Onlayn to'lovlar nima yoki internetda xaridlarni qanday amalga oshirish mumkin? Onlayn-to'lovlar



Yüklə 101,51 Kb.
tarix06.06.2023
ölçüsü101,51 Kb.
#125932
Onlayn to


Onlayn to'lovlar nima yoki internetda xaridlarni qanday amalga oshirish mumkin?
Onlayn-to'lovlar – naqd pul ishlatmasdan internetda yoki mobil ilova orqali mahsulotlar yoki xizmatlar uchun to'lovlarni amalga oshirish imkonini beradi. Bu operatsiyalar bank kartalari yoki hisobvaraqlarni veb-saytga (yoki mobil to'lov ilovasiga) ulagan holda amalga oshiriladi. To'lovni elektron pul yordamida ham amalga oshirish mumkin.
Elektron pullar naqd pullar bilan bir xil tarzda ishlaydi. Ulardan mahsulot yoki xizmatlarga to'lash uchun foydalanishingiz mumkin. Farqi shundaki, ular bank kartalari, axborot tashuvchi elektron moslamalarda yoki elektron hamyonlarda saqlanadi.
Onlayn to'lov tartibi quyidagicha:

Nima uchun onlayn to'lovlar afzalroq?
Xizmat doirasi
I nternet orqali to'lanishi mumkin bo'lgan mahsulot va xizmatlar soni doimiy ravishda oshib bormoqda. Uydan chiqmasdan mobil aloqa, kabel televideniyesi, internet, kommunal xizmatlar, soliqlar va jarimalar uchun to'lasa bo'ladi. Banklar va to'lov tashkilotlari onlayn-to'lov orqali mumkin bo'lgan xizmatlar doirasini doimiy ravishda kengaytirmoqda: kredit muassasalar, bolalar bog'chalari, barcha turdagi xizmat ko'rsatish va sug'urta kompaniyalari hamda sayyohlik agentliklarida to'lovlarni amalga oshirish.
MUHIM!!! Bank va to'lov tashkiloti tomonidan onlayn to'lovlar uchun vositachilik haqlari undirilishi mumkin. Uning miqdorini bank/to'lov tashkiloti xodimidan yoki rasmiy veb-saytdan aniqlab oling.
Vaqt tejamligi
S iz do'konga yoki kommunal xizmatlar uchun to'lovni amalga oshirish maqsadida pochtaga borish uchun ishdan javob so'rashingiz va vaqt yo'qotishingiz shart emas. Internet orqali to'lovni bir necha soniyada amalga oshirish mumkin, agar qog'oz tasdig'i kerak bo'lsa bank filialidan olishingiz yoki printerda chop etishingiz mumkin. Ushbu onlayn xizmat ko'p banklarning veb-saytlarida taqdim etiladi.
Eng yaxshisini tanlash imkoni
S iz eng yaxshi taklifni tanlaysiz. Misol uchun, Siz ta'tilni rejalashtirdingiz va qulay parvozni izlayabsiz. Siz internetda aviakompaniyalarning narxlari va jadvallarini o'rganasiz va vaqtizga mos parvozni tanlaysiz. Chiptalaringizni elektron pochtangiz orqali olasiz.
Elektron to'lov tizimi nima?
Elektron to'lov tizimi – internet orqali amalga oshiriladigan to'lovlar tizimidir. Bu kabi tizimdan foydalanish uchun pul mablag'larni yuboruvchi hamda qabul qiluvchi muayyan tizimda ro'yxatdan o'tgan bo'lishlari kerak. Elektron pullarni elektron hamyon yoki to'g'ridan to'g'ri bank kartasidan yuborish mumkin.
Elektron to'lov tizimining asosiy vazifasi to'lovlar xavfsizligini ta'minlashdan iboratdir. Hozirda elektron hamyonlar ochish imkoniyatini taqdim etuvchi ko'pgina to'lov tizimlari mavjud. MDH davlatlarining ko'pchiligida Yandeks.PullarWebMoney va QIWI kabi elektron to'lov tizimlaridan keng foydalaniladi. Bundan tashqari, mamlakatimizda OSON elektron pullar tizimi faoliyat olib bormoqda.
Yüklə 101,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin