Oqsil biosintezida dnk va rnk ning roli



Yüklə 103,67 Kb.
tarix18.12.2022
ölçüsü103,67 Kb.
#76188
OQSIL BIOSINTEZIDA DNK va RNK NING ROLI

OQSIL BIOSINTEZIDA DNK va RNK NING ROLI

REJA:.

1.OQSIL BIOSINTEZI HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA

2.GENETIK KOD

3. DNK VA RNK HAQIDA

  • OQSILLAR- proteinlar hamma tirik mavjudotlar tarkibiga kiradigan murakkab , azot tutuvchi organik moddalar. Oqsillar tirik materiyaning tuzilishida shuningdek , uning hayot faoliyatida muhim ahamiyatiga ega . Hujayra tarkibida bir necha ming xil oqsillar mavjud bo’lib , ularning har biri ma’lum bir vazifani bajaradi. Shuning uchun ular proteinlar ( yun. Protos –birinchi ,eng muhim) deb ataladi. Oqsillar hujayra quruq vaznisining ¾ qismini tashkil etadi
  • Ma’lumki hamma organizmlarning oqsillari ularni har xil biologik faolligidan qat’i nazar bir xil 20 ta standart aminokislotadan tashkil topgan bulib , bu kislotalar alohida hech qanday biologik faollikka ega emas . Oqsilning bir biridan kimyoviy farqi ulardagi aminokislatalarning ketma ketligiga bog’liq. Aminokislotalar oqsil tuzilmasining alifbosi bulib ularni turli tartibda biriktirib cheksiz sondagi ketma –ketliklarni ya’ni cheksiz miqdordagi har xil oqsillarni olish mumkin
  • Matematik izlanishlar shuni ko’rsatadiki , 20 ta aminokislotadan hosil bo’lishi mumkin bo’lgan oqsil izomerlarining og’irligi Yer shari og’irligidan og’irroq bular ekan .
  • Oqsillar makromolekulalar bo’lib ularning mol majmuasi bir necha bir necha mln. ga teng . Oqsillardagi aminokislotalar bir biri bilan peptid bog’lari , yani amid bog’lari bilan birikkan bo’lib , bu bog’ aminokislota a – karboksil qoldig’i bilan bog’lanishi hisobiga hosil bo’ladi.
  • Oqsillar tuzilishi va vazifalari bo’yicha xilma xil tuzilishiga ko’ra 2 ta katta gruhga bo’lish mumkin .
  • GLOBULYAR
  • FIBRILYAR
  • GLOBULYAR oqsillar asosan sferik yoki ellips shaklida bo’lib ular tarkibida boshqa guruh moddalar ham qo’shilgan bo’ladi
  • FIBRILLYAR oqsillar – bir yoki bir necha polipeptid zanjiridan tashkil topgan moddalardir.
  • OQSILLARNING biologik vazifalari bo’yicha
  • Fermentlar (tripsen,ribonukleaza)
  • Tashuvchi oqsillar (gemoglobin miogilobin)
  • Oziq –ovqat va zaxira oqsillari (tuxum albumini, ferritin, kazein)
  • Qisqaruvchi va harakat oqsillar (aktin, miozin)
  • Himoya oqsillar ( trombin, antetolalar, fibrinogen)
  • Nazorat qiluvchi oqsillar (insulin, o’sish gormoni) va boshqalar
  • GENETIK KOD –irsiy axborotni nuklein kislotalar molekulasida nukleotidlar ketma- ketligi tartibida yozishning tirik organizmlarga xos bo’lgan yagona sitemadir .Dezoksiribo-nuklein kislota ( DNK) molekulasida ma’lum tartibda joylashgan muayyan sondagi nukleotidlar sintezlanayotgan oqsil zanjirining tarkibidagi aminokislotalar soni ularning joylashish tartibini belgilab beradi.DNK molekulasida nukleotidlar 4 xil bo’lib ular adinen-A, timen-T, guanin-G, va sitozin-S lardan iborat.
  • Tabiatda 300 ga yaqin aminokislatalar uchraydi , lekin tirik organizmlardagi oqsillar tarkibida 20 ta aminokislota kiradi.Hujayrada oqsilning sintez qilinishi jarayonida uning tarkibidagi har bir aminokislataning joylanishi 3 ta nukleotid tomonidan kodlanadi. Uni triplet kodon deb ataladi. DNK molekulasidagi kodonlarning joylashish tartibi ular sintez qiladigan oqsil molekulasi tarkibidagi aminokislotalarning joylashish tartibini ifodalaydi
  • Oqsilning sintezida DNK va uning qismi bo’lgan gen emas , balki boshqa nuklein kislota – ribonuklein kislota RNK ishtirok etadi. U uch xil : INFORMATSION-IRNK
  • TRANPORT-TRNK
  • RIBOSOMA-Rrnk
  • IRNK DNK asosida sintez qilinib undagi genetik axborotni ribosomalarga olib keladi. iRNK tarkibida huddi DNK dagi kabi 4 xil nukleotidlar mavjud.
  • DEZOKSIRIBONUKLEIN kislota (DNK) – nuklein kislotalarining bir turi Tarkibida dezoksiriboza azot asoslaridan adinin( A) , guanin(G), sitozin(S) va timin (T) hamda fosfat kislota bo’ladi. Barcha tirik organizmlar hujayrasida uchraydi va ko’pchilik viruslar tarkibiga kiradi. DNK ning nukleotidli tarkibi ya’ni uning birlamchi strukturasi har bir organizm uchun o’ziga xos va qat’iy indivudiul biologik informatsiyaning kod shaklida yozilishidir.
  • DNK ning genetik ahamiyatini dastlab O.EVERI shogirdlari bilan aniqlangan. DNK tarkibidagi nukleotidlarning o’zaro munosabati ma’lum qonuniyatlarni bo’ysunadi. Bu qonuniyatlar E.Chargaff tomonidan aniqlangan . Bu qoidaga asosan DNK dagi purin asoslarining yig’indisi pirimidin asoslarining yig’indisiga teng bo’lib bunda A ning miqdori Tning miqdoriga , G ning miqdori S miqdoriga teng.Mazkur qoidalarga asoslanib D.UOTSON va F.KRIK DNK ning strukturaviy modelini kashf etishdi.
  • RIBONUKLEIN kislota (RNK) –yuqori molekulali murakkab birikmalar nuklein kislotalardan biri monomerlari nukleotidlardan iborat. Har bir nukleotidi tarkibidagi uglerod D – riboza azot asoslari adenin guanin sitozin, va uratsildan birin va fosfat kislota qoldig’i kiradi. Barcha tirik organizmlar va ko’pgina viruslarning muhim komponeti .Isiy axborotning nasldan naslga o’tishida ishtirok etadi. Ribonuklein kislotalar molekulasining fazoviy strukturasi bir ipli polinukliod zanjiridan iborat , tarkibida 75 tadan 10000 tagacha nukleotid qoldig’i bor
  • Hujayrada sintezlanadigan oqsil molekulalari muayyan i RNK yoki uning bir qismi orqali kodlanadi. Eukariotlarda i RNK sintezi kodlanmaydigan intronlarga ega bo’lgan juda uzun zanjirli pro i RNK sintezidan boshlanadiv abir buncha o’zgarishlar bilan yetilgan i RNK hosil bo’ladi .Kodlanmaydigan qismlari pro i RNK molekulasining butun uzunligi bo’ylab tekis taqsimlangan. Prokariot xujayralardagi IRNK sintezida deyarli katta o’zgarishlar bo’lmaydi.
  • E’TIBORINGIZ UCHUN
  • RAHMAT!

Yüklə 103,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin