Ona tili fanini oʻqitishda kinoyaning qoʻllanishi Qoʻqon shahar kasb -hunar maktabi ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Ibrohimova Mahlıyoxon Moʻminovna Annotatsiya



Yüklə 14,61 Kb.
tarix13.12.2023
ölçüsü14,61 Kb.
#175944
kinoya 2



Ona tili fanini oʻqitishda kinoyaning qoʻllanishi
Qoʻqon shahar kasb -hunar maktabi
ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi
Ibrohimova Mahlıyoxon Moʻminovna

Annotatsiya:Ushbu maqolada ona tilini o‘qitishning asosiy maqsadi,kinoya haqida tushuncha, ona tili fanini oʻqitishda kinoyaning qoʻllanishi haqida to‘xtalib o‘tilgan.
Kalit so‘zlar:ona tili, kinoya, ma‘no turi,metafora, og‘zaki,yozma, sinekdoxa, metonimiya
Umumiy o‘rta ta’limi muassasalarida ona tili fanini o‘qitishning asosiy maqsadi — o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda to‘g‘ri va ravon bayon qiladigan, kitobxonlik madaniyati shakllangan, mustaqil va ijodiy fikrlay oladigan, o‘zgalar fikrini anglaydigan — muloqot va nutq madaniyati rivojlangan shaxsni kamol toptirishdan iborat.
Umumiy o‘rta ta’limi muassasalarida Ona tili fanini o‘qitishning asosiy vazifasi:
o‘quvchi shaxsini fikrlashga, o‘zgalar fikrini anglashga, o‘z fikrini og‘zaki hamda yozma shaklda savodli bayon qila olishga qaratilgan nutqiy kompetensiyani rivojlantirish;
o‘quvchilarda grammatikaga oid o‘zlashtiriladigan bilimlarni (fonetika, leksikologiya, so‘zning tarkibi, so‘z yasalishi, morfologiya, sintaksis, yozuv va imlo, tinish belgilari, nutq uslublari, stilistikaga oid tushunchalarni) rivojlantirish;
ona tilining keng imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda to‘g‘ri va ravon bayon eta olishni rivojlantirishga qaratilgan lingvistik kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat.
So'zlarda ikki xil ma'no turi mavjud. Birinchisi o'z ma'no, ikkinchisi esa ko'chma ma'no deb yuritiladi. Birinchi ma'no turiga keladigan bo'lsak, o'z ma'no so'zlarning yakka holda kelganda ham matn ichida kelganda ham bir manoni anglatsa bu o'z ma'noli so'z deyiladi. Agar yakka holdagi ma'nosi bilan matn ichidagi ma'nosi ikki xil bo'lsa unda bu so'z matin ichida ko'chma ma'noda qo'llanayotgan bo'ladi. Qanday qilib so'zning o'z ma'noda va ko'chma ma'noda qo'llanilayotganini topishimiz mumkin degan savolga biz shunday deb javob beramiz: bu juda onson matn ichidagi so'larni yakka holda qo'llab ko'ramiz bunda yuqorida aytganimizdek matn ichidagi so'z yakka holda kelganda ham matn ichida kelganda ham bir xil ma'no anglatsa o'z ma'noda qo'llanilayotgan yoki yakka holda boshqa ma'no anglatsa ko'chma ma'noda qo'llanilaytogan bo'ladi. Buni sizga bir qancha misollar yordamida tushuntirib berishimiz mumkin.Ma‘no ko‘chishining quyidagi turlari mavjud.
1. Metafora
2. Metonimiya
3. Sinekdoxa
4. Vazifadoshlik
Bundan tashqari bu qatorga kinoyani ham kiritib o‘tishimiz mumkin.
Shuningdek, Ona tili fanini oʻqitishda kinoyaning qoʻllanishi haqida to‘xtalib o‘tishni joiz deb topdik. Kinoya — uslubiy vosita; maʼqullagandek yoki rizo bergandek boʻlib, rad etish, istehzoli kulish. Kinoyada soʻz yoki ifoda nutqda asl maʼnosiga teskari, hatto uni rad etuvchi mazmun kasb etadi. Kinoya uslubiy vosita sifatida majoziy soʻzlar orqali piching va istehzoni ifodalaydi. Komiklikning bir turi boʻlgan kinoyada kulgililik jiddiylik niqobi ostiga yashirinib, oʻzida soʻzlovchidagi ustunlik yoxud gumonsirash tuygʻusini aks ettiradi. Kinoya xalq ogʻzaki ijodida ham, yozma adabiyot namunalarida ham keng qoʻllanadi. Alisher Navoiyning "Lison ut-tayr", Gulxaniyning "Zarboʻlmasal", Abdulla Qahhorning "Mayiz yemagan xotin" va boshqa asarlarda Kinoya jonli va konkret badiiylik yaratishga xizmat qilgan.
Quyida keltirilgan gaplarda ona tili darsliklaridan olingan kinoyaga oid misollar keltirib o‘tilgan.
-Xoʻsh, sizcha nima qilish kerak, oʻqimishli akam! — dedi kinoya bilan Yoʻlchi. Oybek, „Tanlangan asarlar“ .
Saodatxonning.. yuzidagi jiddiylik oʻrnini gʻalati, kinoyaga oʻxsha-gan tabassum egalladi. S. Zunnunova, „Yangi direktor“ . -Norboyevamisiz? Mehnatdan qochib kelibsiz-da, singlim, —
Uning koʻzoy-nak orqasidagi koʻzlari kinoya bilan qisil-di. Oʻ. Hoshimov, „Qalbingga quloq sol“ .
Shodi Mudarrisovich.. iljayib turar, soʻzlarida hazil aralash kinoya ohangi bor edi. D. Nuriy, „Osmon ustuni“ .

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.O'zbek tili stilistikasi.T. :O'qituvchi, 1983,-B.246
2. O'zME.Birinchi jild.Toshkent,2000-yil
3.Yu. K.Babanskiy. Hozirgi zamon umumiy taTim maktabida, o'qitish metodlari. Toshkent. " Oqituvchi" 1990 yil.
4. M.Mahmutov. Maktabda muammoli taTimni tashkil qilish. Toshkent. "Oqituvchi" 1981 yil.
5. M.Saidov. Muammoli korgazmalardan foydalanish. " Til va adabiyot taTimi" jurnali. 1993 yil. 5-6 qo'shma soni. 13-14 betlar.
6. www.ziyonet.
Yüklə 14,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin