1. Boshlang‘ich sinf ona tili faniga qo‘yiladigan talablar to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni toping.
a) og‘zaki nutq, yozma nutq
b) og‘zaki nutq, tinglab tushunish.
d) og‘zaki nutq, yozma nutq, anglash (oʻqish va tushunish, tinglab tushunish), lingvistik kompetensiya.
e) yozma nutq, tinglab tushunish, o‘g‘zaki nutq
2. Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida 1-sinf o‘quvchilarida shakllantiriladigan malaka talab to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni toping.
a) savod chiqarish va yozma nutq, og‘zaki nutq, o‘qish va tushunish, tinglab tushunish, lingvistik kompetensiya.
a) og‘zaki nutq, savod chiqarish, yozma nutq, tinglab tushunish
b) tinglab tushunish, savod chiqarish va yozma nutq
e) lingvistik kompetensiya.
3. Boshlang‘ich sinflarda badiiy asar ustida ishlash necha bosqichga bo‘linadi/
a) 3 bosqichga
b) 2 bosqichga
d) 4 bosqichga
e) 5 bosqichga
4. Badiiy asar tahlili jarayonida matn ustida ishlashning turlari soni to‘g‘ri ko‘rsatolgan qatorni toping.
a) 4 ta
b) 5 ta
d) 3 ta
e) 6 ta
5. 1-sinf Ona tili va o‘qish savodxonligi darsliklarining bo‘limlari to‘g‘ri ko‘satilgan qatorni toping.
a) ‘Til va dil”, “San’at va madaniyat”, “Men, sen, u va ular”
b) “San’at va madaniyat”, “Fan va texnologiyalar”, “Tabiat ne’matlari”.
d) “Tabiat ne’matlari”, “Men, sen, u va ular”, “Til va dil”, “San’at va madaniyat”
e) “Men sen, u va ular”, “Tabiat ne’matlari”, “Sog‘ tanda sog‘lom aql”, “San’at va madaniyat”, “Til va dil”, “Fan va texnologiyalar”
6. 2-sinf Ona tili va o‘qish savodxonligi darsliklarining bo‘limlari to‘g‘ri ko‘satilgan qatorni toping.
a) “Men, sen, u va ular”, “O‘zbekiston-mening vatanim”, “Tabiat ne’matlari” “San’at va madaniyat”, “Huquqimiz-haqimiz”.
b) “O‘zbekiston-mening vatanim”, “Men, sen, u va ular”, “Tabiat ne’matlari”,”Sog‘ tanda sog‘lom aql”, “Kasbim-faxrim”, “Yosh iqtisodchi”, “Fan va texnologiyalar”, “Til va dil”, “Tarix xazinalari”, “San’at va madaniyat”, “Huquqimiz-haqimiz”.
d) “Kasbim-faxrim”, “Yosh iqtisodchi”, “Fan va texnologiyalar”, “Til va dil”, “Tarix xazinalari”, “San’at va madaniyat”.
e) “Tabiat ne’matlari”,”Sog‘ tanda sog‘lom aql”, “Kasbim-faxrim”, “Yosh iqtisodchi”, “Fan va texnologiyalar”.
7. 2-sinf Ona tili va o‘qish savodxonligi darsligi necha bo‘limdan iborat?
a) 8 ta
b) 10 ta
d) 11 ta
e) 12 ta
8 . 1-sinf Ona tili va o‘qish savodxonligi darsligi necha bo‘limdan iborat?
a) 6 ta
b) 8 ta
d) 10 ta
e) 7 ta
9.Tasvirlashda leksik-uslubiy tayyorgarlik ko‘riladi, ya’ni yozuvchi, shoir qo‘llagan birliklarga o‘quvchilar diqqati tortiladi va ular tahlil qilinadi. Ushbu ish turidan matn ustida ishlashning qaysi turida foydalaniladi?
a) asar rejasini tuzishda
b) o‘quvchilarni savol tuzishga o‘rgatishda
d) grafik tasvirlashda
e) so‘z bilan tasvirlashda
10. Asar tilining ma’nodorligi, o‘tkirligi, ta’sirchanligi va xalq tiliga yaqinligi kabi ushbu asoslar qaysi janrga mansub?
a) ertak
b) hikoya
d) masal
e) she’r
11. Misralar oxirida keladigan ohangdosh so‘zlar nima deb ataladi?
a) ritm
b) pauza
d) qofiya
e) o‘xshatish
12. Bir-biriga monand kichik bo‘laklarning izchil va bir me’yorda takrorlanib kelishi nima deyiladi?
a) diksiya
b) tembr
d) pauza
e) ritm
13. Qaysi matn tipida “muallif yoki asar qahramoni o‘zi boshidan o‘tkazgan, eshitgan, о‘qigan yoki guvoh bо‘lgan biror bir voqeani hikoya qilib beradi”?
a) Tasviriy matnda.
b)Hikoya mazmunli matnda
d)Nasihat mazmunli matnda
e) Hissiy ifoda mazmunli matnda
14. Qaysi matn tipida tinglovchiga noma’lum bо‘lgan biror kishi, joy, hayvonot va nabotot olamiga mansub mavjudot yoki qandaydir narsa-buyum hamda voqea-hodisa batafsil tasvirlanadi?
a) Tasviriy matnda
b) Hikoya mazmunli matnda
d) Buyruq mazmunli matnda
e) Tо‘g‘ri javob berilmagan.
15. Qaysi matn tipida aytilayotgan fikrning ishonarliligini ta’kidlash uchun turli dalil va izohlar keltiriladi?
a) Tasviriy matnda
b) Nasihat mazmunli matnda
d) Izoh mazmunli matnda
e) Tо‘g‘ri javob berilmagan
16. O‘qish va yozuv malakasi...
a) tilga oid malaka
b) nutqqa oid malaka
d) til va nutqqa oid malaka
e) ichki va tashqi nutqqa oid malaka
17.Intonatsiyaga to‘g‘ri ta’rif berilgan qatorni toping.
a) Og‘zaki nutqning birgalikda harakat qiluvchi unsurlari: urg‘u, nutq tempi va ritmi, pauza va ovozning past balandligining yig‘indisidir.
b) Og‘zaki va yozma nutqning birgalikda harakat qiluvchi unsurlari; urg‘u, nutq tempi, ovozning past balandligi yig‘indisi
d) Og‘zaki nutqning birgalikda harakat unsurlarining birligi
e) Og‘zaki nutqning birgalikda harakat unsurlarining birligi; urg‘u va ovozning past balandligi
18.Diksiya malakasi to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni toping.
a) Burro gapirish
b) Tez gapirish
c) Ohang bilan
d) Chiroyli gapirish
19. Nutq jarayonida nafasni to‘g‘ri olish va to‘g‘ri taqsimlay bilish
a) Har bir tovushning to‘g‘ri artikulyatsiyasi va aniq diksiya malakasinini egallashdir.
b) Adabiy talaffuz me’yorlarini egallash kabi vazifalarni bajaradi
d) O‘quvchilar chiroyli yozuv asoslarini egallashi uchun muhim shartlardan biridir.
e) O‘quvchilarning ifodali nutq va ohang asoslarini ifodalaydi.
20. Matn funksional uslubiy mohiyatiga ko‘ra qanday tarmoqlarga bo‘linadi?
a) badiiy matn, ulmiy matn, rasmiy matn
b)ilmiy matn, badiiy matn, rasmiy matn, ommabop matn
d) ommabop matn, badiiy matn
e) ilmiy matn, ommabop matn, rasmiy matn
21. Matnlarni mazmuni va maqsadiga ko‘ra tiplari to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni toping.
a) muhokama, tasvir
b) hikoya, muhokama
d) muhokama, tasvir, hikoya
e) tasvir, hikoya
22. Badiiy matnning ifoda mazmuniga ko‘ra tiplari soni to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni toping.
a) 8 ta
b) 7 ta
d) 10 ta
e) 12 ta
23. Voqea-hodisa, narsa-buyumlar o‘rtasidagi о‘zaro yaqinlik va bog‘liqlik asosida ma’no ko‘chishiga
a) Metafora deyiladi.
b) Metonimiya deyiladi.
d) Sinekdoxa deyiladi.
e) Mubolag‘a deyiladi.
24.Badiiy matnda narsalarni voqea va hodisalarni, his-tuyg‘ularni belgi-xususiyatlarini о‘ta bо‘rttirib tasvirlashga nima deyiladi?
a) mubolag‘a
b) metonimiya
d) tasviriy ifoda
e) kichraytirish
25.Biror predmetning nomini boshqa predmetga shakl, belgi va harakat о‘xshashligini e’tiborga olib nom kо‘chirish ...
a) Monolog deyiladi.
b) Metafora deyiladi.
d) Sinekdoxa deyiladi.
e) Parallelizm deyiladi.
26. Til birligini uning haqiqiy ma’nosiga qarama-qarshi ma’noda, kesatiq, qochirim, piching bilan ishlatishdan iborat ko‘chimga nima deyiladi?
a) Metonimiya deyiladi.
b) Metofora deyiladi.
d) Sinekdoxa deyiladi.
e) Kinoya deyiladi.
27. Badiiy matnda ikki narsa yoki voqea-hodisa o‘rtasidagi o‘xshashlikka asoslanib, ularning biri orqali ikkinchisining belgisini, mohiyatini to‘laroq, aniqroq,, bo‘rttiribroq ifodalashga …… deyiladi.
a) metafora
b) o‘xshatish
d) sinekdoxa
e) kinoya
28. Badiiy matnni leksik tahlil qilishda nimalarga asoslaniladi?
a) so‘z ma’nolari ustida ishlashga
b) tovush-harf ustida ishlashga
d) so‘zlarni morfem tarkibi ustida ishlashga
e) gap ustida ishlashga
29. Fikrni bayon etish ehtiyojini amalga oshirishga qaratilgan, tugallangan mavzuni ifodalaydigan, mantiqiy va grammatik qoidalar asosida tuzilgan , mustaqil , tugallangan va o‘zaro bog‘langan , ma’noli qismlarga bo‘linadigan nutq –
a) hikoya deyiladi
b) bog‘lanishli nutq deyiladi
d) ichki nutq deyiladi
e) tashqi nutq deyiladi
30. Tilda mavjud bo‘lgan barcha so‘z va iboralarning yig‘indisi –
a) lug‘at tarkibi yoki leksika deyiladi
b) olinma so‘zlar deyiladi
d) iboralar deyiladi
e) to‘g‘ri javob berilmagan
31. Talaffuzi, yozilishi har xil bo‘lgan , bir umumiy tushuncha ( ma’no ) ifodalaydigan so‘zlar ......
a) ma’nodosh ( sinonim ) so‘zlardir
b) shakldosh ( omonim ) so‘zlardir
d) zid ma’noli ( antonym ) so‘zlardir
e) to‘g‘ri javob berilmagan
32. 1-sinf Ona tili va o’qish savodxonligi darsligida berilgan ”Mehribon kelinoyi” she’r matnidagi quyidagi: bildirmayman, qildirmayman, akam, opam, doim, kelinoyim so’zlari qanday so’zlar hisoblanadi?
a) ma’nodosh so’zlar
b) qarama-qarshi ma’noli so’zlar
d) iboralar
e) ohangdosh so’zlar
33. 1-sinf Ona tili va o’qish savodxonligi darsligida berilgan ”Qora oltin” nomli matn qanday matn sirasiga kiradi”
a) hikoya
d) she’r
d) ertak
e) ilmiy-ommabop matn
34. – Ha, tez orada butun borliq qishning oppoq va qalin ro’moliga o’ranadi. Ushbu gapdagi ro’moliga so’zi qanday ma’noda qo’llanilgan?
a) ko’chma ma’noda
b) qarama-qarshi ma’noda
d) ma’nodosh so’z ma’nosida
e) shakldosh so’z ma’nosida
35. 2 -sinf Ona tili va o’qish savodxonligi darsligida berilgan ”Mahallamiz jarchisi” she’rining muallifi kim?
a) Po’lat Mo’min
b) Anvar Obidjon
d) Abdurahmon Akbar
e) Quddus Muhammadiy
36. Og’zi qulog’ida, bir yoqadan bosh chiqarmoq, tomdan tarasha tushganday, tepa sochi tikka bo’ldi kabi quyidagi birikmalar nima deyiladi?
a) iboralar
b) maqol
d) matal
e) hikmatli so’z
37. O’qish malakalari to’g’ri ko’rsatilgan qatorni toping.
a) tez o’qish, ichda o’qish, ovozli o’qish
b) shivirlab o’qish, ovozli o’qish, ifodali o’qish
d) to’g’ri, tez, ongli, ifodali
e) ishda o’qish, ovozli o’qish, shivirlab o’qish
38. Boshlang’ich ta’limda badiiy matnlarni o’qishda o’qishning nechta turidan foydalaniladi?
a) 3 ta
b) 4 ta
d) 5 ta
e) 2 ta
39. Boshlang’ich ta’limda badiiy asar tilini tahlil qilishda o’quvchilarda qanday ko’nikmalar shakllantiriladi?
a) o’z ona tiliga muhabbat hissini shakllantirish ko’nikmasi
b) badiiy asarni ongli o’qish ko’nikmasi
d) asar g’oyasini idrok etish va nutqi rivojlantirish ko’nikmasi
e) barcha javoblar to’g’ri
40. Ona tili va o’qish savodxonligi darsliklarida berilgan qaysi matnda ko’proq jonlantirishlar, o’xshatish va mubolag’alardan keng tarzda foydalaniladi?
a) ertak matnida
b) masal matnida
d) hikoya matnida
e) she’r matnida
41. ”Yurt boshiga ish tushsa, Er yigit hozir” maqolida qanday tasviriy vosita qo’llanilgan?
a) jonlantirish
b) metafora
d) metonimiya
e) sinekdoxa
42. ”Ayoz bobo novvot sotdi, Olgan edim, qo’lim qotdi” topishmog’ida qanday tasviriy vosita qo’llanilgan?
a) mubolag’a
b) jonlantirish
d) o’xshatish
e) kinoya
43. Axloqiy, satirik va kesatiq mazmunli kinoyaviy obrazlarda aks ettirgan aksariyat kichik she’riy, ba’zan nasriy asar nima deb ataladi?
a) ertak
b) hikoya
d) maqol
e) masal
44. Ohang jihatidan ma’lum bir tartibga solingan, his-tuyg’u ifodasi sifatida vujudga kelgan hayajonli ritmik nutq......deyiladi?
a) she’r
b) maqol
d) ertak
e) topishmoq
45. Matnni qaysi jihatiga ko’ra ilmiy, badiiy, rasmiy, ommabop turlarga bo’linadi?
a) mazmuniga ko’ra
b) g’oyasiga ko’ra
d) uslubiga ko’ra
e) bog’lanishiga ko’ra
46. Matnning ichki tomonini nima birlashtirib turadi?
a) sintaktik vositalar
b) mazmun yaxlitligi
d) shakl va mazmun dialektikasi
e) tasviriy vositalar
47. Badiiy uslubda minimal matn deyilganda nimalar nazarda tutilmaydi?
a) qatralar, maqollar
b) matallar, aforizmlar
d) she’r va she’riy parchalar
e) dostonlar, rivoyatlar Taxminan e 48. Nutq hosilasi ... dir
a) matn
b) fonema
d) leksema
e) morfema
49. Qaysi matnni tahlil qilishda nutq tovushlarining estetik imkoniyatlari tez va qulay idrok etiladi hamda o’ziga xos jozibador ohang bo’ladi?
a) she’r matnida
b) hikoya matnida
d) masal matnida
e) rivoyat matnida
50. Adabiy asarning badiiy qimmatini, ifodaliligini, ekspressivlikni kuchaytirish uchun bir narsaning nomini, belgisini ikkinchisiga ko’chirish yoki so’zlarning umuman ko’chma ma’noda ishlatilishiga nima deyiladi?
a) iboralar
b) ko’chimlar
d) so’zlar
e) gaplar
51. Saxiy ona tabiat, quchog’ida havo sof misralarida qanday tasviriy vosita qo’llangan?
a) metoniviya
b) kinoya
d) metafora
e) sinekdoxa
52. Ayomajiz izg’iydi,
Ko’chalarda tutoqib.
Shox-shabbani tortqilar,
Yalmog’izdek yutoqib kabi misralarda qanday badiiy vositalar qo’llanilgan?
a) jonlantirish va o’xshatish
b) mubolag’a va o’xshatish
d) o’xshatish va kinoya
e) kichraytirish va kinoya
53. Buvim, oyim va dadam
Surpada bo’lishdi jam.
Kechga yaqin, shu kuni
Buvim katta qovunni –
So’yib berdilar asta
Qildilar tilim, kosa
Eh, shirin ekan rosa!
Ushbu she’r matnidagi ajratilgan tilim so’zining izohini aniqlang.
a) Poliz mahsulotining teng ikkiga ajratilgan pallasi.
b)Poliz mahsulotining uzun-uzun qilib kesilgan bo’lagi.
d) Poliz mahsulotining ichidan saralanib, tanlab olingani.
e) Poliz mahsulotining yeb bo’lingandan keyingi po’chog’i.
54 . 3-sinf Ona tili va o‘qish savodxonligi darsligida berilgan “Metroda” she’rining muallifi kim?
a) Abdurahmon Akbar
b) Dishod Rajab
d) Po‘lat Mo‘min
e) Qambar Ota
55.STO‘ning mustaqil o‘qish malakasini shakllantirish bosqishlari to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni belgilang.
a) tayyorlov, boshlang‘ich, asosiy
b) ifodali, badiiy, mantiqiy
d) tanlab o‘qish, adabiy o‘qish
e) analitik bosqich, sintetik bosqich
56. Sinfdan tashqari o‘qish uchun kitob tanlashda nechta tamoyillarga amal qilinadi?
a) 2 ta
b) 3 ta
d) 5 ta
e) 6 ta
57. Sinfdan tashqari ommaviy ishlarga nimalar kiradi?
a) o‘quvchilar o‘qigan kitoblari yuzasidan suhbat o‘tkazish
b) kitobni targ‘ib qilish, kutubxonaga yozilish
d) o‘quvchilarning o‘qiganlarini hisobga olish.
e) adabiy ertaklar, viktorinalar, yozuvchilar bilan ushrashuvlar, adabiy ekskur-siyalar
58.STO‘ darslari uchun kitob tanlashda qanday tamoyilga amal qilinadi?
a) mavsumiy tamoyilga
b) tarbiyaviy maqsadga
d) ta’limiy maqsadga
e) asarlar janriga
59. STO‘ darslarida kitob tanlashda tarbiyaviy maqsad ko‘zda tutilgan to‘g‘ri qatorni toping.
a) o‘quvchilar o‘ziga qiziqarli bo‘lgan kitoblar
b) adabiy tushunchalarni shakllantirish
d) o‘quvchilarga Vatanimizning o‘tmishi, mustaqillik uchun kurash, xalq qahramonlari, xalq turmush tarzi, oila, maktab va jamoat joylarida o‘zaro munosabat, tabiat va uni asrab-avaylash haqida.
e) matn ustida ishlashga o‘rgatish
60. Hikoyaga berilgan ta’rif qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan.
a) Hikoya bilan tanishtirish uning sujetini tushuntirishga bog‘lab olib boriladi.
b) Hikoya kichik hajmli badiiy asar bo‘lib, unda kishi hayotidagi ma’lum bir voqea, hayotning muhim tomonlari umumlashtirib tasvirlanadi.
d) Inson xarakteriga xos xususiyatlar insonlar obrazlari orqali ochib beriladi. e) Hikoyada kishilar hayotida uchraydigan hayotning muhim tomonlari umumlashtirib tasvirlanadi
61. Hikoyani o‘qish darslarida asosiy ish turi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan.
a) Hikoyani o‘qish darslarida hikoyani o‘qishga bag‘ishlangan izohli o‘qish darslarida o‘qilgan hikoya mazmunini ochish, lug‘at ustida ishlash, o‘qilgan matnni qayta hikoyalash asosiy ish turi hisoblanadi.
b) Hikoya mazmuni odatda savollar asosida tahlil qilinadi.
d) Hikoya mazmunini ochish, lug‘at ustida ishlash, o‘qilgan matnni qayta hikoya-lash va ifodali o’qish asosiy ish turlaridan hisoblanadi.
e) Hikoya mazmunini tahlil qilish hamda dalillar, mulohazalar, xulosalarni taqqoslash, voqea-hodisalar, xatti-harakat o‘rtasidagi bog‘lanishlami aniqlash va umumlashtirish uchun foydalaniladi.