Ustozga hurmat



Yüklə 1,6 Mb.
səhifə1/3
tarix23.03.2023
ölçüsü1,6 Mb.
#89357
  1   2   3
Ustozga hurmat


5-mavzu: “Ustozga hurmat
I.Kirish:
Sinf soati mashg`ulotning maqsadi O`quvchilarda ustozlarga nisbatan mehr uyg`otish; ustozning qanchalik o`quvchilarga mehri yuksak ekanligini ta`riflash ; o`quvchilarni qalbida mehr-oqibat hislatlarini uyg`otish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.
Sinf soati mashg`ulotning jihozi: mavzuga oid rasm, DVD
Sinf soati mashg`ulotning borishi:
Tashkiliy qism:
O`quvchilarni darsga hozirlash
II.Asosiy qism:
O`quvchi : Bir vaqtlar Mavlono Tanburiy degan ustod musiqachi bo`lgan ekan. U kishi tanbur, dutor , nay kuyini shunday mahorat bilan chalar ekanki, eshitganlar unga mahliyo bo`lib qolar ekanlar .Ustod ko`plab shogirdlar tayyorlagan ekan. U kishining shogird tanlashda qiziq bir odati bor ekan.Bir kuni u shogird bo`laman degan bolalarni yig`ib , qo`llariga bittadan hassa beribdi va ularni kuzatib o`tiribdi. Ulardan biri hassani ot qilib minibdi, ikkinchisi esa qilich qilib o`ynabdi… Faqat yupungina kiyingan , kichkinagina bir bola uni nay qilib chalib o`tiribdi. Buni ko`rgan Tanburiy xursand bo`libdi-da, bolani o`ziga ham shogird, ham o`g`il qilib olibdi.Ustoz bolaga tinim bilmay ta`lim beribdi. Bola ham ustozining ta`limini qunt bilan, sabr- toqat bilan o`rganib , mashhur naychi bo`lib yetishibdi.Tanburiyni o`z otasidek hurmat qilib, umrining oxirigacha xizmatida bo`libdi.
U stozlik mehri uni xalq orasida mashhur bo`lishiga sabab bo`libdi.
Ustoz, ulug`siz ulug`lardan ,
Beminnat bilimlisiz bilimlardan
Falakdan nur sochgan quyoshsiz,
Navoiy zar sochgan bayotsiz.
O`quvchilar ustozlar haqida maqollar aytishadi.
Ustoz – oy-u, shogirdga berar chiroy.
Ustoz o`giti – kamolot kaliti.
Ustozlariga atalgan qo`shiq va raqslarini taqdim etadilar.



Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin