O'quvchilarda kreativ fikrlashni shakllantirish va rivojlantirish usullari



Yüklə 19,97 Kb.
tarix25.06.2023
ölçüsü19,97 Kb.
#135079
kreativlik


O'QUVCHILARDA KREATIV FIKRLASHNI SHAKLLANTIRISH VA RIVOJLANTIRISH USULLARI
Kreativ yondashuv va yutuqlar dunyo boʻylab fan va texnologiyadan tortib, falsafa, sanʼat va ijtimoiy fanlar kabi turli sohalarda insoniyat tamaddunini ilgari surgan. Kreativ fikrlash shunchaki tasodifiy gʻoyalar berishdan kattaroq narsadir. U insonga baʼzan murakkab sharoitlarda, yanada yaxshiroq natijaga erishishga imkon beruvchi bilim va tajribaga asoslangan real koʻnikmadir. Butun dunyoda jamiyatlar va tashkilotlar muammolarni hal etishda innovatsion bilim va yaratuvchanlikka tobora ehtiyoj sezmoqda, bu esa, oʻz navbatida, innovatsiya va kreativ fikrlash ahamiyatini yanada kuchaytirmoqda. Kreativ fikrlash taʼsiri butun jamiyatga sezilarli innovatsiya turlarining ortida turishi rost, lekin u ayni damda universal va tenglashtiruvchi xususiyatga ega fenomen hamdir, yaʼni har qanday sh axs, u yoki bu darajada, kreativ fikrlash qobiliyatiga ega.
Darhaqiqat, taʼlim sohasidagi mutaxassislar va psixologlarning fikriga koʻra, ijodiy faoliyat bilan bogʻliq fikrlash jarayonlarida mashgʻul boʻlish deb tushunilgan kreativ fikrlash bir qator boshqa shaxsiy koʻnikmalarning ham rivojlanishiga olib keladi. Shular jumlasiga metakognitiv qobiliyat, insonlar bilan muomala qilish va shaxsning oʻzini yaxshiroq anglash koʻnikmalari, muammoni hal etish koʻnikmalari kiradi. Shu bilan birga, shaxs kamoloti, taʼlim olishdagi muvaffaqiyati, kelajakdagi kasbiy muvaffaqiyati va jamoatchilik orasidagi obroʻsi ham insonning kreativ fikrlash koʻnikmasiga bogʻliq.
MUHOKAMA
Kreativ fikrlashni baholash xalqaro dasturini rivojlantirish taʼlim siyosati va pedagogikasida ijobiy oʻzgarishlarga sabab boʻlishi mumkin. Xalqaro PISA baholash dasturi bo’yicha olib boriladigan tadqiqotlardagi kreativ fikrlash yo‘nalishining baholashi mutasaddilarga dalillarga asoslangan toʻxtamga kelishda koʻmaklashuvchi aniq, ishonchli va amalga oshirish mumkin boʻlgan baholash vositasini taqdim etadi. Natijalar, shuningdek, jamiyatda ushbu muhim koʻnikmani taʼlim orqali rivojlantirishning ahamiyati va usullari borasidagi bahslarga sabab
boʻladi. PISA xalqaro baholash dasturidagi ushbu faoliyat Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining ijodiy fikrlashni rivojlantirish borasidagi yangi pedagogikani qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan boshqa bir loyihasi bilan bogʻliqdir. Kreativ fikrlashda taʼlimning asosiy vazifasi oʻquvchida jamiyatda muvaffaqiyatli hayot kechirishi uchun bugun va kelajakda kerak boʻladigan koʻnikmalarni shakllantirishdir. Kreativ fikrlash bugungi yoshlar ega boʻlishi kerak boʻlgan muhim koʻnikma bo’lib, bu koʻnikma ularga doimiy tarzda va shiddat bilan oʻzgarayotgan, oddiy savodxonlikdan tashqari yangilanayotgan davrga xos koʻnikmalarga ega kadrlarni talab etayotgan makonga moslashishga koʻmaklashadi. Umuman olganda, bugungi oʻquvchi kelajakda hozir hatto mavjud boʻlmagan sohalarda ishlashi, yangi muammolarni yangi koʻnikmasini shakllantirish ularga tobora murakkablashayotgan mahalliy va global muammolarni noodatiy yondashuv orqali hal etish imkonini beradi. Maktabda kreativ fikrlashni rivojlantirishning ahamiyati faqatgina mehnat bozori bilan cheklanmaydi. Maktab yoshlar uchun oʻz qobiliyat va koʻnikmalarini, shu jumladan ijodiy iste’dodlarini kashf etishda muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, kreativ fikrlash oʻquvchilarning taʼlim olishini hodisalar, tajribalar va xatti-harakatlarni yangicha va shaxsan mazmunli usulda talqin etish orqali qoʻllab quvvatlaydi. Oʻquvchining qiziquvchanligi taʼlim jarayonida qoʻl keladi, ijodiy fikrlash shu tariqa oʻzaro kelishuvchanlik vositasiga aylanadi, hattoki avvaldan belgilangan taʼlim maqsadlari kontekstida ham bu samara beradi. Maktabda oʻquvchining motivatsiyasi va qiziqishini oshirish uchun, barcha oʻquvchilarning ijodiy salohiyati va shijoatini hisobga oluvchi taʼlimning yangi shakllari yoʻlga qoʻyilishi zarur. Bu ayniqsa taʼlim jarayoniga unchalik qiziqish bildirmayotgan oʻquvchilarga yordam berishi mumkin va ular oʻz fikrini ayta olishiga, salohiyatini ochishiga xizmat qiladi. Boshqa koʻnikmalar kabi, kreativ fikrlash ham amaliy va yo’naltirilgan yondashuv orqali rivojlantirilishi mumkin. Baʼzi o‘qituvchilarga oʻquvchining kreativ fikrlashini rivojlantirish oʻquv dasturidagi boshqa fanlar evaziga boʻlayotgandek ko’rinadi. Aslida, oʻquvchilar barcha fanlarda kreativ fikrlashi mumkin. Kreativ fikrlash bilim berishga qaratilgan dars mobaynida koʻr-koʻrona yodlash oʻrniga tadqiqot va ixtironi qo‘llab-quvvatlaydigan yondashuvlar orqali rivojlantirilishi bilan alohida ahamiyatga ega.
O‘qituvchilar kreativ fikrlashni ajrata olishlari, bunday fikrlashga mos shart- sharoitlarni bilishlari va oʻzlari ham oʻquvchilarga fikrlashda koʻproq ijodiy yondashishga yordam bera olishni bilishlari kerak. Kreativ fikrlash qay tariqa vujudga kelishi borasidagi puxtaroq tasavvur, oʻz navbatida, o‘qituvchilarga taʼlim jarayonida o‘quvchilarda ijodiy gʻoyalar boʻlishi uchun muayyan vaqt talab etiladi. Kreativ fikrlash ko’nikmalarini baholash isbotga tayangan dalillar asosida shakllantirilib, oʻquvchilar kompyuter platformasida qilayotgan, oʻqiyotgan va yaratayotgan narsalarni koʻp jihatli malakalar bilan bogʻlaydi.
Kreativlikni baholash - oʻquvchining qobiliyatlari haqidagi muayyan da’volarni dalilga asoslangan fikrlash jarayonida tahlil etishdir. Umuman olganda, oʻquvchining baholashdagi vazifalarga javobi ushbu fikrlash jarayonida dalillar bilan taʼminlaydi, psixometrik tahlil esa har bir da’voni tahlil qilish uchun isbotning yetarli ekanligini belgilaydi. PISA baholash dasturidan kreativ fikrlashni baholashningasosiy doirasi sifatida foydalanish mumkin.

PISA dasturida 15 yoshli oʻquvchilar uchun tegishli kreativ fikrlash tavsifidan foydalanadi. PISA tadqiqotida kreativ fikrlash bilim sohasida original va samarali yechimlar, yutuqlar va tasavvurni ta’sirchan ko‘rinishlarga olib ke ladigan g‘oyalarni ishlab chiqish, baholash va takomillashtirishda samarali ishtirok etish qobiliyati deb ta’riflanadi. Ushbu tavsif oʻquvchilarning turfa kontekst va taʼlim darajasida gʻoya berish amaliyotida samarali qatnashishni oʻrganishlari kerakligiga, gʻoyaning oʻziga xosligi va munosibligini baholagan holda uning ustida mulohaza yuritishga va toki maromiga yetkazmaguncha gʻoyani takomillashtirishga urgʻu beradi. Bu tavsif ishlab chiqilayotganda, shuningdek, turli sohadagi mutaxassislar maslahati va kreativlik borasidagi keng adabiyot tahlilining natijalari ham inobatga olingan.


Kreativ fikrlash endigina shakllanayotgan talqin bo‘lib turgan bir paytda ancha keng hamda kreativlik tuzilmasi kuchli tadqiqotchilik an’anasiga ega bo‘ladi.
Demak, kreativlik – layoqat, jarayon va muhit oʻrtasidagi oʻzaro munosabat boʻlib, u orqali shaxs yoki guruh ushbu ijtimoiy kontekst uchun ham yangi, ham foydali boʻlgan salmoqli mahsulotni yaratishidir.
Ijodiy maqsadlarni roʻyobga chiqarish kreativ fikrlashni taqozo etadi, lekin shu bilan birga aqliy salohiyat, soha borasidagi bilim va sanʼatkorlik talanti kabi kengroq va maxsus koʻnikma va qobiliyatlar ham zarur boʻladi. Masalan, sanʼat durdonalari yoki texnologik kashfiyotlarni yaratish bilan bogʻliq buyuk ijodkorlikda kreativ fikrlashdan tashqari salmoqli talant, chuqur bilim, muayyan sohada tinimsiz mehnat hamda jamiyat tomonidan ushbu mahsulot qiymatga ega ekanligi haqidagi eʼtirof ham talab etiladi. Aksincha, kichik yoxud kundalik kreativlik (masalan, fotojurnalda rasmlarni mahorat bilan joylashtirish; oziq-ovqat qoldiqlaridan yangi taomni hosil qilish yoki ishxonadagi murakkab muammoga ijodiy yechim toppish kabi) ijodiy fikrlashga qodir deyarli barcha insonlarga zarurdir.
Tugʻma talantning ahamiyatini kamaytirish hamda takomillashtirish mumkin boʻlgan shaxsning kreativ fikrlash qobiliyatiga koʻproq urgʻu berish maqsadida PISA tadqiqoti kreativ fikrlash yo‘nalishining baholashi mana shu kichik kreativlik bilan bogʻliq vazifalarga asosiy eʼtiborni qaratadi. Kreativ fikrlashning bu turi nafaqat insho yozish yoki rasm chizish kabi asosan ichki dunyoni aks ettirish talab qilinadigan taʼlim kontekstiga, balki gʻoya berish masalalarini tahlil etish, jamiyatdagi muammolarni hal etishga aloqador boʻlgan kengroq sohalarga ham taalluqlidir.
Kreativ fikrlash testlarining birinchi avlodi domenning umumiyligi, yaʼni har qanday sohadagi ijodkorlikning umumiy xususiyatlari mavjudligi haqidagi g‘oyaga asoslangani kabi tadqiqotchilar ijodkorlikni baholaydigan sinovlarda shaxsning natijalari umumiylashtirilishi mumkinligini, bir sohadagi kreativlik ikkinchi sohaga ham oʻtkazilishi mumkinligini taxmin qilganlar. Ushbu tadqiqotlar yo ijodkorlik uchun zarur boʻlgan qobiliyat va koʻnikmalar domenga bog‘liq boʻlib, domendan domenga ajralib turishini taʼkidlamoqda, yoki ikki yondashuvning qisman jamlagan ijodkorlik modellarini taqdim etmoqda. “Domen” deganda “sanʼat, adabiyot, tarix yoki astronomiya kabi ilmning har qanday muayyan sohasi” yoki “muayyan ilm sohasi asosida yotadigan va uni qo‘llab-quvvatlaydigan reprezentatsiyalar turkumi” tushuniladi.
Tadqiqotchilar tomonidan kreativ yondashuvning quyidagi domenlari sanab o’tilgan: kundalik, taʼlimga oid, harakatga oid, ilm-fanga oid va sanʼatga oid sohalar.
Ijodiy faoliyat “sanʼatkorlik” va “ilmiy’ sohalariga ajratilgan. Ijodiy faoliyat uch umumiy sohaga boʻlinishi mumkin: verbal, sanʼatkorlik va muammoni hal qilish. Kreativlik sohalarini oʻrgangan amaliy tadqiqotlarning batafsil tahliliga ko‘ra, matematika ilmiy sohasi doimo boshqa ijodkorlik sohalardan yaqqol ajralib turadi. Har qanday shaxsning ijodiy faolligi uchun toʻrt zaruriy qismi sanab o’tiladi:
sohaga bogʻliq qobiliyatlar;
kreativlikka bogʻliq jarayonlar;
vazifa borasidagi ishtiyoq (motivatsiya);
mos, qulay sharoit.
XULOSA
Ijodiy sermahsullik bazaviy resurs yoxud sohaga bogʻliq qobiliyatlar, jumladan, bilim va texnik koʻnikmalar bo‘lib, ularni yangicha usulda birlashtirish uchun kerak boʻladigan qobiliyatlar tayyor qoʻllanmalardan voz kecha olish kabi zarur motivatsiyani taqozo etadi. Bu toʻrt komponent ham turgʻun, ham takomillashtirish va muhitga moyil boʻlgan komponentlardan iborat.
O'QUVCHILARDA KREATIV FIKRLASHNI SHAKLLANTIRISH VA RIVOJLANTIRISH USULLARI.
(Maruza)
Yüklə 19,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin