O‘rta Osiyo mutafakkirlarining iqtisodiy g‘oyalari Reja: Kirish



Yüklə 44,49 Kb.
səhifə1/3
tarix14.10.2023
ölçüsü44,49 Kb.
#155239
  1   2   3
3. O‘rta Osiyo mutafakkirlarining iqtisodiy g‘oyalari


O‘rta Osiyo mutafakkirlarining iqtisodiy g‘oyalari
Reja:
Kirish

  1. Forobiy asarlaridagi iqtisodiy g'oyalarining mohiyati

  2. Ibn Sino asarlaridagi iqtisodiy g'oyalarining mohiyati

  3. Yusuf Xos Hojib asarlaridagi iqtisodiy g'oyalarining mohiyati

  4. Xulosa



Kirish
Iqtisodiy munosabatlarning huquqiy asoslari islom ta'limotidagi fikhning tarkibiy qismini tashkil etadi. Vatandoshirniz Marg'inoniyning «Hidoya» asari shular jurnlasidandir. AI-Marg'iloniy 1123-yil 23sentabrda tug'ilgan. Qur'onni, Hadis ilmlarini mukammal egallab, fikh - islom huquqshunosligi borasida benihoya chuqur bilimga ega bo'lganligi va bu sohada beqiyos durdonalar yaratganligi tufayli, Burhoniddin valmilla (Islom dinining dalili) va Burhoniddin al-Marg'inoniy nomlari bilan mashhurdir. Olim dastlabki ta'limni Marg'ilonda olib, keyinchallk Samarqandga ko'chib borgan va umrining ohirigacha o'sha yerda yashagan. Bizgacha uning o'nga yaqin asari yetib kelgan. <

1. Forobiy asarlaridagi iqtisodiy g'oyalarining mohiyati
X-XII asrlarga kelib O'rta Osiyo ilg'or ijtimoiy tafakkurning Sharqdagi yirik markazlaridan biriga aylandi. Bu davrda O'rta Osiyo Yevropani Osiyo bilan bog'lovchi yirik moddiy, madaniy va savdo markaziga aylandi. Bu jarayonlar bir-biridan minglab chaqirim uzoqlikdagi davlatlar, xalqlar o'rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni shakllantirdi. Bu davrda butun dunyoga tanilgan Al-Farg'oniy, Al-Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, YusufXos Hojib, Nizom-ul-mulk va boshqa ko'plab mutafakkirlar yashab, ijod qilishdi. Ularning asarlarida iqtisodiy g'oyalar ham o'z aksini topgan. Sharq renessansi davridagi olimlar shu davrdagi tijorat, mulkdorlik hunari sirlarini bayon etganlar. Forobiy O'rta asr davri tabiiy-ilmiy va ijtimoiy bilimlarining qariyb barcha sohalarini o'z ichiga oluvchi 160 dan ortiq risola yaratgan qomusiy olim sifatida tan olinadi. Uning Sharq olamidagi shuhrati shu darajaga etdiki, uni Aristotel (Arastu)dan keyingi yirik mutafakkir«Muallim - us-soniy» - «Ikkinchi muallim» deb atay boshladilar. Olimning «Fozil odamlar shahri» asarida mamlakatni boshqarish, hokimlar faoliyati, iqtisodiyotni olib borish bilan bog'liq bo'lgan muhim g'oyalar keltiriladi. Shuni ham ta'kidlab o'tish kerakki, Forobiy o'z ustozi Arastu g'oyalarini har tomonlama talqin etadi va uni to'ldirishga harakat qiladi. Jamiyat shakllanishi uchun moddiy ehtiyojlarining ahamiyati haqida ta'limot yaratdi, iqtisodiyot fanida muhim bo'lgan «Ehtiyoj»ni ta'riflab berdi. U moddiy boyliklar yaratishda mehnatning va mehnat qurollari o'rnini aniqlab berdi. Ayniqsa, «mehnat taqsirnoti» masalalari mutafakkir asarlarida yaxshi yoritib berilgan. Forobiyning fozil (ideal) davlat, hokimlar to'g'risidagi g'oyalari nihoyatda aharniyatlidir. Masalan, shahar tartibotida eng asosiy narsa -mulk, noz-ne'matlami to'g'ri taqsimlash ekanligi qayd etilgan.



Yüklə 44,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin