Operatsion tizimlar arxitekturasi



Yüklə 245,09 Kb.
səhifə1/5
tarix19.05.2023
ölçüsü245,09 Kb.
#117601
  1   2   3   4   5
Operatsion tizimlar 1-MI Avazbek.A


MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

811-20 guruh talabasi Abdisalomov


Avazbekning operatsion tizimlar
fanidan ____________

Mavzu: Operatsion tizimlar arxitekturasi




Tekshirdi: Xudayberdiyev Mirzaakbar


OPERATSION TIZIMLAR ARXITEKTURASI
Reja:

  1. Operatsion tizim arxitekturasi

  2. Modullik, maxsus rejim

  3. Mikroyadroli operatsion tizim

  4. Operatsion tizimlarga qo’yilgan talablar

Operatsion tizimlar arxitekturasi
Operatsion tizim – kompyuter yoqilganida yuklanadigan dasturdir. U foydalanuvchi bilan muloqotga kirishadi, kompyuterning resurslari (tezkor xotira, disklardagi joylar va hokazolar)ni boshqarishni amalga oshiradi, boshqa dasturlarni bajarish uchun ishga tushiradi. Operatsion tizimi foydalanuvchiga va amaliy dasturlarga kompyuterning uskunalari bilan aloqa qilishning qulay usuli (interfeys)ni ta’minlaydi.
Operatsion tizimining zarurligining asosiy sabablari, kompyuter vositalari bilan ishlash va resurslarini boshqarish uchun eng sodda amallar - bu eng quyi darajadagi amallardir, shuning uchun foydalanuvchiga va amaliy dasturlarga zarur bo‘lgan harakatlar bir necha yuzlab yoki minglab shunday amallardan iborat bo‘ladi.
Operatsion tizimlar bajaradigan vazifasiga, masalalarga ishlov berish rejimiga, tizim bilan bog‘lanish usuliga, qurish usullari bo‘yicha sinflarga ajratiladi. Vazifasiga qarab sinflarga ajratishda operatsion tizimlarning turlari ko‘pligi yaqqol tashlanadi. Chunki hisoblash texnikasi turlari qancha bo‘lsa, operatsion tizim turlari ham shunchadir: meynfreym operatsion tizimlar, server operatsion tizimlar, ko‘pprotsessorli, shaxsiy kompyuterlar uchun uchun, real vaqt operatsion tizimlar, mobil va boshqalar operatsion tizimlariga bo‘linadi.
Zamonaviy opertsion tizimlar asosiy tashkil etuvchilari - bu yadro, kiritish-chiqarish tizimi, komanda protsessori, fayl tizimi. Yadro masalalar va resurslarni boshqarish, sinxronlashtirish va o‘zaro bog‘lanishi bo‘yicha asos funksiyalarni ta'minlaydi. Komanda protsessori, komandalarni qabul qilish va ularga ishlov berish, foydalanuvchi talabi bo‘yicha mos xizmatlarni chaqirishni ta'minlaydi.
Kiritish va chiqarish tizimi, tashqi qurilmalar bilan ma'lumotlarni kiritish va chiqarish masalasini ta'minlaydi.
Operatsion tizim kutubxonalarida bu funksiyalarning mavjudligi, har bir ularni dasturlash tizimi vositalari bilan har bir dasturga qo‘shmaslik imkonini beradi. Dasturlash tizimlari faqat, kiritish-chiqarish tizimi kodlariga murojaatni generatsiya qiladi va kattaliklarni tayyorlaydi. Kiritsh-chiqarish tizimi, kiritish-chiqarish qurilmalari turlari ko‘p bo‘lgani uchun eng murakkab hisoblanadi. Bunda, nafaqat samarali boshqarish, balki amaliy dasturchilarga qurilmalardan abstraktlashtirishga imkon beradigan qulay va samarali virtual interfeysni ta'minlaydi. Boshqa tomondan, parallel bajariladigan talay masalalarni kiritish-chiqarish qurilmalariga murojaatni ta'minlash talab qilinadi. Ba'zi kiritish-chiqarish dasturchilaridan ba'zilari qurilmalardan mustaqildir, ularni kiritish-chiqarish ko‘pgina qurilmalariga, qo‘llash mumkin.
Fayl - bir xil tuzilishga ega bo‘lgan yozuvlar majmuasi ko‘rinishida tashkil etilgan ma'lumotlar to‘plamidir.
Fayl tizimi, foydalanuvchiga ma'lumotlar tuzilishining mantiqiy darajasi va amallar bilan ish ko‘rish imkonini beradi. Fayl tizimi, ma'lumotlarni diskda yoki boshqa ma'lumot jamlamasida tashkil qilish usulini belgilaydi.
Barcha zamonaviy operatsion tizimlar o‘z fayl boshqaruv tizimiga ega. Ular zamonaviy operatsion tizimlarning aksariyat ko‘pchiligida asosiy hisoblanadi. faylni boshqarish tizimi disk sohasini markazlashgan holda taqsimlash va ma'lumotlarni boshqarish muammosini yechadi.
Faylni boshqarish tizimi, foydalanuvchilardan kiritish-chiqarish furilmalari va disk xususiyatlarini yashirgan holda, fayl va kataloglar bilan ishlash uchun keng xizmat (servis) imkoniyatlarini beradi. UNIX da disklarda fayl tizimi va asos fayl tizimi alohida-alohida mavjuddir va ular bir-biriga bog‘liq emas. UNIX da yo‘lga dik nomi yoki uning nomerini qo‘shish imkonini bermaydi, chunki bu operatsion tizimlar uchun qurilmalarga qat'iy bog‘lanishni keltirib chiqaradi. “Mount” tizimi chaqirig‘i yumshoq dik tizimini asos fayl tizimidagi ko‘rsatilgan joyga qo‘shish (montirovka) imkonini beradi. UNIX da yana bir tushuncha- maxsus fayllar tushunchasidir.





1-rasm. Operatsion tizimni sinflarga ajratish.
Operatsin tizim tizimli boshqaruvchi va ishlov beruvchi dastur majmuasidan iborat bo‘lib, bular dastur modullari va ma'lumotlar tuzilmalarining o‘zaro bog‘langanmurakkab tuzilmasidir, ular hisoblashlarning ishonchli va samarali bajarilishini ta'minlashi zarurdir. Operatsion tizimning ko‘pgina potensial imkoniyatlari, uning texnik va iste'mol parametrlari - bularning hammasi, tizim arxitekturasi operatsion tizim ning strukturasi, qurilish prinsiplari bilan belgilanadi.

Yüklə 245,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin