Oilaning psixologik, ijtimoiy-ma’naviy muhitining farzand tarbiy
Oilaning psixologik, ijtimoiy-ma’naviy muhitining farzand tarbiyasiga ta’siri. Oila nomusi va sha’nini saqlashda ota-ona va farzandlar mas’uliyati. Har bir insonning shakllanishi, voyaga
yetishi, o‘zini shaxs sifatida namoyon etishida u tarbiya topgan
oiladagi tarbiyaning, ma’naviy-ruhiy muhitning o‘rni kattadir.
Shuning uchun ham ajdodlarimiz qurilajak oilaning mustahkamligini
ta’minlaydigan jihatlarga alohida e’tibor qaratganlar. Yetti
pushtini surishtirishdan tortib, oilaviy tutumini, mahalladoshlarining
bo‘lajak qudalar, kuyov yoki kelin haqidagi fikrlarini, kasbu
korini batafsil o‘rganishgan. Yosh oila asoschilarining oila qurishga
tayyorgarligini hisobga olish esa eng muhim omil sanalgan.
Haqiqatan ham, yoshlarning jismonan yetuklikka erishgani
hali ularni oila qurishga tayyorligini bildirmaydi. Qachonki, ikki
yosh ham kichik jamiyat, ya’ni oilani barpo etishga ruhan tayyor
bo‘lsalar, shundagina to‘kis oila bunyod bo‘lishi mumkin. Mutaxassislarning
fikrlariga qaraganda, bugungi kunda ayrim otaonalar
orzu-istaklarini tezroq ro‘yobga chiqarish maqsadida yoki
farzandi oldidagi mas’uliyatdan qochish uchunmi, farzandlarini
erta turmush qurishga undashmoqda. Ming afsuski, bu ko‘pincha
ajralishlar bilan tugamoqda.
Oilada er-xotin bir-biri bilan nafaqat sevgi-muhabbat rishtalari
orqali bog‘langan, balki iqtisodiy-ijtimoiy, ma’naviy-tarbiyaviy,
eng muhimi avlodlarni dunyoga keltirish, tarbiyalash va jamiyatga
yetkazib berishdek o‘ta mas’uliyatli vazifa bilan ham o‘zaro
bog‘liqdirlar. Chunki «oila hayotning, avlodlarning davomiyligini
ta’minlaydigan, muqaddas urf-odatlarni saqlaydigan, kelajak nasllar
qanday inson bo‘lib yetishishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan
tarbiya 0‘chog‘idir»1. Bunda ularning maqsad-muddaolari uyg‘un,
intilishlari mushtarak bo‘lishi katta ahamiyat kasb etadi.
Oila insonning o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga sharoit
tug‘diradigan, ruhan orom oladigan makoni bo‘lishi bilan
birga «asosiy ishxonasi» desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Bu yerda
er ham, xotin ham o‘z vazifasini og‘ishmay bajarsagina farzandlari
qobil, dasturxoni to‘kin, el-yurt o‘rtasidagi obro‘si yuksak
bo‘ladi. Har tomonlama yetuk, barkamol avlod sog‘lom muhitda,
ma’rifatli, mehnatkash, uzoqni ko‘ra oladigan ota-onalarning qo‘l
ostida voyaga yetadi.
Milliy tarbiya tizimida oila ma’naviyati, undagi ota-onaning
o‘rniga ajdodlarimiz alohida e’tibor berishganlar. Chunonchi, milliy
ma’naviyatning shakllanishiga beqiyos hissa qo‘shgan, o‘zbek
oilalarida azaldan sog‘lom turmush tarzi, muomala madaniyati
mavjudki, bu, o‘z navbatida ota-ona va farzandlar o‘ziga xos axloqiy
qadriyatlarga munosabatlarida, ro‘zg‘orni saranjom tutish,
o‘ziga-o‘zi xizmat ko‘rsatish tamoyillarida o‘z ifodasini topgan.
Milliy an’analarimiz ichida bola tarbiyasiga doir urf-odatlar
ayniqsa, muhim o‘rin tutadi. Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra,
xalqning sof holda ko‘rinishi bolalarda namoyon bo‘ladi. Qachonki
bolalarda milliylik o‘lar ekan, bu millat o‘limining boshlanishini
bildiradi. Tarbiyada milliylik qancha ko‘p saqlanib qolgan
bo‘lsa, shu millat shuncha kuchli madaniyatga ega, ma’naviy
boy hisoblanadi1.
Oiladagi to‘g‘ri tarbiya dastlab ota-onaning namunali, ularning
o‘zaro iliq va samimiy munosabatlari orqali amalga oshiriladi.
Oiladagi ota-ona va boshqa oila a’zolarining gazeta va jurnallar,
badiiy asarlarni o‘qishi, ma’naviy-ma’rifiy ko‘rsatuvlarni
ko‘rishi hamda ularga oilaviy munosabatlarini bildirishi yoshlar
tarbiyasiga ijobiy ta’sir etadi. Oila o‘rnini bosuvchi boshqa ijtimoiy
institut hali kashf etilgani yo‘q. Oila shaxs, davlat, jamiyat
va boshqa ijtimoiy institutlar o‘rtasidagi munosabatlarda vositachi
o'rnini o‘taydi. Oilaning o‘z vazifalarini bajarishi avlodlar tarixiy
izchilligining saqlanishi, shaxs va jamiyat rivojlanishi jamiyat
taraqqiyotining muhim sharti hisoblanadi. Oilaviy tarbiya — bu,
avvalo ota-onaning o‘zini tarbiyalash demakdir. Ota va ona oila
deb atalmish muqaddas qo‘rg‘onning ustunlari. Ular qanchalik
pishiq va puxta bo‘lsa, bu qo‘rg‘on ham shunchalik mustahkamlanib
boraveradi.