalar oilasi).
7. Er-xotinning ota-onasi oilasining moddiy ta`minlanganlik darajasi jihatidan
qudalarning bir-biriga mos ekanligi yoki ular orasida katta tafovut mavjudligi bo`yicha bir-biriga mos va mos bo`lmagan oilalar.
8. Regional jihatlariga ko`ra: shahar, qishloq, aralash tipdagi oila.
9. Nikohdan qoniqqanlik saviyasiga ko`ra: ajralish saviyasida - nikohdan qoniqqanlik darajasi quyi saviyada bo`lgan oila, o`rta saviyada va nikohdan qoniqqanlik darajasi yuqori saviyadagi oila.
10. Oilada ayol yoki erkak yetakchiligiga ko`ra: er yetakchi bo`lgan oila, xotin yetakchi bo`lgan oila, er va xotin yetakchilikni birga bajaradigan (biarxat) oila.
11. Oilada er-xotin orasidagi munosabatlarga ko`ra: avtoritar, demokratik, liberal, aralash tipdagi oilalar.
12. Er-xotinning millatiga ko`ra: bir millatli yoki baynalmilal oilalar. Baynalmilal oilalarni o`z navbatida ikkiga bo`lish mumkin:
- dini, urf-odatlari yoki tili bir guruhga kirgan millat vakillari orasida nikohlar, masalan, o`zbek-tojik, o`zbek-qozoq, o`zbek-turkman, rus-ukrain, o`zbek-tatar va boshqalar;
- dini, urf-odatlari yoki tili bir guruhga kirmagan millat vakillari orasidagi nikohlar, masalan, o`zbek-rus, o`zbek-ukrain, o`zbek-eston, o`zbek-nemis va boshqalar.
13. Yuridik rasmiylashtirilganligiga ko`ra: sinovdagi oila (birga yashashadi, ammo hali nikohni rasmiylashtirmagan, chunki bir-birlarini norasmiy nikohda sinashyapti), rasmiylashtirish arafasidagi oila (birga yashashadi, oila qurish maqsadi aniq, ammo ayrim ob`ektiv sabablarga ko`ra rasmiylashtirish kechiktirilyapti), nikohdagi oila, nikohdan tashqari oila (ayrim erkak kishilarning ikkinchi, uchinchi, yuridik jihatdan norasmiy oilasi). Nikohdan tashqari oilalarning ayrimlari pinhona bo`lsa, ko`pchiligi haqida erkak kishining birinchi oilasi va qarindoshlari bilishadi.
Yüklə 25 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin