OQSILLARGA INGIBITOR VA FAOLLANTIRUVCHI MODDALAR TASIRI
Reja:
Oqsillar ingibitor tasiri
Faollantiruvchi moddalar tasiri
Fermentlar oqsil tabiatiga ega va shu sababli oqsillarga xos bo’lgan barcha xususiyatlarga ega, shu bilan birga fermentlar o’ziga xos bo’lgan bir qator xususiyatlarga ega. Bularga fermentlaming termolabilligi, spetsifikligi, muhit pHining o’zgarishiga nisbatan sezuvchanligi, aktivator va ingibitorlaming ta’siriga sezuvchanligi, aktivator va ingibitorlaming ta’siriga moyilligi kiradi.
1. Fermentlaming termolabilligi Fermentlaming eng muhim xususiyatlaridan biri haroratga sezgirligidir. Fermentativ jarayonlar 70° С dan yuqori haroratda davom eta olmaydi, 80-100°C da fermentlar o’zining katalitik xossalarini butunlay yo’qotib qo’yadi, oqsil qismi denaturatsiyaga uchraydi, hamma fermentlar uchun muayyan bir harorat bo’lib, bunda ferment yuqori faollikka ega bo’ladi, bu uning harorat optimumi deyiladi.
Issiq qonli hayvonlaming tarkibidagi ko’pchilik fermentlar uchun eng qulay harorat 25-37°C dir.
Fermentativ reaksiyalaming faolligini pasaytiruvchi moddalar ingibitorlar deyiladi. Fermentativ reaksiyalaming faolligini pasaytirish ikki xil: konkurent (raqobatli) va nokonkurent (raqobatsiz) yo’l bilan amalga oshiriladi. Ferment faolligini raqobatli pasaytirishda reaksiya sur’atini pasaytiruvchi modda (ingibitor) substrat raqibi hisoblanadi va u ferment substratni biriktirib oladigan joyga, ya’ni fermentning faol markaziga birikib oladi. Ingibitor tuzilishi jihatdagina raqobatli pasaytirish amalga oshiriladi.
Oqsil sintezini boshqarishning navbatdagi usuli - oqsil biosintezining to‘xtatilishi oxirgi mahsulot ishtirokida amalga oshiriladi. Mazkur jarayonda oxirgi maxsulot kompressor sifatida repressor bilan birlashmasdan ingibitor sifatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri oqsil sintezining dastlabki bosqichlarida qatnashuvchi birinchi ferment bilan bog‘lanib, uning faolligini yo‘qotadi, natijada keyingi fermentiar ham ishlamasdan keyingi reaksiyalar bir zumda to'xtaydi. Oxirgi mahsulot ferment bilan bog‘langandan key in ferment faolligini yo‘ qotadi va boshlang'ich mahsulot hisoblangan (A) ni uning keyingi holati (B) ga aylantira olmaydi. Oqsil sintezida qatnashuvchi dastlabki enzimlaming faolligini oxirgi maxsulot bilan susaytirish juda tez amalga oshadi va keyingi bosqich mahsulotlari hosil boimaydi.
Faollantiruvchi - aktivatorlar repressorlarga nisbatan aksincha ta’sir qilib, ular DNK bilan bog‘lanib, RNK-polimeraza fermentining ta’sir kuchini tezlashtiradilar. Mazkur jarayon ijobiy boshqarilish regulyatsiyasi deb ataladi. Ta’kidlash lozimki, oqsil biosintezining induksiya bo‘yicha boshqarilishida repressorlaming o‘zi operon bilan bog‘lanib sintez jarayonini to‘xtatadi. Repressiya bilan biosintez boshqarilishida esa repressor oxirgi mahsulot bilan birlashib, keyingi operonga bogianadi.
Fermentlar faolligi boshqariladigan katalizatorlarga mansub ekanligi yuqorida aytilgan edi. Ferment faolligining boshqarilishi ularning turli xil biologik komponentlar yoki yot birikmalar (masalan, dori va zaharlar) bilan o`zaro ta`siri orqali yuzaga keladi hamda ular fermentlarning modifikatorlari yoki regulyatorlari deb ataladi. Modifikatorlarning fermentlarga ta`siri ostida reaksiya tezlashishi (bunday sharoitda ular aktivatorlar deyiladi) yoki sekinlashishi (bunday sharoitda ular ingibitorlar deyiladi) mumkin.
Fermentlar faolligining boshqarilishi 3 bosqichni o`z ichiga oladi:
1. Hujayra ichki boshqarilishi (substratlar, metabolitlar, aktivatorlar, ingibitorlar, RNK, harorat, allosterik fermentlar). Bunday boshqarish avtomatik kechadi.
2. Gormonal boshqarilish. Oqsil tabiatli gormonlar va aminokislota hosilalari hujayraviy fermentlarni adenilatsiklaza tizimi orqali, steroid gormonlar va tiroksin gen darajasida fermentlar sintezini jadallashtiradi.
3. Nerv tizimi orqali boshqarilish
Katalitik reaksiyalar uchun o`ziga xoslik bo`lishi shart. Fermentlarning setsifikligi (o`ziga xosligi) oqsil molekulasining strukturasiga uning malum qismlari bilan substratning tegishli guruhlari o`trasida kimyoviy aloqalar opOatilishiga bog`liq. Fermentlarning setsifikligi masalasi ancha nozik bo`lib, ular chuqur manoga ega. Har bir ferment faqat malum substratga yoki molekulada kimyoviy bog`ning malum turigagina tasir etadi.
Ingibitorlar avvalo ferment bilan mustahkam bog`lanishdek umumiy belgisi bilan ajralib turadi. Bunday belgisiga ko`ra ingibitorlar 2 guruhga bo`linadi: 1) qaytar va 2) qaytmas. Fermentni 2 guruhdan qaysi biriga mansubligi dializ yoki fermentning ingibitorli e`ritmasini kop suyultirishdan so`ng ferment faolligining qayta tiklanish mezoniga asosan aniqlanadi. Qaytmas ingibitorlar ferment bilan mustahkam bog`lanadi va bunday jarayondan so`ng ferment faolligi qayta tiklanmaydi.
Aksincha, ferment - qaytar ingibitor kompleksi mustahkam emas va tezda parchalanib ketadi. Bunda ferment faolligi qayta tiklanadi.
Fermentlarning ingibitorlari ta`sir e`tish meoanizmiga asosan quyidagi turlarga bo`linadi: 1) raqobatli; 2) raqobatsiz; 3) raqobat qilmaydigan; 4) substrat; 5) allosterik;
1). Raqobatli ingibirlanishi hodisasi tuzilishi jihatdan substratga o`oshash bo`lib, ferment bilan bog`langandan so`ng oson ajralib ketmaydigan modda va haqiqiy substrat o`rtasida fermentning faol guruhiga nisbatan raqobat tufayli kelib chiqadi. Substrat ferment bilan birikib, ferment-subtrat kompleksi ES paydo qilganidek, ingibitor ham shunday dissotsiyalanish qobiliyatiga ega bo`lgan kompleks hosil qiladi
Oqsil sintezining boshqarilish masalasi hozirgi zamon biokimyosi va molekulyar biologiyasining muhim muammolaridan biridir.Tirik hujayralarda har xil oqsil va fermentlar miqdori optimal nisbatda mavjuddir. Bu oqsil biosintezining boshqarilishi natijasida amalga oshiriladi. Tirik organizmlar hujayralari ko‘p miqdorda turli xil oqsillarni sintezlash qobiliyatiga ega. Lekin ular barcha oqsillarni sintezlamaydi. Oqsillar miqdori va ularni turliligi ularni metabolizmda ishtirok etish darajasi bilan bog‘liq.
Dostları ilə paylaş: |