1 - IDUMning
Fizika fani o'qituvchisi
Olimova Nilufarning 7-sinf uchun Fizika fanidan
“Issiqlik miqdori (Loyiha ishi. Issiqlik o'tkazuvchanlikni aniqlash).” mavzusi bo`yicha 1soatlik ochiq
Mavzu: Issiqlik miqdori ( Loyiha ishi. Issiqlik o'tkazuvchanlikni aniqlash). Darsningmaqsadi: 1)ta’limiymaqsadi; O’quvchilarga Issiqlik miqdori haqida tushunchaberish; 2)tarbiyaviymaqsadi:O’quvchilarnivatanimizfiziklariningfizikasohasidaerishilganyutuqlarorqalivatanparvarlikruhidatarbiyalash; 3)rivojlantiruvchimaqsadi:O’quvchilarnimustaqilvaijodiyfikrlashgao’rgatish, issiqlik miqdori vaungadoirmasalayechishnio’rganish. Ta’limusulivayo’li: Bellashuv, o’qituvchibayoni, mustaqilfikrlash, amaliy ish, o'yinlar, munozara, umumlashtirish. Kompetensiya:Axborotlar bilan ishlash Darsjihozi:tarqatma materiallar, formula va kattaliklar yozilgan korgazmalar, plakatlar,darslik. I.Tashkiliy qism ( 2 daqiqa). a) tozalikka etibor berish; b) salomlashish ; c) davomatni aniqlash; d) o'quvchilarni guruhlarga bo'lish. II.Otilganlarni takrorlash ( 10 daqiqa) Ichki energiya haqidagi tushunchalarni "Raketa o'yini" metodi orqali umumlashtirish va sorash. "Fizika ingliz tilida" metodi. III. Yangi mavzu bayoni (15 daqiqa) Issiqlik almashinuvi jarayonida jism olgan yoki yo'qotgan ichki energiya miqdorini belgilovchi fizik kattalik issiqlik miqdori deyiladi. Issiqlik miqdori Q harfi bilan belgilanadi. Birligi XBSda joul qabul qilingan. Oziq - ovqat mahsulotlarining energiya miqdorini kaloriyalarda hisoblash qabul qilingan. Bunda 1 kaloriya~4,2 joul. Massasi 1 kg bo'lgan moddaning temperaturasini 1°C ga o'zgartirish uchun kerak bo'lgan issiqlik miqdorini tavsiflovchi fizik kattalikka moddaning solishtirma issiqlik sig'imi deyiladi. Solishtirma issiqlik sig'imi c harfi bilan belgilanadi. Solishtirma issiqlik sig'imining birligi qilib Xalqaro birliklar sistema(SI)da [ c ]= J/kg×°C qabul qilingan. Issiqlik almashinuvi jarayonida agar issiqlik yo'qolmasa, issiq jism chiqargan issiqlik miqdori sovuq jism tomonidan olgan issiqlik miqdoriga teng bo'ladi. Issiqlik uzatilish jarayonida jismning temperaturasi t1 qiymatdan t2 qiymatga o'zgargan bo'lsa, jism olgan yoki yo'qotgan issiqlik miqdori quyidagi formulaga ko'ra hisoblanadi: Q=cm(t2-t1) bu yerda m -jism massasi, c-proporsionallik koeffitsienti bo'lib, unga moddaning solishtirma issiqlik sig'imi deyiladi, t1 - jismning boshlang'ich temperaturasi, t2- jismning oxirgi temperaturasi. IV. Yangi mavzuni mustahkamlash (15 daqiqa) Yangi mavzuni mustahkamlashda o'quvchilarga tajriba ko'rsatilib beriladi. Bunda laboratoriya jihozlari menzurka, termometr, issiq va sovuq suv kerak bo'ladi. Tajribada menzurkaga issiq suv solinadi, massasi va harorati o'lchanadi. Keyingi sovuq suvni ham xuddi shunday tartibda o'lchab olinadi. Bu yerda issiqlik miqdorlarini yuqoridagi formula asosida topish o'quvchilarga vazifa qilib beriladi. Mavzuni mustahkamlash maqsadida o'quvchilarga loyiha ishi uchun termos yasash topshirig'i beriladi. Bunda o'quvchilarga birinchi navbatda termos tuzilishi haqida, uning vazifasi haqida tushuncha beriladi. Termos yasash qoidalari: 1) shisha idish oling; 2) shisha idishni alyuminiy folga bilan o'rang; 3) ustidan porolon materialini shisha idishga moslab qirqib oling va o'rang, yopishqoq lenta(skoch) bilan birlashtiring; 4) keyin esa yana ustidan yopishqoq lenta ( izolenta) bilan o'rab chiqiladi. 5) termos tayyor.
V. O`quvchilarni rag`batlantirish va baholash ( 2 daqiqa) G'olib guruh aniqlanadi va darsda faol qatnashgan o'quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa . Mavzuni oqib konspektlashtirib darslikdagi mashqni ishlab kelish, amaliy topshiriqni bajarish ( 1 daqiqa).