Osi pog’onasining tarixi, pog’onalari, ularning vazifasi, asosiy protokollari



Yüklə 47,93 Kb.
səhifə1/6
tarix24.12.2023
ölçüsü47,93 Kb.
#193685
  1   2   3   4   5   6
Osi pog’onasining tarixi, pog’onalari, ularning vazifasi, asosiy




Reja:

  1. OSI pog’onasining tarixi, pog’onalari, ularning vazifasi, asosiy protokollari

  2. Pog’onalarning o’zaro bog’lanishi va xizmatlari.


OSI pog’onasining tarixi, pog’onalari, ularning vazifasi, asosiy protokollari
Ochiq tizimlarning o’zaro ishlash prinsipi elementlar tizimi ko’rinishida tarmoqning bo’lishni ko’zda tutadi, har bir elementlar qat’iy o’rnatilgan vazifani (funksiyani) bajaradi, barcha elementlar esa, birgalikda tarmoq kompyuterlarini o’zaro ishlashning umumiy masalasini yechadi.
Kompyuter tarmoqlarining yaratuvchilar va foydalanuvchilar ishini osonlashtirish uchun telekommunikasiya va standartlar bo’yicha xalqaro tashkilotlar 80-nchi yillarda umumiy qabul qilingan ochiq tizimlarning o’zaro ishlash modelini yaratdi (Open System Interconnecyion, OSI). Bungacha ko’plab mavjud bo’lgan kommunikasion protokollar steklari OSI modelini yaratishga asos bo’lib xizmat qildi, ularning kamchiliklari hisobga olindi va barcha tarmoqlar uchun umumiy yagona protokollar steki ishlab chiqildi. OSI modeli paketli kommutasiyali tarmoqlarda tizimlarni o’zaro ishlash pog’onalarini aniqlaydi, yagona qoidaga iyerarxik o’zaro ishlash pog’onalaridan iborat va har bir pog’ona bajarishi kerak bo’lgan vazifalarni tushuntiradi.
3.26-rasmda yettita o’zaro ishlash pog’onasiga ega bo’lgan OSI modeli keltirilgan. Model amaliy, taqdim etish, seans, transport, tarmoqli, kanal va fizik o’zaro ishlash pog’onalaridan iborat.
OSI modeli faqat operasion tizim, tizim utilitlari va tizim apparat vositalari ishlatadigan o’zaro aloqa tizimi vositalarini bayon etadi. Model kompyuterning o’zida tizim vositalari asosida har xil o’zaro ishlash protokollariga ega bo’lishi mumkin bo’lgan oxirgi foydalanuvchilarning amaliy masalalarni o’zaro ishlash vositalariga ega emas. Aynan, dasturchilar uchun amaliy dasturiy interfeys (Application Program Interface, API) taqdim etiladi.
A bog’lama (1-nchi kompyuter) va V bog’lama (2-nchi kompyuter) orasida o’zaro ishlash qoidalarini ko’rib chiqamiz.
1-nchi kompyuterning A holati amaliy pog’onaga (7) so’rov bilan, masalan, faylli xizmatga (TCP/IP stekdagi FTP protokol) murojaat qiladi. Bu so’rov asosida amaliy pog’onaning dasturiy ta’minoti standart formatdagi xabarni shakllantiradi va uni keyingi past taqdim etish (6) pog’onasiga yo’naltiradi. Taqdim etish protokoli 7 pog’ona xabari sarlavhasidan olingan axborot asosida talab qilingan harakatlarni bajaradi va olingan xabarga o’zining xizmat axboroti-taqdim etish pog’onasi sarlavhasini qo’shadi, unda V mashinaning (2-nchi kompyuteri) 6 taqdim etish pog’onasi protokoli uchun ko’rsatma mavjud. Natijada olingan xabar past 5 seans pog’onasiga uzatiladi, u o’z navbatida 6 pog’ona ko’rsatmasini bajaradi va xabarga o’zining sarlavhasini qo’shadi (protokollarni ba’zi ishlatilishlarida barcha pog’onalarga sarlavhadan tashqari, tugash bitlari ham qo’shiladi). Xabar eng past fizik pog’onaga yetganda, u aloqa liniyadan manzil bo’yicha kompyuterga xabar uzatadi. Bu momentga kelib xabar barcha pog’onalar sarlavhalariga ega bo’ladi.
Fizik pog’ona apparaturasi xabarni 1-nchi kompyuterning chiqish interfeysiga joylashtiradi va u aloqa kanali bo’yicha 2-nchi kompyuterga jo’natiladi. 2-nchi kompyuter o’zining fizik pog’onasiga olib, uni 2-nchi yuqori pog’onaga va keyin barcha pog’onalarga o’tkazadi. Har bir pog’ona o’z pog’onasining sarlavhasini tahlil qiladi va qayta ishlaydi, mos vazifalarni (funksiyalarni) bajaradi, bu sarlavhani chiqarib tashlaydi va yuqorida joylashgan pog’onaga xabarni uzatadi. Jarayon teskari tartibda boradi, jo’natish manzili kompyuter xabarlarini jo’natuvchi kompyuter o’xshash pog’onalaridagi kabi harakat iyerarxiyasining har bir qadamida zarur. Shunday qilib, har bir o’zaro ishlaydigan kompyuterlarning bitta pog’onalari to’g’ridan – to’g’ri ishlamaydi, ular pastdagi pog’onalar protokollari orqali aloqa qiladi. Aloqa kanali bo’yicha to’g’ridan – to’g’ri faqat fizik pog’onalar o’zaro ishlaydilar.
Uzatiladigan ma’lumotlarning protokol birliklariga (Protocol Data Unit, PDU) xabar, paket, deytagramma, segmentlar kiradi.
Alohida pog’onalarning o’zaro ishlash tartibi va vazifalarini atroflicha ko’rib chiqamiz.


Yüklə 47,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin