MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT ARXITEKTURA-QURILISH INSTITUTI “TASDIQLAYMAN” SamDAQI rektori __________CH.J.Turkyilmaz “_____” ___________ 2022 yil
SHAHAR QURILISHI ASOSLARI fanining
O’QUV DASTURI
Bilim sohasi:
700000
–
Muhandislik, ishlov berish va qurilish
Ta’lim sohasi:
730000
–
Arxitektura va qurilish
Ta’lim yo’nalishi:
60730200
–
Shahar qurilishi hamda kommunal infratuzilmani tashkil etish va boshqarish
Samarqand-2022
Fan/modul kodi SHQA2121
(bakalavriat)
O’quv yili 2022-2023
Semestr 4
ECTS - Kreditlar 4
Fan/modul turi Majburiy
Ta’lim tili O’zbek/rus
Haftadagi dars soatlari 4
1.
Fanning nomi
Auditoriya mashg’ulotlari (soat)
Mustaqil ta’lim (soat)
Jami yuklama (soat)
Shahar qurilishi asoslari
60
60
120
2.
I. Fanning mazmuni Shahar qurilishi asoslari kursining maqsadi talabalarga aholi yashaydigan hududlarni loyihalashning qonun-qoidalari, aholi joylashuvi tamoillari, tumanni rejalashtirish, urbanizatsiya muammolari, hududlar rejaviy tuzilishining shakllanish va rivojlanish istiqbollarini nazariy va amaliy jihatdan tushintirib berishdan iborat. Asosiy e’tibor shaharsozlikka, shahar qurilishiga va O’zbekistonning aholi yashaydigan hududlarini loyihalashning dolzarb muammolariga qaratilgan. O’quv materiali amaldagi me’yoriy hujjatlar asosida hozirgi zamon shahar qurilishi nazariyasi va amaliyotini e’tiborga olgan holda yoritiladi.
Bu esa yosh shaharsoz mutaxassislarni tayorlashga yangicha yondoshuvni talab etadi. Ularning shaharsozlik bo’yicha barcha yutuq va kamchiliklarini o’zida mujassam etgan boy tajribasidan kelib chiquvchi malakaviy ko’nikma va mahoratlari bozor iqtisodiyoti sharoitida rivojlanayotgan O’zbekistonning yangi shaharsozlik strategiyasini hayotga tadbiq etuvchi mezondir.
II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg’ulotlari) II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
1-mavzu. Kirish. Shahar qurilishi asoslarining asosiy tushunchalari. Shaharlar urbanizatsiyasi haqida qisqacha ma’lumot. Shaharsozlikning hozirgi zamondagi asosiy masalalari va muammolari.
2-mavzu. Aholi joylashuvi va tumanni rejalashtirish. Shaharsozlik va aholi joylashuvi. Aholi yashash joylarining turlari va shakllari. Aholi joylashishi va tabiiy muhit. Tumanni rejalashtirishning asosiy masalalari. Shaharsozlik loyihalash tizimi va bosqichlari.
3-mavzu. Aholi. Demografik omillar. Migratsiya jarayonlari. Aholi va uning bandligi tarkibidagi o’zgarishlar. Shaharlarning kelajakdagi aholisi sonini aniqlash.
4-mavzu. Shahar. Shaharlar tipologiyasi. Shahar loyihasining asosiy prinsiplari va xususiyatlari. Mavjud shaharning rivojlanishi va yangisini qurish uchun hudud tanlash. Shaharning transport tarmog’ini loyihalash.
5-mavzu. Shaharning rejaviy tuzilishi.Shaharning asosiy funksional qismlari. Aholi yashaydigan qism. Sanoat qismi. Shahar markazi. Kommunal-ombor qismi. Ko’kalamzorlar qismi. Xizmat ko’rsatish muassasalari. Tashqi transport qismi.
6-mavzu. Turar-joy tumanlari va kichik tumanlarni rejalashtirish va loyihalash. Turar-joy tumani tuzilishining asosiy prinsiplari. Turar-joy tumanlari va kichik tumanlarning funksional-rejaviy tuzilishini shakllantirishga ta’sir qiluvchi omillar. Turar-joy qurilmalari. Turar-joy tumani va kichik tumanda transport xizmati. Ko’kalamzorlar tizimi.
7-mavzu. Shaharni me’moriy-badiiy kompozitsiyasi.Shaharning me’moriy-badiiy ko’rinishini tashkil etuvchi asosiy omillar. Me’moriy ansambl, dinamika, shakl va boshqa xususiyatlar. Turar-joy tumanlari va kichik tumanlar qurilmalarining memoriy-badiiy echimlari.