O`rta asrlarda jismoniy tarbiya reja



Yüklə 20,66 Kb.
səhifə1/3
tarix10.09.2023
ölçüsü20,66 Kb.
#142446
  1   2   3
O`RTA ASRLARDA JISMONIY TARBIYA


O`RTA ASRLARDA JISMONIY TARBIYA
REJA:
1. Taraqqiy etgan feodalizmda jismoniy tarbiya.
2. Feodalizmning yemirilish davrida jismoniy tarbiya.
3. Garbiy yevropa davlatlarida xukmron sinflar va mexnatkashlarni
jismoniy tarbiya.
4. Ilk sotsial utopistlar jismoniy tarbiya to`g`risida.

O’rta asrlarda chet el mamlakatlarida jismoniy tarbiyaning rivojlanish xususiyatlari (V–XVII asrlar). Yevropa davlatlarida feodallar, dehqonlar va shaharliklarning jismoniy tarbiyasi. Ritsarlarni tarbiyalash tizimi. Gumanistlarning jismoniy tarbiya to’g’risidagi fikrlari. Osiyo, Amerika va Afrika mamlakatlarida o’rta asrlarda jismoniy tarbiya.
O’rta asr davri V-XVII asrlarga to’g’ri keladi. Bu davrda feodal tuzumi G'arbiy va Sharqiy Yevropa, Osiyo hamda Shimoliy Afrikada vujudga kelib, rivojlanib borgan. Markaziy Amerika, Avstraliya qit’alari, Osiyoning shimoliy viloyatlarida esa bu davrda ibtidoiy jamoa tuzumi yoki ilk quldorchilik tuzumi davom etgan. O’rta asrlar Osiyo, Yevropa mamlakatlari va Afrikaning bir qancha mamlakatlarning asosiy ko’pchiligi feodal ishlab chiqarish usuli hukmronlik qilgan davr edi. G’arbiy hamda Sharqiy Yevropaning, Hindi-Xitoyning ko’pgina davlatlari Arab davlatlari, Turkiya, Yaponiya va boshqa davlatlar vujudga kelgan, Xitoy, Hindiston, Eron, O'rta Osiyo xududlarida ilgari paydo bo'lgan davlatlar ham rivojlandi.
III-IV asrlarda Xitoyda, III-VII asrlarda Hindiston, Old va O’rta Osiyo mamlakatlarida, Shimoliy Afrika va Yevropada feodal munosabatlar vujudga kelgan. Ba’zi bir xalqlar quldorlik tuzumini chetlab, ibtidoiy jamoa tuzumidan feodal munosabatlarga o’tganlar.
O’rta asrlar jamiyatining asosiy tarkibini feodallar va dehqonlar tashkil etgan. Feodalizm davrida yer zodagon feodallarning mulki hisoblangan. Mehnat qurolllari, mollar, xo’jalik imoratlari hukmron feodallarda ham, bevosita ishlab chiqaruvchilar - dehqonlarda ham, hunarmandlarda ham bor edi. Ular o’rtasida butun o’rta asrlar davomida qattiq sinfiy kurash olib borilgan. Bu kurash o'sha davrdagi ijtimoiy taraqqiyotning barcha sohalariga, shu jumladan, feodallar va xalq ommasining jismoniy tarbiyasiga ham hal qiluvchi ta’sir qilgan edi. Cherkov feodal jamiyatining g'oyat reaksion kuchi bo’lib, xalq ijodiga, fanga qarshi kurash olib borgan. U antik madaniyat qoldiqlarini yo’q qilishga harakat qildan. Cherkov xalqning jismoniy kamolotga, tomoshalarga intilishini majusiylikning, antik diniy urf-odatlarning ko’rinishi deb bilgan. Cherkov oddiy xalqning jismoniy tarbiya, jismoniy mashqlar va harakatli o’yinlar bilan shug’ullanishiga qarshi bo’lgan. Ilk o’rta asr davrida cherkov feodallarning jismoniy tarbiyasiga ham salbiy munosabatda bo’lgan. Biroq salb yurishllari davrida ritsarlarning harbiy-jismoniy tayyorgarligiga bo’lgan o’z munosabatini o’zgartirgan. Bu vaqtlarda cherkov feodal aslzodalarining jismoniy tarbiyasini qoralamadi va hatto bu tarbiyani ruhoniylar hamda monaxlar jamiyatiga olib kirdi. Cherkov xudoga va feodal tartiblarining mustahkamligiga bo’lgan e’tiqodni faqat butlar yordamida emas, balki qilich yordamida ham kiritishni quvvatlagan edi.
Feodallar jismoniy mashqlar bilan shug’ullanib, o'zlarini bosqinchilik urushlariga va dehqonlarning qo’zg’olonlarini bostirishga tayyorlab borganlar. Urush olib borishning yangi usuli va yangi harbiy-jismoniy tarbiya vositalari va usullarida ayrim o’zgarishlar sodir bo’lgan. Ritsarlarning butun tarbiyasi harbiy-jismoniy tayyorgarlikdan iborat edi. Ritsarlik turnirlari o'sha vaqtlarda o’ziga xos ko’ngil ochish vositasi emas, balki shu bilan ayni bir vaqtda, ritsarlarning harbiy-jismoniy jihatdan tayyorgarligini namoyish etuvchi ko’rik, ot, nayza va qilichni ishlatish mahoratiga doir musobaqa edi. O`rta asrlarda - I
Xitoy, Xind, Eron va O`rta Osiyo territoriyasida ilgari paydo bulgan davlatlar rivojlanishi bilan birga arab davlatlari, Turkiya, YAponiya va boshqa yangi davlatlar paydo buldi. O`rta Osiyo mamlakatlarida, Xindiston va yevropada III-VII asrlarda feodal munosabatlar vujudga keldi. Feodal va dexkon keyinchalik krepostnoy sinflar vujudga keldi. Dastlab feodal davlatlarda Kirol yoki xarbiy boshliq chakirigi bilan qurollangan xolda yetib kelishgan.
Garbiy yevropa eng yirik Franklar davlati edi. Frank kushinlari doimiy drujinalardan va dexkonlar lashkaridan iborat edi. Xar yili xarbiy kuriklar utkazilar, ogir qurollar - kilichlar. Nayzalar, katta yoylar, palaxmonlar va oyboltalar bilan qurollangan. IX asrda Franklarda otlik ritsarlar kushinni asosini tashkil etgan. Xarbiy kuriklar asta-sekin yakkama-yakka oliShuvlarga aylandi.

Yüklə 20,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin