Eng avvalo muvaffaqiyat nima? degan savolga javob topsak. Muvaffaqiyat nima degan savolga “Murod Buildings”, “Nest One” va ko’plab loyihalar asoschisi Murod aka Nazarovning javoblarini keltiraman: “Har biri inson muvaffaqiyatli deganda o’zini oliy maqsadiga, orzusiga , oldiga qo’ygan hayotiy maqsadiga erishsa o’shanga yaqinlashsa bu muvaffaqiyatli desa bo’ladi, ya’ni hammani hudoga ishonmaydigan ishonlarning ham hayotdagi manosi, mazmuni bo’ladi. O’sha oldiga qo’ygan maqsadiga erishsa muvaffaqiyatli bo’ladi. Muvaffaqiyat deganda pul emas, pul muvaffaqiyat bo’la olmaydi. Kimdirlar pulsiz ham muvaffaqiyatga erishadi. Masalan: Shifokorlar , Ollohni oldiga borganimda 100ta odamning joni saqlanib qolishiga sababchi bo’lishni hohlayman degan yoki bo’lmasam ko’plab dardi bor insonlarni dardigan davo topishiga xizmat qilishni hohlayman deyishi mumkin. Qanaqa kuchli shifokorlar bor puli ko’p emas, o’ylaganidan ham ko’p insonlarga foydasi teggan , muvaffaqiyatli inson desa boladi.” Demak muvaffaqiyat bu inson o’zi oldiga qo’ygan maqsadi, orzusiga erishsa muvaffaqiyat hisoblanar ekan.