Oltin kuz-hosiling yuz.
1-boshlovchi:Assalomu-alaykum aziz mehmonlar,qadrli ustozlar.
2-boshlovchi:Mehribon sinfdoshlar va qadrdon tengdoshlar.
Davraning fayzi siz-la o’zgacha
Dillarda bir shukuh,munis ehtirom,
Yurtimizda bayram,to’ylar o’zgacha
Hamma:Bugungi bayramga xush kelibsiz.
1-boshlovchi:Ulug’ bobomiz Abu Rayhon
Beruniyning yozishicha “Mehrjon bayrami” qadimdan kuz faslida nishonlanib kelingan.Yurtimizning barcha go’shalarida kun bilan tun tenglashgan vaqt 25-sentabrda kuz faslining o’rtasida hosil bayrami sifatida tantana qilinadi va e’zoz bilan bu bayram “Mehrjon “deb ataladi.
2-boshlovchi :Ko’zing chaqnoq,yuzing quvnoq
Xush kelibsan ey go’zal Kuz!
Kuz:Oltin yaproq uchar har yoq,
Men bilanchi yorug’dir yuz.
Bugub bayram tezroq yelay
Dehqon bobom chorlab kelay.
Dehqonbobo:Mana kuz ham keldi.Endi yil bo’yi yetishtirgan barcha hosillarimni nest-nobud qilmay tezda yig’ib-terib olishim kerak.Bu yilgi hosil har yilgidan ham mo’l bo’ldi.Nasib qilsa o’zbegimning dasturxoni to’kin bahorgacha ro’zg’ori obod bo’lishiga ishonaman.Yaratganga ming bora shukrkim,hosilimdan yuzim yorug’.
Kuz:Tong shamoli olib keldi meni bu tomon,
Elchidirman tinglang so’zim ey dehqonbobo,
Kutmoqdadir bolajonlar,kutar Mehrjon.
Qutlab sizni deyishmoqda
Hamma:Keling marhabo.
Dehqonbobo:Ha,aytgancha bugun sana 25 dir
Niyatlarim Mehrjonning saylin ko’rishdir,
Borishim shart ,bolajonlar meni kutmoqda
Ular shodon menga atab she’rlar bitmoqda.
Otabek:XUSH KELIBSIZ DEHQONBOBO SIZGA ASSALOM,
Hormang endi ,sizga bo’lsin eng shirin kalom.
Hamma:Assalomu-alaykum,Dehqonbobo.
Dehqonbobo:Salom aziz bolajonlar,rahmat sizga,
Davra to’rin ajratibsiz bugun bizga.
Sizga barcha hosillarim tortiq bo’lsin,
Hurmatlabsiz martabangiz ulug’ bo’lsin.
1-boshlovchi:Qo’li qadoq Dehqonbobo sizga rahmat
Charchash nima bilmadingiz Chekib zahmat
To’kinhayot seroblikni o’yladingiz
Endisizga olqish bo’lsin ,bo’lsin hurmat
[hammaqarsak bilan olqishlaydi ]
Hamma;Dehqonbobo sizga rahmat ;
Dehqonbobo ;Ko’zquvnaydi bir qarang
Hosillarim rang –barang
Hosillarim ,tilga kiring har biringiz
Aytib o’ting bolalarga o’z siringiz
Bug’doy ;Liq to’lsin har1xona
Qop-qop bug’doy don bilan
To’ldiray dasturxonni
Tandir-tandir non bilan
Paxta bilan yonma –yon
Doim birga yuramiz
O’zbekiston gerbida
Kungaboqar;Qarshi olib quyoshni
Botguncha kuzataman
Bahra olib nuridan
Ufqqa uzataman
No’xat ;Meni deydilar no’xat
Loviyaning do’stiman
Dukkaklilar safida
Men bekamu ko’stiman
Tariq:Mening nomimchi tariq
O’zim mitti sap-sariq
Bedanaga ozuqa
Bolalarga shirin bo’tqa.
Loviya:Oppoq yuzda qora xol
Yarashadi o’zimga
Maqtayapti o’zin deb.
Hayron bo’lmang so’zimga.
Ovqat men bilan shirin
Bilmaysiz buning sirin.
Dehqonbobo:Gal kepti mevalarga
Quloq soling ularga.
Olma:Olmadir mening ismim
Biram yoqimli isim
Ne’mat ichra a’loman
70 dardga davoman.
Anor:Loladek qip-qizilman,
Bog’ning erka qiziman,
Har donam marjon-marjon
Shirinman hamda nordon.
Nok:Xush ko’rishar azaldan,
Shirindurman asaldan.
Oltin kabi sap-sariq
To’nim juda yarashiq.
Anjir:Men anjirman-anjirman,
Asaldan shirindurman,
Bilsangiz sirimizni,
Xushlaymiz dilingizni.
Uzum:Marvarid shodasiday,
Ishlomlarga osig’liq.
Do’stingiz sizga tilar
Faqat shodlik va so’g’liq.
Behi:Behiman menga boqing
Meni kech kuzda qoqing.
Shaftoli:Men shaftoli –shaftoli,
Tamim judayam totli.
Xomligimda tukliman
Pishganda suyukliman.
O’rik:Meni sevganlar asli,
Kutsin ayni yoz fasli.
Turshak qilib olsangiz,
Yeysiz to’yib qish fasli.
Do’lana:Tog’ mevasiga kiraman
Mening 5ta turim bor,
Ranglarim sariq –qizg’ish
Qizil mevam dardni yengish.
Jiyda:Gulim hidi anqisa,
Darhol uzib olishar.
Mevam pishsa hovuchlab
Cho’ntaklarga solishar.
Yong’oq:Po’stimni zo’rlab ochmang,
Sabr qiling kuzgacha.
Sentabrni kutsangiz,
To’lishaman o’zgacha.
Olcha:Meni deyishar olcha
Mevamni sevar barcha
Murabboyu sharbatim
Darmondir bahorgacha
Dehqonbobo xatni ko’rsatib:
Gilos o’zi haqida
Oq qog’ozni to’ldirgan
Mehrjonga o’qing deb
Uni menga qoldirgan
(Xatni ochib o’qiydi)
Ertapishar mevaman,
Men bahorni sevaman.
May,iyun oylarida
O’z mevamni beraman
Men Gilosni unutmang
Bayramda meni kutmang
Mendan hammaga salom
Shu bilan gapim tamom.
Raqs:Xorazmcha
Dehqonbobo:Sabzavotlar yaqin keeling,O’zingizni tanishtiring
Kartoshka:Kartoshkaman bilsangiz
Mazaliman yesangiz
Kuzda kovlab olasiz
Ko’p ovqatga solasiz.
Karam:Qiyma o’rab bag’rimga
Do’lma qilib yeyishar
Totli sho’rvam ichganda
Bay-bay deb ham qo’yishar.
Piyoz:Piyozdirman qatma-qat
Unutmang do’stim hech vaqt
Lazzatli bo’lolmaydi
Men solinmagan ovqat
Turp:Meni turp deyishadi
Qirg’ichda qirishadi
Palovni suzishganda
Osh bilan yeyishadi.
Sabzi:Sabziman qizil-sariq
Mensiz palov pishmaydi
Sholg’om:Shifobaxsh ne’matman
Shamollashga men davo
Ko’z quvvatin oshirgum
Sho’rvamdan iching shifo
Garmdori:Garmdori degani
Yarim dori degani
Taomga tam beraman
Asabga dam beraman
Bir shartim bor aytayin
Ko’p ishlatsang atayin
Achchig’imga bermay dosh
Ko’zlaringdan oqar yosh
Lavlagi:Yeb ko’rsangiz qand deysiz
Go’yoki asal yeysiz
Tanaga quvvat bergum
Ham darmon ham qon bo’lgum
Dehqonbobo:Polizdagi ekinlar
Qani yaqin kelinglar
Hamma gapirib o’tdi
Navbat sizlarga yetdi.
Tarvuz:Men kabi shirin ne’mat
Topilmaydi dunyoda
Rost so’zim tatib ko’ring
Sog’likka koni foyda
Qovun:Tanaga quvvat berar
Tilimi tilni yorar
Bosvoldiyu amiri
Tanlab oling shirinin
Bodring:Ovqat bilan qo’shib yeng
Ishtahangiz ochaman
Pomidor:Men pomidor bo’laman
Vitaminga to’laman
Yozda meni so’ragan
Topishadi daladan
Qishda meni so’ragan
Topar issiqxonadan
2-boshlovchi :Bolajonlar ,mana hamma jamuljam bo’ldi,aytingchi davramizga yana kim yetishmayapti?
Hamma:Biz uchun qimmatbaho,oq oltinga teng bo’lgan PAXTAOY.
1-boshlovchi:Keling bolalar birgalikda
Paxtaoyni davraga chorlaylik
Hamma:Paxtaoy,paxtaoy davraga qo’sh fayz chiroy.
(Davraga oppoq ko’ylakda Paxtaoy kirib keladi,bolalar Oq paxta,oppoq paxta qo’shig’ini aytadilar.)
Nigina:Endi bolajonlar nechog’li topqir ekanligini bilish uchun navbatni topishmoqlarga bersak.
Javohir:Marjon-marjon yumaloq
Yaproqlari shapaloq
Qora,qizil sariq oq
Yeb ko’rmasdan o’ylab boq (uzum)
Sanjar:Mayda yoqutday qizil
Shirin nordon xilma-xil
Qalin taxir po’sti bor
Hamma yerda do’sti bor.(anor)
Ruslan:Yumaloq semiz yog’i yo’q
Po’sti qalin tuki yo’q(tarvuz)
Shaxina:Oq gulim,oppoq gulim
Husniga shaydo elim.(paxta)
(Bolalarga sovg’a beriladi)
Zulfizar:Bolajonlar endi tez aytish musobaqasini o’tkazamiz.
Zebo:Ko’k karam ko’pmi?Po’k karam ko’pmi?
Shoxijahon:Sobir sakkizta sabzi sanadi.
(O’quvchilardan g’olibiga sovg’a beriladi.)
Jasmina:Bolajonlar keling bir kulishaylik.Navbatni qatra xandalarga beramiz.
(Sahnaga ikki o’quvchi chiqib keladi va savol-javob o’tkazishadi.)
Dilnoza:Osmonda hayot bormi?
Ozoda:Osmonda hayot yo’q .Osmonda hayot nima qiladi?
Dilnoza:Osmonda hayot bor.Osmonda hayot bo’lmasa ,kim yulduzlarni terib qo’yadi.
Ozoda:Yer tagida hayot bormi?
Dilnoza:Yer tagida hayot nima qiladi?Yer tagida hayot yo’q.
Ozoda:Yer tagida hayot bor,Agar hayot bo’lmasa ,rediskani kim qizilga bo’yab ketadi.
Sahna ko’rinishi.
Kuz:Kuchli shamol esmoqda
Ko’kda bulut kezmoqda
Qushlar sayrar betinim
Kutib turolmaymiz jim
Dam g’animat bobojon
Shoshilmoq kerak har on
Dehqonbobo:Bolajonlar bizga ruxsat
Bering endi boraylik
Hosilni nobud qilmay
Tezda yig’ib olaylik
Hamma:Rahmat sizga Dehqonbobo
Hosilingiz mo’l bo’lsin!
Qut-baraka yog’ilib
Omborlar donga to’lsin
Dehqonbobo sizga bo’lsin
Quvvat doim madadkor
Bilagingiz kuchga to’lsin
Bizlar sizdan minnatdor
1-boshlovchi:Shuning bilan bizga ajratilgan vaqt o’z nihoyasiga yetdi.E’tiboringiz uchun rahmat.