O‘ng qo‘lda zarba berish



Yüklə 80,59 Kb.
tarix03.03.2023
ölçüsü80,59 Kb.
#86362
bokis 12

O‘ng qo‘lda zarba berish


Zarba jangovar tik turishdan beriladi. O‘naqaylar uchun o‘ng musht, chapiga qaraganda, nishondan uzoqroqda turadi, shuning uchun bunday zarbalar ko‘pincha kuchli zarbalar sifatida qo‘llaniladi. Biroq o‘ng mushtning nishongacha bo‘lgan ancha uzun yo‘li raqibga samarali himoyani tashkil etishga imkon beradi. Shu sababli o‘ng qo‘lda to‘g‘ridan bittalik zarbalar chap qo‘lda to‘g‘ridan beriladigan zarbalarga nisbatan kamroq qo‘llaniladi (11, 12-rasmlar).






O‘ng qo‘lda to‘g‘ridan boshga zarba


Bokschi “kuchga” ko‘rsatma berilgan zarbani bajarish paytida bir vaqtning o‘zida o‘ng oyoqda tayanchdan depsinib, gavdasini vertikal o‘q atrofida buradi. Birmuncha kechroq qo‘l tirsak bo‘g‘imidan yoziladi va o‘sib boruvchi tezlik bilan nishon tomonga harakatlanadi.

12-rasm. O‘ng qo‘lda to‘g‘ridan gavdaga zarba


Bir vaqtning o‘zida gavdani burish va tayanchdan oyoq bilan depsinish davom etadi hamda o‘ng yelka oldinga chiqariladi. Bundan tashqari, avval tayanch maydonining o‘rtasida turgan UOM uning oldingi chegarasiga ko‘chadi va oldinda turgan chap oyoq kaftining markaziga tushadi. Bokschi zarba harakati oxirida chap oyoqqa tayanadi, gavdasining o‘ng tomoni bilan raqibga bir oz burilgan, o‘ng yelka oldinga chiqarilgan va tayanchning oldingi chegarasi darajasida turadi, qo‘l tirsak bo‘g‘imidan yozilgan va mushti zarbaga tegib turadi. Bunda u chap qo‘li bilan gavdasi va boshini yopib, qarshi zarbalardan ehtiyotlanadi. Yaqin masofada zarba yuqorida ta’riflanganga o‘xshash bajariladi, lekin qo‘l to‘liq yozilmaydi – tirsak bo‘g‘imida ma’lum bir bukilish burchagi saqlanadi. Bunda eng muhim jihati tirsak bo‘g‘imida antagonist mushaklar – bilak bukuvchilari va yozuvchilarining harakatlarini to‘sish hisoblanadi, bu zarba richagi – qo‘lning qattiqligini hosil qiladi.
Nishongacha bo‘lgan masofa uzatilgan qo‘l uzunligidan ko‘proq, to‘g‘ridan zarbani esa qadam tashlamasdan bajarish zarur bo‘lgan holda bokschi yelkasini ancha uzoqroqqa chiqarish maqsadida bir oz pastga-oldinga engashadi. Bu qo‘shim-cha harakat nishongacha yetib borishga yordam beradi.
“Tezlikka” ko‘rsatma berilgan zarbani bajarish paytida harakatning boshlang‘ich bosqichi to‘laligicha saqlab qolinadi: bokschi bir vaqtning o‘zida o‘ng oyoqqa tayanchdan depsinib, gavdasini vertikal o‘q atrofida buradi, so‘ngra nishonga qarab qo‘lda zarba harakatini bajaradi. Lekin qo‘l harakati boshlanishi mahal gavdani burish deyarli to‘xtatiladi va zarba faqat bitta qo‘l harakati hisobiga amalga oshiriladi. Bunda zarba mushtning harakat tezligi bo‘yicha ancha tez, lekin kam darajada kuchli bo‘ladi.
Yüklə 80,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin