Oʻqituvchi: B. Tolibov Talaba: Roʻziboyeva Shahodat. Mijoz



Yüklə 7,01 Kb.
tarix14.12.2023
ölçüsü7,01 Kb.
#178019
Roʻziboyeva Shahodat-WPS Office


Fan: Bolalar, yoshlarning ijtimoiy himoyasi va taʼminoti.
Oʻqituvchi: B. Tolibov
Talaba: Roʻziboyeva Shahodat.
Mijoz: Mirzaahmedov Behruzbek.
Mijoz haqida: Mirzaahmedov Behruzbek. 2007-yil 13-fevralda Fargʻona viloyatining Fargʻona shahrida tugʻilgan. ll guruh nogironi. Hozirda ,, Fargʻona shahar imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktabi ʼʼ da ,, Kosibchilik ʼʼ yoʻnalishining 1-bosqichida tahsil olmoqda.
- Assalomu alaykum yaxshimisiz men Roʻziboyeva Shahodat Fargʻona davlat universitetining Ijtimoiy ish yoʻnalishda oʻqiyman .
- Va aleykum assalom ha yaxshi rahmat, xursandman.
- Sizdan oʻzimni qiziqtirgan baʼzi bir savollarni soʻramoqchi edim agar qarshi boʻlmasangiz albatta .
- Ha mayli albatta.
1. Ismi familiyangiz.
- Mirzaahmedov Boburbek.
2.Yoshingiz, qiziqishlaringiz va oilangiz haqida qisqacha maʼlumot bera olasizmi.
- Yoshim 16 da. Kompyuter, adabiyot, informatika , matematika va ingliz tiliga juda ham qiziqaman. Hozirda kompyuterda har xil dasturlarni oʻrganishga harakat qilyapman. Oilada 4 kishimiz dadam, oyim va 2 ta ukam bor. Ular hozir uyda men bu yerda yotoqxonada turaman. Ularni juda ham sogʻindim.
3. Siz kitob oʻqishni yaxshi koʻrasizmi va oxirgi oʻqigan kitobingiz qaysi?
- Ha qiziqaman. Turli xil ertak va boshqa koʻplab kitoblarni oʻqib chiqdim. Ulardan eng yoqqani Alisher Navoiyni ,, Farhod va Shirinʼʼ dostoni yoqdi. Farhodning Shiringa boʼlgan vafosi menga juda ham yoqdi. Oxirgi marta Abdulla Qahhorni ,, Anorʼʼ nomli kitobni oʻqidim.
4. Kelajakda kim boʻlmoqchisiz va nima uchun bu kasbni tanladingiz ?
- Men hozir bu yerda kosibchilikka oʻqiyapman . Lekin oʻzimga yoqmaydi chunki IT sohasiga qiziqar edim ammo bizda unday soha yoʻq ekan.
- Endi nima qilmoqchisiz kosibchilikka oʻqiyapsiz-ku baribir ham .
Behruzbek: - Ha bilaman lekin albatta IT ni ham oʻrganaman chunki bu sohani juda ham yaxshi koʻraman. Lekin kosibchilikda ham yaxshi va chiroyli poyabzallar ishlab chiqarmoqchiman. Kelajakda katta poyabzal ishlab chiqaruvchi sex ochaman.
5. Maktabingiz sizga yoqadimi bu yerda doʻstlaringiz koʻpmi?
- Ha albatta juda ham yoqadi. Oʻqituvchilarimiz bizni juda ham yaxshi koʻrishadi mehribon. Men ham ularni yaxshi koʻraman. Lekin koʻp tashqariga chiqmasligimiz yoqmaydi zerikib ketaman juda ham. Ha doʻstlarim juda ham koʻp ular bilan mazza qilamiz. Bundan tashqari bizlarni koʻrgani yana koʻplab odamlar kelib turishadi. Lekin uyim baribir boshqachada. Yotoqxonada turganimga koʻp uyimni sogʼinaman...
-Raxmat kattakon Behruzbek samimiy javoblar uchun. Juda ham aqlli va odobli bola ekansiz sizdek ukam boʻlishini hohlar edim. Sizga bitmas tuganmas omad va baxt tilayman. Kelajakda yaxshi inson boʼlasiz degan umiddaman.
Xulosa: Mijozim Mirzaahmedov Behruzbek aqlli va tarbiyasi bilan boshqa tengdoshlaridan ajralib turar ekan. Imkoniyati cheklangan boʻlishiga qaramasdan oʻz oldiga aniq maqsadlar qoʻya olganligi meni hayron qoldirdi. Suhbat davomida shuni aniqladimki Mirzaahmedov Behruzbekning psixologik holati uncha yaxshi emasligini buning sababi oilasini kam koʻrishi ekan va yotoqxonada turishi tufayli kam tashqariga chiqishi sababli maktabda koʻp zerikar ekan. Mijozim kam gap va yopiq xarakterga egaligi uchun koʻp gapllashishni istamadi. Qoʻlimdan kelgancha suhbatlashishga harakat qildim va kerakli tavsiyalarni berdim.


Yüklə 7,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin