Agata Kristining “o’nta negr bolasi” asarini o’qirkansiz jumboqlar,savollar, chigal vaziyatlar qarshisida qolasiz va shu bilan birga qo’rquv iskanjasi qurshab oladi.Asar boshidan oxirigacha kitobxonni o’ziga jalb qiloladi, hatto kitob mutoalasidan to’xtaganda ham,uxlaganda ham asar qahramonlari bilan birga yashaysiz. Tezroq asar oxiriga yetib bu savdoyi qotilliklarni boshida kim turganini bilishga intilasiz. Muallifni asosiy yutug’i ham shunda,asar boshidan oxirigacha kitobxonni bir xil qiziqishda saqlay oladi,kitobdan zeriktirmayd.Agata Krista bu asarini asarlarim orasida eng muvafaqqiyatlisi deb atashi ham bejiz emas. Bu asar ko’plab tillarga tarjima qilinadi,kinolar olinadi.Bir so’z bilan aytganda kitobxonlar mehriga sazovar bo’ladi.
Poyezdda janob Blor bilan chol o’rtasidagi suhbat har bir o’quvchi e’tiborini tortishi shubhasiz.
-poklan va tavba qil, dedi chol.Poklan va tavba qil, jazo kuni yaqin.
Chol mast holda perronga yiqilarkan yana qaytaradi:
-Senga aytyapman yigitcha, jazo kuni yaqin.
Muallif bu kichkinagina dialogga asarni butun mohiyatini mujassam qiladi desak adashmaymiz. Axir bir biriga mutlaqo aloqasi bo’lmagan 10 ta odam kimsasiz orolda jazolanmadimi? Ha! Jazolandi. Qonun bilan hech qanaqasiga ularni aybdor deb jazolab bo’lmasdi. Lekin qonun himoyachisi, ko’pgina jinoyatchilarni o’limga hukm qilgan va qarib savdoyiga aylangan sudya Uorgreyv endi nafaqat hukm qilish balki hukmni ham o’zi amalga oshirishni hohlab qoladi va “o’z qonunlari” talqinida o’ljalarini zanjilar orolida jazolaydi.
Asar shunchalar didektiv ruhda yozilganki, o’quvchi har bir holatda asar qahramonlari bilan birga yashaydi, huddi didektivlardek asl jinoyatchini topishga harakat qiladi.Lekin bu jinoyat shunchalik puxta qilinganki o’quvchi taxmin qilgan “qotil” asl qotilning keyingi qurboniga aylanadi. Ularning 10 ta negr bolasi haqidagi sanoq she’r ketma-ketligida o’lim topishi ham bejiz emas. Jinoyati og’irroqlari oxirida ham qo’rquv ham vijdon azobi bilan qiynalib bo’lgach o’lim topadilar.
Asar uni bir marta o’qib chiqqan o’quvchini yana qayta o’qishga majbur qiladi. Asar oxirida hammasi oshkor bo’lib asil qotil kimligi ayon bo’lsada o’quvchini ko’pgina savollari javobsiz qolaveradi.
Blor o’ladigan vaziyatga e‘tibor beraylik.Nega Vera Lombardni otib tashladi? Nega Lombard o’zini qotildek ko’rsatdi?Nega Vera Blorni Lombard o’ldirdi deb o’ylaydi?Axir Lombard yonida ediku? Shu kabi savollar o’quvchini asarni yana bir marta o’qisha undaydi. Yana bir e’tiborli jihat bor. Zanjilar oroliga kelgan 10 ta odamdan faqatgina sudyagina aybsiz edi.Aybsiz ekan nega u o’ldi? Axir o’lganlarni hammasi kimnidir o’limiga sabab bo’lgani uchun o’ldirildiku! To’g’ri asar boshida sudya aybsiz edi,lekin asar oxiridachi?Asar oxirida sudya 9 ta odam qotiliga aylanadi va ashaddiy jinoyatchidir.Muallif asarda chiroyli tarzda adolatni qaror toptiradi va qaysidir ma’noda sudyani o’limga “hukm” qiladi.