O'simliklarni zararkunandalardan himoya qilish usullari ppt


Oʻsimliklarni himoya qilish



Yüklə 9,05 Kb.
səhifə2/2
tarix25.12.2023
ölçüsü9,05 Kb.
#196979
1   2
O\'XK

Oʻsimliklarni himoya qilish, oʻsimliklarni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish — 1) qishloq xoʻjaligi fanlarining bir sohasi; oʻsimliklarga zararkunanda, kasalliklar, begona oʻtlar yetkazadigan zararni oʻrganadi va uning oldini olish hamda bartaraf qilish tadbirlarini ishlab chiqadi; 2) qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligida zararkunandalar, oʻsimliklar kasalliklari hamda begona oʻtlarni yoʻq qilish uchun ishlab chiqiladigan tadbirlar tizimi. Uning vazifasi faqatgina zararkunanda organizmlarni yoʻq qilish yoki ular faoliyatini chegaralab qoʻyishdangina emas, balki ularning paydo boʻlish muddatlari va tarqalish koʻlamini oldindan aniqlash, shuningdek, eng xavfli zararkunandalarning bir hududdan boshqasiga tarqalishining oldini olishdan ham iborat (qarang Karantin).
  • Oʻsimliklarni himoya qilishq. qishloq xoʻjaligi entomologiyasi, fitopatologiya, botanika, mikologiya, bakteriologiya, virusologiya, ekologiya, biotsenologiya, kimyo, biokimyo, hayvonlar va oʻsimliklar fiziologiyasi, fizika, biofizika, genetika, seleksiya, toksikologiya va boshqalar fanlar maʼlumotlariga asoslanadi. Oʻsimliklarning zararkunanda va kasalliklari, begona oʻtlar ekinlarga, xususan, hosilga katta zarar yetkazadi. Shu sababli qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda, ularni saqlab qolishda Oʻsimliklarni himoya qilishq. muhim rol oʻynaydi. Zararkunanda va kasalliklarning oʻsimliklarga yetkazadigan zarari qadimdan maʼlum. 18-asr boshlarida oʻsimlik kasalliklarini tasniflashga fransuz botaniki J.Turnefor urinib koʻrdi.
  • 18-asrning 2-yarmida koʻpchilik kasalliklarning yuqumliligi tajribalar asosida isbotlandi (Rossiyada A.T.Bolotov, Fransiyada A.Tillet, Italiyada F.Fontana, Daniyada Ya.Fabritsius va boshqalar). 18-asrning 2-yarmida nemis olimi A. de Bari, rus olimi M.S.Voronin va boshqalar tomonidan fitopatogen zamburugʻlarning yangi turlari, ularning morfologiyasi, rivojlanish xususiyatlari aniqlanadi. 19-asrning 2-yarmida oʻsimlik zararkunandalari hamda kasalliklarining bir qancha mamlakatlar iqtisodiyotiga yetkazgan zarari ularni oʻrganish va ularga qarshi qurash tadbirlarini ishlab chiqishni taqozo etdi.
  • 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida fitopatogen zamburugʻlar, bakteriyalar, viruslar, nematodalarning minglab turlari kashf qilindi. Asosiy zararkunandalarning turlari biologiyasi va fiziologiyasi oʻrganildi; zararli organizmlarga qarshi kurash choralari takomillashtirildi.
  • Turkistonda Oʻsimliklarni himoya qilishq. boʻyicha dastlabki ilmiy asoslangan usullar 1898-yilda Chigirtkaga qarshi kurash qoʻmitasining taklifiga koʻra ishlab chiqilgan. 1911-yilda Toshkentda Turkiston entomologiya st-yasi tashkil etildi, gʻoʻza, qand lavlagi zararkunandalarini oʻrganish va ularga qarshi kurash choralari qoʻllanildi.
  • 1925-yilda Turkiston entomologiya st-yasi Oʻzbekiston oʻsimliklarni himoya qilish st-yasiga aylantirildi va shu bilan bir vaqtda Shirabudin (Buxoro viloyati) va Xiva qishloq xoʻjaligi tajriba st-yalarida Oʻsimliklarni himoya qilishq. boʻlimlari ochildi. 1929-yilda Bosh paxta komiteti Oʻzbekiston Oʻsimliklarni himoya qilishq. st-yasining bir necha boʻlimlarini birlashtirib, gʻoʻza zararkunandalarini oʻrganish uchun maxsus st-ya barpo etdi; keyinchalik bu st-ya Butunittifoq paxtachilik ilmiy tekshirish instituti (SoyuzNIXI)ning Oʻsimliklarni himoya qilishq. markaziy st-yasiga aylantirildi. 1957-yilda SoyuzNIXI markaziy st-yasi asosida hozirgi Oʻzbekiston oʻsimliklarni himoya kilish instituti tashkil qilindi.
  • Hosilni samarali himoya qilishga zararkunanda va kasalliklarning rivojlanishi hamda koʻpayishi prognozini tuzish, zararkunandalar miqsori hamda kasalliklar oʻchogʻini oʻz vaqtida aniqlash maqsadida ekin, koʻchatlarni, shuningdek, begona oʻtlarni tekshiruvdan oʻtkazish, turli usul va vositalar qoʻllab oʻsimliklarga ishlov berish kabi choratadbirlar sistemasini rejali ravishda qoʻllab erishiladi. Zararkunanda, kasalliklar va begona oʻtlarga qarshi bir qancha kurash usullari qoʻllanadi

Yüklə 9,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin