O’SIMLIKLARNI HIMOYA QILISHDA GENETIK USULNING AHAMIYATI
Genetik himoya usuli (oʻsimliklar himoyasida) — kasallik qoʻzgʻatuvchilar hamda begona oʻtlarga qarshi kurashda ikki organizm: parazit va xoʻjayin oʻsimliklarning oʻzaro taʼsiridan foydalanishga asoslangan usul. Tabiatda oʻsimlik navi, turi yoki navlar hamda turlar guruhi parazitlarning faqat muayyan formalari yoki irqpari bilan zararlaiadi. Parazitlarning virulentligi (kasallik qoʻzgʻata olish xususiyati) va oʻsimlikning kasallikka chidamliligi irsiy taʼminlanadi va ular faqat oʻzaro taʼsir natijasidagina fenotipik namoyon boʻladi. Kasallantirish darajasi parazitning oʻsimlik organizmiga patologik taʼsiri, yaʼni javob reaksiyasi darajasi bilan belgilanadi.
Q. x. ekinlari kasalliklari, mas, gʻoʻza viltiga qarshi muvaffaqiyatli kurashish uchun uning qoʻzgʻatuvchisi — vertitsillium zamburugʻining barcha genetik fondini, irq va forma hosil qilish sabablari hamda yoʻllarini, oʻsimlikning kasallikka chidamli navlarini yaratishda foydalanish mumkin boʻlgan oʻsimlik genetik fondini aniklash zarur. Parazitlar oʻzgaruvchanligini oʻrganishda barqaror belgili har xil mutantlardan foydalanish zamburugʻning virulentli genlarini belgilash va aniqdash imkonini beradi.

Amerikalik genetik olim X. Flor (1955) tadqiqotlar natijasiga asoslanib, xoʻjayin va parazitning oʻzaro genetik munosabati toʻgʻrisida "genga gen" deb nomlangan, yaʼni har bir kasallik tugʻdiruvchi genga mos keladigan chidamlilik geni boʻladi, degan gipotezani ilgari surdi. Bu gipotezaning toʻgʻriligi vertitsillyoz vilt zamburugʻi bilan gʻoʻzaning oʻzaro taʼsirini oʻrganishda isbotlandi. "Toshkent" tipidagi gʻoʻza navlarini rayonlashtirishda kasallik bilan zararlanish surʼati keskin oʻzgaradi. Zamburugʻning gʻoʻzaning 108-F navini zararlaydigan barcha formalari ham yangi navlarga moslasha olmadi. Biroq har yili bir navni ketma-ket bir joyga ekish natijasida mazkur nav uchun patogen boʻlgan zamburugʻ formasi tuprokda yigʻilib qoladi va kasallikning oʻsib borishiga sabab boʻladi. Shuning uchun parazit forma va irqlarini genetik tadqiq etishni uzluksiz olib borish kerak.
Genetik taʼminlangan parazit virulentligi va oʻsimlik chidamliligi belgilarining oʻzaro taʼsirini oʻrganish, uning fiziologik-biokimyoviy tabiatini kashf etish, ulardagi oʻzgaruvchanlik amplitudasi hamda yoʻnalishini aniqlash mutaxassislarga elifitotiyani prognozlash, oʻsimlikning mazkur navi yoki turi uchun patogen parazit forma hamda irqparining vujudga kelishi va tarqalishining oldini olish, seleksiya ishlarini maqsadga muvofiq olib borishga imkon beradi. G. h. u. oʻsimlik kasalliklari tarqalishining oldini olishda eng istiqbolli usullardan (yana q. Immunitet, Oʻsimliklarni himoya kilish).