Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2022 йил № 9)
ISSN 2181-1709 (P)
218
Education and innovative research 2022 y. №9
kreativ texnologiyasi bo’lib, uning maqsadi – insonda ijodkorlikni uyg’otish
va uning o’zida bor bo’lgan ijodiy imkoniyat (potensial)ni rivojlantirishdir.
O’qitishning kreativ texnologiyasi bajarilganda shaxs ijodkorlik ob’yekti
darajasidan ijodkor sub’yektga o’tkaziladi, o’quv materiali o’zlashtirish
fanidan biron ijodkorlik, yaratuvchanlik maqsadiga erishish vositasiga
aylanadi. Kreativ texnologiya yangi kerakli bilim olish, yaratish va ishlab
chiqarishga qaratilgan. Boshlang`ich sinf o`quvchilarining kreativlik
yo`naltirilganligini quyidagi pedagogik shart-sharoitlar asosida shakllantirish
mumkin, agarda: - boshlang`ich sinf o`quvchilarining tug`ma istedodi
gavdalansa; - dunyoda va yurtimizda ro`y berayotgan yangiliklardan boxabar
bo`lib borsa va ularni kundalik hayoti faoliyatida qo`llab borsa; - mavjud
psixologik to`siqlarni yengib o`ta olsa; - o`quvchilarning kreativ salohiyati
o`qituvchilar tomonidan e`tiborga olinsa va qo`llab-quvvatlansa.
Buyuk olim V.A.Slastinin ijodkorlikning asosiy xislatlarini quyidagicha
belgilagan:
shaxsning ijodiy motivatsiyani qo`llaganligi.
qiziquvchanlik, ijodiy qiziqish, ijodiy yutuqlar, peshqadamlikka va o`z
kamolotiga intilish kreativlik, bu - xayoliy qarash;
baho bera olish qobiliyati va o`z kamolotiga intilish;
ijodiy faoliyatiga hamkorlik va o`zaro yordam berish qobiliyati;
Kreativ salohiyatga ega o`quvchilar boshqalarga taqlid qilmasdan,
o`zlari tanlagan faoliyatlarining barcha bosqichlariga kreativ va mustaqil
yondashadilar. Shuning uchun ham kreativ ta’lim texnologiyalaridan
boshlang’ich sinf o’quvchilarining sinfdan tashqari faoliyati davomida
qo’llash maqsadga muvofiqdir. Bunda tarbiyachi yo’naltiruvchi, o’quvchi
ijodiy loyihalovchi sifatida ishtirok etadi.
Xulosa qilib aytganda, boshlang’ich sinf o’quvchilarida huquqiy
tushunchalarni shakllantirish uzluksiz ta’lim tizimining keyingi bosqichlarida
uzviy ravishda olib borilishi natijasida o’quvchilarda huquqiy madaniyat
shakllanadi va muntazam rivojlanib boradi. Boshlang’ich sinf o’qituvchilari
o’quvchilarda huquqiy tushunchalarni shakllantirishda individual
yondoshishi, ularning psixik xususiyatlarini hisobga olishi, qalbiga yo’l topa
olishi lozim, shundagina u jamiyatimizni qurish uchun munosib bo’lgan
kelajak avlodni tarbiyalashning muqaddas ishga munosib hissa qo’sha olgan
bo’ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni “Jamiyatda huquqiy
ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish
to‘g‘risida” PF-5618 09.01.2019-lex.uz
2. Farber I.E. Huquqiy ong ijtimoiy ongning bir shakli sifatida. - M.,
1963 yil.
3. Nazarova T.S. Pedagogicheskaya texnologiya. Novыy etap evolyutsiy.
M. Pedagogika. 1997
Dostları ilə paylaş: |