1. Boshlang‘ich sinflarda FONETIKA VA GRAFIKAni o‘rgatish metodikasiga oid 1-4-sinf “Ona tili” darsliklaridagi “Tovushlar va harflar” bo‘limidagi mavzularga mos mustaqil ravishda 5 ta mashq ishlab chiqing.
2. Boshlang‘ich sinflarda so‘z yasalishiga oid yangi pedagogik texnologiya usullaridan foydalangan holda 1 ta dars ishlanmasini to‘liq yozing.
3. 3-4- sinflarda “So‘z va so‘z tarkibi” mavzusiga oid 5 ta mashqni tahlil qilib yozing. Bironta badiiy asardan 10 ta so‘z olib, ularni morfemalarga ajrating (Asar nomi qayd etilsin!!!). DIQQAT!!! Oraliq nazorat topshiriqlari kompyuterda yoziladi va 1 ta Word yoki PDF faylda (Fayl nomida guruh raqami va F.I.O bo‘lishi kerak) platformaga joylashtiriladi.
ESLATMA VA QAT’IY TALAB!!!Topshiriqlar barcha talabalar uchun bir xil ko‘rinishda, ammo bajarish yondashuvi jihatidan turlichadir.
Shunday ekan, javoblar ikkita talabada bir xil takrorlanishi mumkin emas, shunday bo‘lsa, bu holat har ikki talabani baholamaslikka asos bo‘ladi. (Sodda qilib aytganda, ko‘chirgan ham ko‘chirtirgan ham ball ololmaydi, demak, har bir talaba o‘zi mustaqil bajarishi shart!!!)