Ongni shakllantirishda pedagogning



Yüklə 278,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix13.12.2023
ölçüsü278,53 Kb.
#175736
  1   2   3
1626-Текст статьи-4545-1-10-20221110



Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2022 йил № 9)
ISSN 2181-1709 (P)
214
Education and innovative research 2022 y. №9
BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA HUQUQIY 
ONGNI SHAKLLANTIRISHDA PEDAGOGNING 
KREATIVLIGI
https://doi.org/10.53885/edinres.2022.9.09.030
Jumayeva Feruza Faxriddinovna
BMTI akademik litseyi yetakchi o’qituvchisi
Annotatsiya. Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida huquqiy 
ongni shakllantirishda o‘qituvchini kreativ harakatlari va uning samarasi 
xususidagi fikrlar bayon qilingan.
Kalit so‘zlar: kreativ, huquqiy ong, boshllang‘ich sinf, o‘quvchi, interaktiv 
usul.
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni rivojlantirib borish qonun 
ustuvorligini ta’minlash va qonuniylikni mustahkamlashning eng muhim 
shartlaridan biri hisoblanadi. Yurtimizda so‘nggi yillarda milliy huquq tizimini 
tubdan isloh qilish, jamiyatda huquqiy madaniyatni shakllantirish borasida 
sezilarli ishlar amalga oshirildi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. 
Mirziyoyevning 2019 yildagi “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni 
yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida” Farmonida “yosh 
avlod ongiga huquq va burch, halollik va poklik tushunchalarini hamda 
odob-axloq normalarini chuqur singdirib borish, Konstitutsiyaning muhim 
jihatlarini ularga bolaligidan boshlab oʻrgatish;” asosiy vazifa qilib belgilab 
berilgan bo’lib, ushbu me’yoriy hujjat huquqiy demokratik davlat hamda 
fuqarolik jamiyatni qurishni o’z maqsadi qilib olgan jamiyatimiz uchun 
huquqiy tarbiyaning asosini belgilab beruvchi asosiy tamoyil bo’lib xizmat 
qiladi. Darhaqiqat har qanday jamiyatda yosh avlodning ta’lim-tarbiyasi 
doimo dolzarb muammo sifatida e’tirof etiladi. Uning ikkinchi muhim 
jihati esa yoshlarning ijtimoiy-huquqiy ongini shakillantirishda huquqiy 
tarbiyaning rolidir.
O’zbekiston Respublikasining uzluksiz ta’lim tizimining ajralmas va 
eng asosiy bo’g’ini boshlang’ich ta’lim ekanligini e’tiborga olgan holda 
aynan huquqiy tarbiyani rivojlantirishga shu bosqichda alohida ahamiyat 
berish maqsadga muvofiqdir. Boshlang’ich ta’limda o’quvchilar huquqiy 
jihatdan chuqur nazariy va amaliy bilimlar hamda malaka va ko’nikmalarga 
ega bo’lishi bilan birga milliy urf-odatlar va qadriyatlarni hurmat qilishi, 
ma’naviy, ruhiy, jismoniy jihatdan sog’lom va barkamol, fuqorolik burch 
va mas’uliyatini shakllangan bo’lib voyaga yetishlari kerak. O’quvchilarda 
huquqiy tarbiyalashda maktab miqyosida olib boriladigan, ma’naviy-ma’rifiy 
ishlarni olib borishda xalqning boy merosidan unumli foydalanish, uning 
tizimli asosini ishlab chiqish, o’z oldimizga qo’ygan maqsadimizni samarali 
amalga oshishishiga sababchi bo’ladi. Chunki, huquqiy tarbiya bu- tashkiliy 
ravishda muntazam olib boriladigan, aniq maqsadni ko’zlagan va shaxsga 


Образование и инновационные исследования (2022 год №9)
ISSN 2181-1717 (E)
215
http://interscience.uz
«guruh shaxslariga» ta’sir qila oladigan, ularda huquqiy ong, huquqiy bilim, 
qonunlarga rioya qilish xislatlarini vujudga keltiradigan harakatdir. Aynan 
o’qitish jarayonida olib boriladigan ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlar asosida 
boshlang’ich sinf o’quvchilarida huquqiy tushunchalarni shakllantirish bu 
har bir o’quvchining ichki hayoti, muhit kechinmalari, aqliy qobiliyatlari, 
idrokini mujassamlashtirish, Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi 
yo’lida xizmat qilish, O’zbekistonda yashayotgan barcha millat va elatlarning 
qadriyatlari, tili, madaniyati, diniy e’tiqodi, urf-odat va an’analarni hurmat 
qilish, ularni asrab avaylash va rivojlantirish, ma’rifatli, bilimli, huquqiy 
jihatdan madaniyatli, ma’naviy axloqiy fazilatlarga ega bo’lgan shaxs bo’lib 
yetishishi demakdir. Fuqarolik tarbiyasi tagzaminida xalq o’tmishi, tarixini 
o’rganish milliy qadriyatlar mohiyatini anglashga asoslangan faoliyatga 
o’quvchilarni yo’naltirish ijtimoiy maqsadni amalga oshirishga qaratirilgan 
yo’l sanaladi. O’quvchilarni haqiqiy fuqaro etib tarbiyalash, ularda fuqarolik 
tuyg’usini rivojlantirish, fidoiy, vatanparvar fuqaro sifatida tarbiyalash 
asnosida ta’minlanadi. Yosh avlodda fuqarolik hissi va e’tiqodini tarbiyalamay 
turib, ularda axloqiy, xulqiy odatlar va huquqiy ko’nikmalarni shakllantirib 
bo’lmaydi. Shuning uchun ham fuqarolik tuyg’usini qaror toptirish 
murakkab jarayon hisoblanadi. Bunda dastlab o’quvchilarga fuqarolikning 
mohiyati va me’yoriy qoidalar mazmuniga oid ilk tushunchalar to’g’risida 
bilimlar beriladi. Avvalo, o’quvchiga fuqarolik odobi va madaniyati haqidagi 
tushunchalar beriladi, bu xildagi hatti-harakatlarga oid ibratli shaxslar 
faoliyatidan namunalar keltiriladi, so’ngra faoliyat uyushtiriladi. Ana shu 
asosida ularda fuqarolik tushunchasi shakllanadi va fuqarolik xulqiy odatlari, 
ko’nikmalar hosil qilinadi. Badiiy va ilmiy adabiyotlar, matbuot yangiliklari, 
kinofilm, spektakl g’oyalari, turli suhbatlar mazmunini tushuntirish, targ’ib 
etib borish orqali o’quvchilar ongiga fuqarolik tushunchalari singdiriladi.
Darhaqiqat bugungi kunda ta’lim sohasida olib borilayotgan keng 
ko’lamli islohotlar, ta’lim mazmunini takomillashtirishga oid qabul qilingan 
hukumat qarorlari, ta’limni hayot bilan bog’lashni, o’qitish samaradorligini 
oshirishni, tez taraqqiy etib borayotgan jamiyat uchun har tomonlama 
rivojlangan faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo’lgan barkamol avlodni 
tarbiyalab yetishtirishni talab qiladi. Bu o’rinda ta’lim jarayoniga innovatsion 
pedagogik texnologiyalarning kirib kelishi va qo’llanishi davr talabi bilan 
bevosita bog’liqdir. Shuning uchun ham yosh avlodni rivojlangan huquqiy 
madaniyatli qilib tarbiyalash pedagog kadrlardan yangicha yondashuv hamda 
ijodkorlik, kreativlikni talab etadi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida huquqiy 
ongini shakllantirish jarayoni o’ziga xos xususiyatlarga ega. Chunki huquqiy 
ong jamiyatda ijtimoiy ongning boshqa shakllaridan – falsafa, siyosat, din, 
axloqdan farq qiladi. U jamiyatda ijtimoiy ongning maxsus shakli bo’lib 
hisoblanadi, chunki huquqiy ong keng tushuncha bo’lib, jamiyatda huquqiy 
normalarni qabul qilish, ularni turmushda qo’llash, huquq to’g’risida 
bilimlarning, ya’ni huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya to’g’risidagi 



Yüklə 278,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin